Paxtaobod pedagogika kolleji



Yüklə 13,8 Mb.
səhifə146/240
tarix18.09.2023
ölçüsü13,8 Mb.
#145136
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   240
biblografiya Xudoyberdiyeva 08.02

Uyga vazifa beradi:
2.Kelgusi mashg’ulot “Elektron axborot resurslari bilan ishlash” mavzusi bilan tanishtirib , uyga vazifa beradi. ( 7-ilova).



Tinglaydilar,


savollarga beradilar

Vazifani yozib oladi





Guruhda o’tilgan mavzu bo’yicha baholash mezoni.



Ko’rsatkichlar

Maks baho

baholar

5

4

3

2

O’tilgan mavzu yuzasidan faolliklari

5

Faol ishtiroki

Nofaol

Qisman

Umuman ishtirok etmadi

























































1-ilova

2-ilova
O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarni baholash va ko’rsatkichlar

T/R

Mezonlar

Baho

1.

Olgan bilimlarni ishlab chiqarishdan qo’llay oladigan ,ushbu fanni boshqa fanlar bilan bog’lay oladigan mustaqil ish va vazifalarni to’liq bajargan va yangilik kiritishga intilgan ,har jihatdan boshqa o’quvchilarga o’rnak bo’ladigan.

5

2.

O’quv ko’rgazmali qurollardan foydalana oladigan ,olgan bilimlarni amaliyotda qo’’laydigan ,mustaqil fikrlay oladigan ,olgan bilimlarni tushuntirib bera oladigan.

4

3.

Darslarda 95 % gacha qatnashgan ,ma’ruza matnini yozgan,o’quv qurollari to’liq bo’lgan adabiyotlardan foydalanishni bilgan.

3

4.

Ta’lim standartilarida belgilangan bilim,ko’nikmalarni 55 % dan kam o’zlashtirgan o’quvchilar.

2


3-ilova

ASALARI GALAGI metodi savollari
Bibliografik qo‘llanmalar 
Shaxslarga oid bibliografik ko’rsakich tuzish haqida tushuncha bering.
Biron shaxsga oid bibliografik ko’rsakich tuzish qanday amalga oshiriladi



ASALARI GALAGI



Mavzu guruhda muhokama qilinadi. Bunda topshiriqlar har xil yoki butun guruhga bitta bo’lishi mumkun. Guruh qo’yilgan mavzu bo’yicha muammoni ma’lum muddat muhokama etib, natijani ma’lum qilinadi. Muammo yechimining eng yaxshi variant o’quvchilar o’rtasida tanlab olinadi.












4-ilova
Yangi o'quv materialining slaydli taqdimoti

Bibliografik ko‘rsatkichlar — murakkab tuzilishga va ma’lumot-qidiruv apparatiga ega bo‘lgan bibliografik qo‘llanmalardir. U tor, aniq mavzuni, masalani yoki keng, atroflicha muammoni, bilim sohasiga bag‘ishlangan hujjatlarni, boshqa materiallar haqidagi ma’lumotni aks ettiradi. Ko‘rsatkichlar bir qancha bo‘limlardan iborat bo‘ladi. Bo‘limlardagi bibliografik yozuvlar ma’lumi bir tartibda joylashtiriladi. Ko‘rsatkichlar o‘ziga xos ma’lumot-qidiruv apparatiga ega: kirish so‘zi, so‘zboshi, mundarija va yordamchi apparatlar. Bibliografik ko‘rsatkichlarning shakllari bosma kataloglar, nashriyotlarning yillik mavzuli rejalari, nashriyot kataloglari, bibliografik bulletenlar, Kitob palatasining yilnomalari, biobibliografik ko‘rsatkichlar. Ular uchun 3 ta tarkibiy element xarakterlidir: biografik ma’lumot, muallif asarlarining va asarlari nashrlarining tavsiflari, hayoti va ijodiga oid adabiyotlar ro‘yxati. Ko‘rsatkichning yana bir turi jurnallar va badiiy asarlar sarlavhalarining ko‘rsatkichlari.





Elektron ma’lumot xizmati ko‘rsatish boshlanishida so‘roqlar epizodik yoki tartibsiz bajarilgan bo‘lsa, hozirgi paytda hamma xorijiy kutubxonalarning veb saytlarida „ ...dan so‘ra“ nomi bilan sahifa ochilgan. Uchinchi bir tendensiyaga bibliografik xizmat ko‘rsatishning murakkablashuv jarayonida axborot faoliyatini ma’naviylashtirish kiradi. Bu tendensiya kunlik va kelgusi xizmat ko‘rsatish jarayonida turlicha shaklda namoyon bo‘ladi. Bir martalik bibliografik ma’lumotlarni bajarishda hujjatlarni kompleks, muammoli aks ettirish, uni sifatli tanlash, xabarlar matnining mazmunini ochib berish va qaysidir muammoning holati haqida tasavvur beruvchi umumlashma ma’lumotni taqdim etishga qaratiladi.



Adabiyotlarning retrospektiv ko‘rsatkichlari yoki ma’lumotlar bazasini yaratish imkoniyati tadqiqotlar va kashfiyotlarning yangi yo‘nalishlari yuzaga kelganda bo‘ladi. Muammoli mahsulotlarni tayyorlashning o‘ziga xos xususiyati axborotni to‘plashning chegarasini belgilashda, turli-tuman manbalarning keng doirasini jalb etishda, materiallar guruhini qayta ishlab chiqishda va obyekt (voqea, hodisa) haqida ma’lumotlarni berishda ko‘rinadi. Masalan, „Bozor iqtisodiyotida innovatsiya“ nomli bibliografik qo‘llanma ishlab chiqarishni yangilash, takomillashtirish, investitsiyalarni va yangi zamonaviy texnologiyani jalb qilish bilan band keng mutaxassislar guruhiga mo‘ljallangan.

Kutubxonachi avvalo kutubxonaning turi, tipi va modelini hisobga olib, uni kitob bilan butlashga harakat qilishi lozim. Butlash kitobxonning talabi, qiziqishi va kutubxonani vazifasiga mos keluvchi kitoblarni olish hamda doimo yangilab turish demakdir. Butlash kutubxona fondini tashkil qilishning asosi bo‘lib, kutubxona faoliyati kitob olishdan boshlanadi.
Kitob olishga uch xil butlash mavjud:
1. Joriy butlash — nashr qilingan va qilinayotgan kitoblarni olish.
2. Retrospektiv — ilgari nashr etilgan kitoblarni olish.
3. Fonddan chiqarish — eski, yirtilgan kitoblarni fonddan
chiqarib tashlash.



Turli axborot manbalarini ko‘rib chiqish bilan quyidagicha bo‘limchalar ochish mumkin: innovatik yangiliklar va o‘zgarishlar haqidagi fan sifatida; innovatsiyaning mohiyati va turlari; innovatsion jarayonlarning asosiy bosqichlari; ilmiy va innovatsion sohaning o‘zaro ta’siri; innovatsion faoliyatni investitsiyalash; innovatsion faoliyat uchun investitsiyalar ajratish, innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish; o‘zgarishlar menejmenti, tashkilotlarni ana shu yo‘lga o‘tkazish; yangi narsaning mohiyatini qabul qilishning ijtimoiypsixologik xususiyatlari; innovatsion to‘qnashuvlarning oldini olish mohiyati, uslubiyati va sabablari; innovatsion kommunikatsiyalar, innovatsion faoliyat infratuzilmasi; turli sohadagi innovatsion faoliyat tajribasi.





Yüklə 13,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin