Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi


O'LCHASH VOSITALARI, YORDAMCHI QURILMALAR



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/58
tarix30.03.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#54418
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58
pAXTA LAB YA

O'LCHASH VOSITALARI, YORDAMCHI QURILMALAR. 

 

Tolaning  chiziqli  zichligini  gravmetrik  aniqlash  usullari:  mexanik  taram 



tayyorlagich  MPU-1  va  tolalarni  predmet  oynachalariga  mexanik  taxlagich  MRV-1 

to'plami  (taramni  mexanik  yo'l  bilan  tayyorlash  usuli)  yoki  duxoba  bilan  qoplangan 

o'lchami  90x185x20  mm    taxtacha  va  tolalarni  taxlashda  kerak  bo'ladigan  qisqich 

(tarmni qo'l bilan tayyorlash usuli); 

 

VT-20 markali tarsion tarozilar; 



  

Taram o'rta qismidan (10,0 + – 0,1) mm kesish uchun kesgich. Taramning o'rta 

qismi  uzunligidan  (15,0  +  –  0,1)  mm  kesish  uchun  pressli  qisqichlar  bloki,  ular 

orasidagi  qatlami  bilan  birgalikda  ishlatilishiga  yo'l  qo'yiladi.  Qisqich  va  pressli 

qisqichlar  bloki  belgilangan,  ruxsat  etilgan  +  –  0,1  mm  kesimni  ta'minlamasa, 

ularning ishlatilishi man qilinadi. 

 

Tola chetlarini  kesib olish uchun pichok: 



 

O'lchamlari 25x76 yoki 13x76 mm bo'lgan predmet oynachalari: 

 

1 sm ga 10 va 20 ta igna to'g'ri keladigan metall taroqlar: 



 

proyeksion tola sanagich PSV-1 yoki tolalarni 120-250 marta kattalashtiruvchi 

turli markadagi mikroskop: 

 

o'lchash chizigi. 



 

Namuna chiziqli zichligini xavo o'tkazuvchanlik bo'yicha aniqlash usuli: 

 

LPS - 4 qurilmasi



 

Shkalasining  oraliq  darajasi  10  mg  dan  ko'p  bo'lmagan,  eng  katta  tortish 

chegarasi  1  kg  gacha,  24104  GOST  bo'yicha  aniqligi  4-sinfga  mansub  bo'lgan 

laboratoriya tarozilari. 

 

AX yoki FM-30 tipidagi, yoki shunga o'xshash paxta analizatori. 



 

Mikroneyr ko'rsatkichini xavo o'tkazuvchanlik bo'yicha aniqlash usuli: 

Namunaning xavo o'tkazuvchanligini aniqlaydigan mikroneyr qurilmasi; 

 

Mikroneyr  shkalasiga  ega  bo'lgan  asbobning  modeliga bog'liq,  tortish xatoligi 



namuna massasining 0,2 foizidan oshiq bo'lmagan tarozilar. 

 

Mikroneyr ko'rsatkichini NVI o'lchash sistemasi tarkibiga kiradigan asbob yoki 



LPS – 4 qurilmasida  tasdiqlangan usul bo'yicha aniqlash mumkin.  

 

Sinash usullarini  nazorat qilish uchun maxsus  tartibda  tasdiqlangan  paxta 



tolasining  standart  (etalon) namunalari kerak bo'ladi. 

 

Paxta  tolasining  chiziqli  zichligi  -  tola  massasini  uning  uzunligiga  nisbatini 



aniqlaydigan  kattalikdir.  Bu  ko'rsatkich  tolaning  qalinligini  aniqlaydi.  Paxta 

tolasining  chiziqli  zichligini  gravimetrik  usulda  o'lchash  tola  taramining  o'rta 

qismidan  kesib  olingan,  ma'lum  uzunlikka  ega  bo'lgan  to'plamchaning  massasini  

tortish  yo'li  bilan  bajariladi.  To'plamchadagi  tolaning  soni  mikroskop  yordamida  

yoki  boshqa  qurilmalar  yordamida  sanaladi.  Namunaning  chiziqli  zichligini  havo 

o'tkazuvchanlik  bo'yicha  aniqlash  usuli,  bu  ko'rssatkichlarning  o'zaro  bog'liqligiga 




51 

 

asoslangan.  Bu  munosabat  seleksiya  navlarining  maxsus  jadvallari  bo'yicha 



belgilanadi.  Sinash  uchun  namuning  massasi  g'o'zaning  seleksiya  naviga  bog'liq 

ravishda belgilandi. 

 

Mikroneyr ko'rsatkichini aniqlash usuli. 



 

Mikroneyr  ko'rsatkichi  namunadagi  tola  qalinligining  havo  o'tkazuvchanlik 

bo'yicha  xarakteristikasidir.  Ba'zi  bir  seleksiya  navlari  uchun  mikroneyr  ko'rsatkichi 

mikrogrammni  dyuymga  nisbatida  bo'lgan  chiziqli  zichlik  bilan  to'gri  kelishi 

mumkin.  Xalqaro  kelishuvlarga  binoan  bu  ko'rsatkich  paxta  tolasining  xar  xil  

seleksiya  navlari  uchun  shartli  mikroneyr  shkalasi  birligida  qo'llaniladi.  Sinalgan 

namunalarning massasi shu tipdagi asbob uchun o'zgarmas va u g'o'zaning seleksiya  

naviga bog'liq emas. 

 

Namunalarni  sinashdan  avval  GOST  10681  bo'yicha  klimatik  sharoitda, 



xarakatdagi  havo  oqimi  ostida  kamida  4  soat,  yoki  xarakatsiz  havo  oqimi  ostida  12 

soat  davomida,  yoki  namuna  vaznining  o'zgarishi  2  soat  davomida  0,25  foizdan 

oshmagan xollarda  undan kam vaqt  davomida ushlab turiladi. 

 

O'lchashni  bajarishdan  avval  asbob-uskunalar  muvozanatning  to'g'riligi  va 



standart namunalarda sinash natijalarining aniqligi tekshiriladi. Sinash uchun namuna 

tanlab olinadi. 




Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin