55
natijalarining o'rtacha arifmetik qiymati hisoblanadi. Agar chiziqli zichlik qiymatlari
o'rtasidagi tafovut ko'rsatilgan me'yorlardan oshsa, bu holda uchinchi sinash
o'tkaziladi va uchta sinashning o'rtacha arifmetik qiymati hisoblanadi.
Namunaning havo o'tkazuvchanligi bo'yicha
solishtirma uzilish kuchini
aniqlash, belgilangan tartibga muvofiq jadvaldan aniqlanadi.
Mikroneyr ko'rsatkichini havo o'tkazuvchanlik bo'yicha aniqlash usuli.
Mikroneyr kattaligida graduirovka qilingan shkalali asboblarda sinaladigan
namuna uchun o'rtacha qiymat dastlabki ikkinchi o'nlik
belgisigacha aniqlikda
hisoblanadi va so'ngra birinchi o'nlik belgisigacha yahlitlanadi. Natija ruxsat etilgan
qiymatlardan oshib ketsa, sinashlar qaytariladi.
Agar shunda ham qiymatlar me'yorlardan oshsa,
hamma sinalgan namunalar
bo'yicha o'rtacha arifmetik qiymati hisoblanadi.
Boshqa kattaliklarda graduirovka qilingan shkalali asboblar (shuningdek LPS-4
qurilmasi) da o'lchashda grafiklar yoki statistik nisbatlar yoki jadvallar yordamida
ko'rsatkichlar to'g'ridan-to'g'ri mikroneyr kattaligiga aylantiriladi.
Dostları ilə paylaş: