Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi va jihozlari


-rasm. Kafedra qoshidagi PTK quritish-tozalash sexining texnologik



Yüklə 3,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/25
tarix18.12.2023
ölçüsü3,53 Mb.
#184046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Labaratoriya mashg\'ulotlari (2-kurs)

1-rasm. Kafedra qoshidagi PTK quritish-tozalash sexining texnologik 
jarayon sxemasi 
G‟aram 
2ЧТЛ 
СС-15А 
2СБ-10 
СС-15А 
ПТШ 
1ХК 
УХК 
1ХК 
ТЛС 
1РХ 
Bosh bino 
ТЛН-18 


Undan keyin yirik iflosliklarni tozalovchi bir qator o‟rtanilgan 4 ta 
seksiyadan iborat bo‟lgan УХК agregatiga, keyin yana mayda iflosliklarni 
tozalovchi 1XK uskunasiga beriladi. Ushbu uskunalar kompleksi 2 qatordan 
o‟rnatilgan. 
1XK mashinasi
ning ishlashi quyidagicha: chigitli paxta ta`minlash 
valiklari ustiga o‟rnatilgan shaxtaga tushiriladi. Bir-biriga qarshi aylanuvchi 
ta`minlash valiklari chigitli paxtani qoziqchali barabanga bir tekis o‟zatadi. 
Qoziqchali baraban soat strelkasi bo‟yicha aylanib o‟z navbatida chigitli paxtani 
titkilab qobirg‟ali panjara ustidan olib o‟tganda spiralsimon sirtga duch keladi. 
Bunday xolatda chigitli paxtaning tezliklari qiymati har xil bo‟ladi. Natijada 
chigitli paxta tarkibidagi aktiv mayda iflosliklar tezroq ajraydi. Shu tartibda 
chigitli paxta hamma barabanlarda tozalanib mayda iflosliklardan ajratiladi. 
Ajratilgan iflosliklar barabanlar tagidagi kolosnikli panjara oralaridan ifloslik 
bunkerlarining kiya devorlari bo‟ylab pastga tushadi va pnevmatransport bilan 
so‟rib olinadi. Tozalangan chigitli paxta esa uskunadan chiqarilib keyingi 
texnologik jarayoniga uzatiladi. 
Kafedra qoshidagi paxta tozalash korxonasining quritish-tozalash sexida 
УХК 4 ta seksiyali УХК agregati o‟rnatilgan. УХК-agregat seksiyalari uch xil 
bo‟lishi mumkin: УХК.01-boshlang‟ich seksiyasi, УХК.02-o‟rta seksiyasi, 
УХК.03-oxirgi seksiya. Bularning bir-biridan farqi: УХК.01-seksiyasida 
ta`minlovchi valiklar o‟rnatilgan bo‟lsa, УХК.03-seksiyasida tozalangan paxta 
mashinadan chiqadigan joyiga yopiq nov o‟rnatilgan. 
Chigitli paxta quritish-tozalash sexlarida quritilib, xas-cho‟plardan 
tozalangandan keyin korxonaning bosh ishlab-chiqarish binosiga jinlash uchun 
yuboriladi.
 
Jinlash paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonining asosiy jarayoni 
xisoblanib bunda paxta tolasi chigitdan ajratiladi. Bu binoda jin, linter, press 
yana tola tozalovchi uskunalar o‟rnatilgan. Kafedra qoshidagi paxta tozalash 


korxonasi bosh binosida 130 ta arrali 2 dona 5ПД-130 rusumli jinlar ishlab 
turibdi. 

Yüklə 3,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin