Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/58
tarix30.03.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#54418
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
pAXTA LAB YA

O'LCHASHNI  BAJARISH. 

 

Mexanik taram tayyorlash usuli va pressli qisqichi yordamida  paxta tolasining 



chiziqli zichligini gravimetrik aniqlash usuli.  

 

MPU-1  qurimasida  yakuniy  piltadan  massasi  17-20  mg  bo'lgan  taram 



taxlanadi. Taramni taxlash vaqti avtomat rele yordamida: paxta tolasining uzun tolali 

navlari uchun -2 min, o'rta tolali navlar uchun -2,5 min qilib o'rnatiladi.  

 

Olingan  taram  siyrak  (10  igna/sm)  taroq  bilan  taraladi,  so'ngra  20  -  mm  dan 



uzun  tolalarni  buyum  oynachalariga  taxlaydigan  MRV-1  uskunasining  qisqich 

ushlagichiga  joylashtiriladi.  Buyum  oynachalaridagi  tolalarni  PSV-1  uskunasi  yoki  

mikroskop  yordamida  sanaladi.  Xar  bir  buyum  oynchalaridagi  sanalgan  tolalar  2-3 

mm  yenglikdagi  taramchaga  yig'iladi,  buning  uchun  oynachalarni  qisib  turgan  

qisqichdan  bo'shatib,  tolalarning  tekis  tomoni  bir  chiziqda  saqlangan  xolda  ustki 

oynacha ostki oynacha bo'ylab suriladi. Bir necha taramchalar bo'shatilgandan keyin 

hosil  bo'lgan  taramchadagi  tolalar  soni  500  dan  kam  bo'lmasligi  kerak.  Taramcha 

metall  taroqda  taraladi.  Taralganda  chiqqan  tolalar  sanaladi  va  umumiy  tolalar 

sonidan  ayrilib  tashlanadi.  Taramcha  pinsent  bilan  olinadi  va  taramchaning  tekis 

tomoni  yuqori  qisqichning  chap  tomonidan  plastina  ustiga  3-4  mm  chiqib  turadigan  

qilib pressli qisqichiga kundalang joylashtiriladi. Taramcha kengligi 2-3 mm bo'lishi 

kerak.  Richag  tushirilib,  taramchaning  tekis  tomoni  qisiladi.  Taramchaning  erkin 

tomoni  tolaning  egri  –  bugriligini  yo'qotadigan  kuch  bilan  tortiladi  va  pressli  

qisqichning  traverslari  to  ilgak  avtomat  ravishda  berkitilguncha  tushiriladi.  Kalit 




52 

 

bilan ikki qisqichning vinti buraladi. Vertikal o'qda aylanuvchi qisqichning ustunlari 



nazorat  nuqtasi  –  fiksatorga  kelguncha  kalit  bilan  buraladi.  Vint  bo'shatilib,  richag 

tepaga  ko'tariladi  va  qisgichdan  yuqori  xamda  pastki  qisqich  bloki,  o'rtadagi  qatlam 

bilan  birga  bo'shatib  olinadi.  Olingan  blok  stolga  shunday  qo'yiladiki,  bunda  pastki  

qisqich klassifikatorga karashi kerak, so'ngra chap qo'lning o'rta barmog'i bilan stolga 

mahkam  bosib  turiladi.  Taramchaning  qisqichdan  chiqib  turgan  qismi  tortiladi  va 

cheti maxsus pichoq bilan kirqib olinadi. Keyin blok qarama-qarshi tomonga burilib, 

taramchaning  chiqib  turgan  ikkinchi  cheti  qirqib  olinadi.  Qirqilgan  taramchaning  

chetlari  tashlab yuboriladi. Blok yana qisqichga joylashtiriladi, qisqichlar ochiladi va 

qirqilgan  taramcha  qismi  pinset    yordamida  olinib,  vaqtincha  juft  buyum 

oynachalariga  joylashtiriladi.  Xuddi  shunday  tartibda  boshqa  taramchalarning  o'rta 

qismi  qirqiladi,  so'ngra  xamma  taramchalarning  qirqilgan  o'rta  qismlari  birga 

qo'shilib,  0,05 mg aniqlikda tortiladi. 

 

Agar  chiziqli  zichlik  bilan  birgalikda  shu  taramchaning  solishtirma  uzilish 



kuchini ham  dinamometrda  aniqlashga to'g'ri kelsa, bu  holda taramcha  qismlari  tola 

uzilgandan  keyin  tortiladi.  Uzilgan  tolalar  qisqichdan  bo'shatib  olinadi  va  tarozida 

tortishdan avval GOST 10681 bo'yicha klimatik sharoitda 1 soat davomida saqlanadi. 

 

Paxta  tolasi  chiziqli  zichligini  qo'l  bilan  taram  tayyorlash  yordamida 



gravimetrik aniqlash usuli.  

 

Namuna piltasidan 20-jadvalda ko'rsatilgan massadagi tortimcha ajratiladi. 



 

 

 



 

20-jadval 

Paxta tolasining uzunligi, mm 

Chiziqli zichlikni aniqlash uchun  

tortimcha massa, mg 

35,1 gacha  

35-45 

35,2 – 45,1  



40-45 

45,2 va undan yuqori 

50-60 

 

 



Qo'l bilan taram tayyorlanadi, keyin №1 qisqichi va tirgovichlari bor taxtacha 

yordamida  bir  cheti  tekis  taram  tayyorlanadi.  Taxtachada  tayyorlangan  taram  pinset 

yordamida  olinib,  uning  tekis  cheti  chap  qo'lning  barmoqlari  bilan  qisiladi  va 

qaytadan №1 qisqichi yordamida tirgovichlari bor taxtachaga qo'yiladi. So'ngra taram 

millimetr  qog'oziga  ko'chiriladi.  Taramning  tekis  chetiga  qarama-qarshi  tomonidagi 

chetidan №1 qisqichi yaqinlashtirilib, tekis chetidan 21-jadvalda berilgan A masofada  

taram qisiladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



     21-jadval 


53 

 

Paxta toloasining 



uzunligi, mm 

Taramning tekis chetidan  

tarash uchun qisilgan A 

masofa, mm 

Qirqgichga taramni  

o'rnatishdagi B o'lcham, 

mm 

35,1 gacha 



16 

35,2-45,1 



20 

45,2 va undan  



yuqori 

25 


 

 



Qisilgan  taram:  avval  siyrak  -  10  igna/sm,  so'ng  zich  -  20  igna/sm  li  metall 

taroq  bilan  taraladi. Taram  asta-sekin:  birinchi  marta  tekis  chetiga  yaqin, ikkinchi – 

uzoqroq va uchinchi – qisqich yonidan boshlab taraladi. Keyin taram № 1 qisqichdan 

bo'shatilib, taralgan qismi chap qo'l bilan to'liq qisiladi va qolgan qismi  avval siyrak, 

so'ngra  zich  taroqda  ikki  marta  taraladi.  Umumiy  soni  taxminan  2500-3000  tolaga 

teng bo'lgan taralgan taramdan №1 qisqichi yordamida tola uzunligi bo'yicha 10 dan 

kam bo'lmagan guruhlarning xar birini predmet oynachalariga taxlanadi. Har bir juft 

predmet oynachalaridagi tolalarning soni 120-250 marta kattalashtiruvchi mikroskop  

yordamida  sanaladi.  Sanalgan  tolalar  pinset  yordamida  ehtiyotlik  bilan  bir 

tutamchaga  tolalarning  bir  cheti  bir  chiziqda    qoladigan  qilib  yig'iladi.  Olingan  tola  

tutamchasi  taroq  bilan  taraladi.  Taraganda  chiqqan  tolalar  soni  umumiy  tolalar 

sonidan olib tashlanadi. 

 

Keyin  tutamcha  qirqgichga  tolalarning  egri-bugriligini  taramni  tortish 



yordamida  yo'qoladigan  qilib  joylashtiriladi.  Qirqgichga  taramni  o'rnatishda  uning 

tekis chetidan qoldiriladigan B masofa 2 - jadval bo'yicha  olinadi. 

 

Taramning  (10,0  +  0,1)  mm  uzunlikdagi  qirqilgan  o'rta  qismi  GOST  10681 



bo'yicha  klimatik  sharoitda  1  soat  davomida  saqlanadi.  So'ngra  VT-20  torsion 

torozida 0,05 mg aniqlikda tortiladi. 

 

Chiziqli  zichlikni  havo  o'tkazuvchanlik  bo'yicha  aniqlash  usuli  LPS-4 



qurilmasida O'z RST 618 ning  6,2 bandi bo'yicha bajariladi. 

 

Mikroneyr ko'rsatkichini havo o'tkazuvchanlik bo'yicha aniqlash usuli: 



 

Birlashtirilgan  yoki  nuqtadan  olingan  paxta  tolasi  namunasining  turli  joyidan 

sinash  uchun  ikkitadan  kam  bo'lmagan  namuna  olinadi.  Namuna  har  xil  iflosliklar: 

urug'lar,  qum,  shox  bo'laklari  va  boshqalardan  qo'l  bilan  tozalanadi.  Qo'l  bilan 

tozalangan  paxta  tolasidan  sinash  uchun  massasi  qo'llanilayotgan  mikroneyr  tipiga 

mos namuna tanlab olinadi. 

 

Mikroneyr ko'rsatkichini aniqlash uchun LPS-4 qurilmasi qo'llanilganda sinash 



uchun  namuna  massasi  (9,0+  –0,02)  gr.  Sinash  uchun  namuna  kichik-kichik 

qismlarda  qurilmaning  kamerasiga  tolalarning  to'p-to'p  bo'lib  yig'ilib  qolishiga  yo'l 

qo'yilmaydigan qilib joylashtiriladi. Zichlashgan va yig'ilib qolgan tolalar albatta qo'l 

bilan  titiladi.  Namuna  orqali  qurilmaning  konstruksiyasiga  bog'liq  bo'lgan  ma'lum 




54 

 

bosim (yoki oqim) ostida havo oqimi yuboriladi. Asbob shkalasi bo'yicha  hisob  + –1 



foiz  aniqlikda bajariladi. 

 

Mikroneyr  va  LPS-4  asboblarida  mikroneyr  ko'rsatkichini  aniqlash  uchun 



ishlatilayotgan namuna sinash oldidan paxta analizatoridan o'tkazilmaydi. 


Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin