Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi


O'LCHASH VOSITALARI, YORDAMCHI QURILMALAR



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/42
tarix27.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#200703
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash tex

O'LCHASH VOSITALARI, YORDAMCHI QURILMALAR. 
Tolaning chiziqli zichligini gravmetrik aniqlash usullari: mexanik taram 
tayyorlagich MPU-1 va tolalarni predmet oynachalariga mexanik taxlagich MRV-1 
to'plami (taramni mexanik yo'l bilan tayyorlash usuli) yoki duxoba bilan qoplangan 
o'lchami 90x185x20 mm taxtacha va tolalarni taxlashda kerak bo'ladigan qisqich 
(tarmni qo'l bilan tayyorlash usuli); 
VT-20 markali tarsion tarozilar; 
Taram o'rta qismidan (10,0 + – 0,1) mm kesish uchun kesgich. Taramning o'rta 
qismi uzunligidan (15,0 + – 0,1) mm kesish uchun pressli qisqichlar bloki, ular 
orasidagi qatlami bilan birgalikda ishlatilishiga yo'l qo'yiladi. Qisqich va pressli 
qisqichlar bloki belgilangan, ruxsat etilgan + – 0,1 mm kesimni ta'minlamasa, 
ularning ishlatilishi man qilinadi. 
Tola chetlarini kesib olish uchun pichok: 
O'lchamlari 25x76 yoki 13x76 mm bo'lgan predmet oynachalari: 
1 sm ga 10 va 20 ta igna to'g'ri keladigan metall taroqlar: 
proyeksion tola sanagich PSV-1 yoki tolalarni 120-250 marta kattalashtiruvchi 
turli markadagi mikroskop: 
o'lchash chizigi. 
Namuna chiziqli zichligini xavo o'tkazuvchanlik bo'yicha aniqlash usuli: 
LPS - 4 qurilmasi
Shkalasining oraliq darajasi 10 mg dan ko'p bo'lmagan, eng katta tortish 
chegarasi 1 kg gacha, 24104 GOST bo'yicha aniqligi 4-sinfga mansub bo'lgan 
laboratoriya tarozilari. 
AX yoki FM-30 tipidagi, yoki shunga o'xshash paxta analizatori. 
Mikroneyr ko'rsatkichini xavo o'tkazuvchanlik bo'yicha aniqlash usuli: 
Namunaning xavo o'tkazuvchanligini aniqlaydigan mikroneyr qurilmasi; 
Mikroneyr shkalasiga ega bo'lgan asbobning modeliga bog'liq, tortish xatoligi 
namuna massasining 0,2 foizidan oshiq bo'lmagan tarozilar. 
Mikroneyr ko'rsatkichini NVI o'lchash sistemasi tarkibiga kiradigan asbob yoki 
LPS – 4 qurilmasida tasdiqlangan usul bo'yicha aniqlash mumkin.
Sinash usullarini nazorat qilish uchun maxsus tartibda tasdiqlangan paxta 
tolasining standart (etalon) namunalari kerak bo'ladi. 
Paxta tolasining chiziqli zichligi - tola massasini uning uzunligiga nisbatini 
aniqlaydigan kattalikdir. Bu ko'rsatkich tolaning qalinligini aniqlaydi. Paxta 
tolasining chiziqli zichligini gravimetrik usulda o'lchash tola taramining o'rta 
qismidan kesib olingan, ma'lum uzunlikka ega bo'lgan to'plamchaning massasini
tortish yo'li bilan bajariladi. To'plamchadagi tolaning soni mikroskop yordamida
yoki boshqa qurilmalar yordamida sanaladi. Namunaning chiziqli zichligini havo 
o'tkazuvchanlik bo'yicha aniqlash usuli, bu ko'rssatkichlarning o'zaro bog'liqligiga 


51 
asoslangan. Bu munosabat seleksiya navlarining maxsus jadvallari bo'yicha 
belgilanadi. Sinash uchun namuning massasi g'o'zaning seleksiya naviga bog'liq 
ravishda belgilandi. 
Mikroneyr ko'rsatkichini aniqlash usuli. 
Mikroneyr ko'rsatkichi namunadagi tola qalinligining havo o'tkazuvchanlik 
bo'yicha xarakteristikasidir. Ba'zi bir seleksiya navlari uchun mikroneyr ko'rsatkichi 
mikrogrammni dyuymga nisbatida bo'lgan chiziqli zichlik bilan to'gri kelishi 
mumkin. Xalqaro kelishuvlarga binoan bu ko'rsatkich paxta tolasining xar xil
seleksiya navlari uchun shartli mikroneyr shkalasi birligida qo'llaniladi. Sinalgan 
namunalarning massasi shu tipdagi asbob uchun o'zgarmas va u g'o'zaning seleksiya
naviga bog'liq emas. 
Namunalarni sinashdan avval GOST 10681 bo'yicha klimatik sharoitda, 
xarakatdagi havo oqimi ostida kamida 4 soat, yoki xarakatsiz havo oqimi ostida 12 
soat davomida, yoki namuna vaznining o'zgarishi 2 soat davomida 0,25 foizdan 
oshmagan xollarda undan kam vaqt davomida ushlab turiladi. 
O'lchashni bajarishdan avval asbob-uskunalar muvozanatning to'g'riligi va 
standart namunalarda sinash natijalarining aniqligi tekshiriladi. Sinash uchun namuna 
tanlab olinadi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin