49
2
32
33
32
31
32
33
31
32
33
31
638 31.9
3
O`zlashtirish uchun savollar.
1. Tola uzunligi deganda nimani tushinasiz?
2. Tola uzunligini ta'minlaydigan muxim omillarni tushintirib bering?
3. Uzun tolali g'o'za navlarini tarifini keltiring?
4. Vilvet taxtachasida ishlash qoidalarini tushintirib bering?
14-mavzu. Paxta tolasining chiziqli zichligi va mikroneyr ko'rsatkichini
aniqlash usuli (2-soat)
Darsning maqsadi: Paxta tolasining chiziqli zichligini gravimetrik aniqlash
usuli, xavo o'tkazuvchanligi bo'yicha aniqlash usuli hamda mikroneyr ko'rsatkichini
namuna xavo o'tkazuvchanlik bo'yicha aniqlash usullarini o'rgatish.
Paxta tolasiga joriy qilinadigan quyidagi usullar mavjud:
- tolaning chiziqli zichligini gravimetrik aniqlash usullari;
- chiziqli zichlikni namuna xavo o'tkazuvchanligi bo'yicha aniqlash usuli;
- mikroneyr ko'rsatkichini namuna xavo o'tkazuvchanlik bo'yicha aniqlash usuli;
Paxta tolasini qabul qilish – yetkazib berishda sinash usuli, namuna chiziqli
zichligini xavo o'tkazuvchanligi bo'yicha aniqlash usuli hisoblanadi.
Chiziqli zichlikni gravmetrik aniqlash usuli graduirovka ishlarida, standart
namunalarni attestasiya qilishda va zarur bo'lganda, arbitraj sinashlarda qo'llaniladi.
Dostları ilə paylaş: