5-ilova Mavzu yuzasidan nazorat savollari 1. Shaxslarga oid bibliografik ko’rsakich tuzish haqida tushuncha bering.
2. Biron shaxsga oid bibliografik ko’rsakich tuzish qanady amalga oshiriladi?
3. Elektron ma’lumot xizmati ko‘rsatish qanday?
4. Turli axborot manbalarini ko‘rib chiqish bilan qanday bo‘limchalar ochish mumkin?
7-ilova O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlar
8-ilova Kelgusi mashg’ulot mavzusi: Elektron axborot resurslari bilan ishlash
Uyga vazifa: Mavzu bo’yicha yangi ma’lumotlar topib kelish.
24-mavzu: Shaxslarga oid bibliografik ko’rsakich tuzish Reja: 1. Shaxslarga oid bibliografik ko’rsakich tuzish haqida tushuncha.
2. Biron shaxsga oid bibliografik ko’rsakich tuzish va o’qituvchiga taqdim etish.
3. Elektron ma’lumot xizmati ko‘rsatish.
Bibliografik ko‘rsatkichlar — murakkab tuzilishga va ma’lumot-qidiruv apparatiga ega bo‘lgan bibliografik qo‘llanmalardir. U tor, aniq mavzuni, masalani yoki keng, atroflicha muammoni, bilim sohasiga bag‘ishlangan hujjatlarni, boshqa materiallar haqidagi ma’lumotni aks ettiradi. Ko‘rsatkichlar bir qancha bo‘limlardan iborat bo‘ladi. Bo‘limlardagi bibliografik yozuvlar ma’lumi bir tartibda joylashtiriladi. Ko‘rsatkichlar o‘ziga xos ma’lumot-qidiruv apparatiga ega: kirish so‘zi, so‘zboshi, mundarija va yordamchi apparatlar. Bibliografik ko‘rsatkichlarning shakllari bosma kataloglar, nashriyotlarning yillik mavzuli rejalari, nashriyot kataloglari, bibliografik bulletenlar, Kitob palatasining yilnomalari, biobibliografik ko‘rsatkichlar. Ular uchun 3 ta tarkibiy element xarakterlidir: biografik ma’lumot, muallif asarlarining va asarlari nashrlarining tavsiflari, hayoti va ijodiga oid adabiyotlar ro‘yxati. Ko‘rsatkichning yana bir turi jurnallar va badiiy asarlar sarlavhalarining ko‘rsatkichlari.
Elektron ma’lumot xizmati ko‘rsatish boshlanishida so‘roqlar epizodik yoki tartibsiz bajarilgan bo‘lsa, hozirgi paytda hamma xorijiy kutubxonalarning veb saytlarida „ ...dan so‘ra“ nomi bilan sahifa ochilgan. Uchinchi bir tendensiyaga bibliografik xizmat ko‘rsatishning murakkablashuv jarayonida axborot faoliyatini ma’naviylashtirish kiradi. Bu tendensiya kunlik va kelgusi xizmat ko‘rsatish jarayonida turlicha shaklda namoyon bo‘ladi. Bir martalik bibliografik ma’lumotlarni bajarishda hujjatlarni kompleks, muammoli aks ettirish, uni sifatli tanlash, xabarlar matnining mazmunini ochib berish va qaysidir muammoning holati haqida tasavvur beruvchi umumlashma ma’lumotni taqdim etishga qaratiladi. Adabiyotlarning retrospektiv ko‘rsatkichlari yoki ma’lumotlar bazasini yaratish imkoniyati tadqiqotlar va kashfiyotlarning yangi yo‘nalishlari yuzaga kelganda bo‘ladi. Muammoli mahsulotlarni tayyorlashning o‘ziga xos xususiyati axborotni to‘plashning chegarasini belgilashda, turli-tuman manbalarning keng doirasini jalb etishda, materiallar guruhini qayta ishlab chiqishda va obyekt (voqea, hodisa) haqida ma’lumotlarni berishda ko‘rinadi. Masalan, „Bozor iqtisodiyotida innovatsiya“ nomli bibliografik qo‘llanma ishlab chiqarishni yangilash, takomillashtirish, investitsiyalarni va yangi zamonaviy texnologiyani jalb qilish bilan band keng mutaxassislar guruhiga mo‘ljallangan. Òurli axborot manbalarini ko‘rib chiqish bilan quyidagicha bo‘limchalar ochish mumkin: innovatik yangiliklar va o‘zgarishlar haqidagi fan sifatida; innovatsiyaning mohiyati va turlari; innovatsion jarayonlarning asosiy bosqichlari; ilmiy va innovatsion sohaning o‘zaro ta’siri; innovatsion faoliyatni investitsiyalash; innovatsion faoliyat uchun investitsiyalar ajratish, innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish; o‘zgarishlar menejmenti, tashkilotlarni ana shu yo‘lga o‘tkazish; yangi narsaning mohiyatini qabul qilishning ijtimoiypsixologik xususiyatlari; innovatsion to‘qnashuvlarning oldini olish mohiyati, uslubiyati va sabablari; innovatsion kommunikatsiyalar, innovatsion faoliyat infratuzilmasi; turli sohadagi innovatsion faoliyat tajribasi.
Foydlanilgan adabiyotlar ro’yhati.
1. Shavkat Mirziyoev “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz” Toshkent – “O‘zbekiston”-2018.
2. Rahimova N.A.,To‘lanova G.G‘., Mavlayanov K.G‘. axborot kutubxona muassasalari resurslar fondi va kataloglari / o‘quv qo‘llanma:-T.:”Tafakkur bo‘stoni”nashriyoti, 2017-yil.-192 bet.
3. “Kutubxona - bibliografik klassifikatsiyasi”. Ommaviy kutubxonalar uchun jadvallar.( Nashr uchun mas’ullar). I.E.Kattaxojaeva,M.T.Azimov, M.R.Zoxidova tuzatilgan to‘ldirilgan nashr.-T: Istiqlol,2003.-504b
4.“Lotin yozuvidagi avtor” jadvali.( Tuzuvchi Zoxidova M.R.).T.,2003.-24b
5.GOST 7.76-96 Komplektovaniya fonda dokumenten v bibliografirovaniya. Katalogizatsiya. Terminы i opredeleniya
6.Yo‘ldoshev.E, Raximova .M. “Xujjat fondlari”/ O‘quv qo‘llanma.- T., 2004.-151.b
Internet manbaalari
1..http://ru.wikipedia.org/wiki/Bibliotechno-bibliograficheskaya_klassifikatsiya
2. http://traditio-ru.org/wiki/ Bibliotechno- bibliograficheskaya_klassifikatsiya