O`zlashtirish uchun savollar.
1. Tolaning solishtirma uzilish kuchi deganda nimani tushinasiz?
2. Tola namunasidan taram tayyorlash tartibini tushintirib bering?
3. Tolaning mustaxkam bo'lishida qaysi omillar muxum sanaladi?
4. Mexanik taram deganda nimani tushinasiz?
13-mavzu. Tolaning uzunligini velvet taxtachasida aniqlash (2-soat)
Darsning maqsadi: talabalarga tolaning modal uzunlik shtapel uzunlik, baza
va modal uzunligining bazaga ko’paytmasini bilgan xolda tola uzunligini velvet
taxtachasida aniqlashni o'rgatish.
1. Chigitli paxta, Velvet taxtasi, cho’tka, ignali taroqcha, kichik masshtabli
o’lchagich, lupa.
2. Talabalarni mustaqil ish bajarish qismi. Chigitli paxtadan tola uzunligini aniqlash
uchun namunalar ajratib olib, o’zlari o’qituvchi yordamida birgalikda tola uzunligini
aniqlashlari kerak.
To’g’irlangan tolaning ikki uchi orasidagi masofa (mm hisobida) bir dona
paxta tolasining uzunligi deb ataladi. Paxta tolalarining uzunligi har xil bo’lib, hatto
bir namuna tarkibidagi tolalarning uzunligi ham bir-biridan katta farq qiladi. Shuning
uchun tola uzunligini aniqlashda quyidagi ko’rsatkichlarga rioya qilinadi.
1. Modal uzunlik (Lm) – shu tola namunasida eng ko’p uchraydigan tolalar uzunligi.
2. Shtapel uzunlik (Lsh) – uzunligi modal uzunlikdan ortiq bo’lgan tolalarning
o’rtacha uzunligi.
3. Baza (S) – tolaning uzunlik jihatidan bir tekisligini ta’riflovchi ko’rsakich.
Bazaning qiymati qancha yuqori bo’lsa, paxta tolalari uzunligi bo’yicha shuncha
tekisroq bo’ladi.
4. Modal uzunligining bazaga ko’paytmasi paxta tolasining bir tekisligi (S) deb
ataladi.
Velvet taxtasida tola uzunligini aniqlash uchun chigitli paxtadan 21 ta
bo’lakchalar ajratib olinadi.
Xar bir bo’lakchada 1 donadan chigitli paxta ajratib olish ishlari quyidagicha
bajariladi: bo’lakchani yuqori qismi chap qo’l bilan ushlanib, o’ng qo’l bilan
bo’lakchaning pastki qismining II - juftlikning o’ng tomonidagi bir dona chigitli
paxta ohista uzib olinadi.
48
7-rasm. Velvet taxtachasi - taroqcha, lineyka, lupa, shyotka.
Uzib olingan 21 ta xuddi shunday namunalar, har birining chigit chokidan
ikki tomonga tolalari to’g’ri qilib ajratilib, o’ng tomondagi tolalar ignali taroqcha
bilan ohista taraladi. Bunda taralgan tolalar ham chap qo’ldagi barmoqlar orasiga
olinib o’lchami kerak bo’lgan tutami ignali taroq bilan ajratib olinadi. Qolgan tolalar
chap qo’l bilan ehtiyotkorlik bilan yig’ishtirilib, ajratib olingan tolalar taxtadagi
maxsus joyga joylashib, chigitli tomoni qisqich bilan qisib qo’yiladi. Tola esa tish
cho’tkasi bilan avval yuqoriga, so’ngra barxatga yopishtirib taraladi. Shunday tarash
kerak taralgan tolalar konussimon shaklga kelsin va o’lchagich chizg’ich bilan
o’lchanadi va lupada ko’rib olingan ma’lumot yoziladi.
Shunday qilib qolgan chigitli paxtadagi tolalar ham aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |