Paxtaobod pedagogika kolleji



Yüklə 13,8 Mb.
səhifə197/240
tarix18.09.2023
ölçüsü13,8 Mb.
#145136
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   240
biblografiya Xudoyberdiyeva 08.02

Baholarning maks hajmi

5















Guruhlarda topshiriqni bajarish yo’riqnomasi
1.Guruh sardorini tanlang.
2.Topshiriq bilan tarnishing va bajarish yo’lini muhikama qiling.
3.Syujetli-rolli o’yinlar markazida bolalar faoliyatini tashkil qilishni o’rganing.
4.Taqdimotni rasmiylashtiring.





8-ilova


9-ilova


Nazorat savollari

1. „Turkiston to‘plami“ning kim tomonidan tuzilgan va 1878 —84-yillar nashr etilgan.


2. „To‘plam“ni tiklash haqidagi masala nechanchi yilda ko‘tarildi..
3. Nechanchi yilga kelib, Turkiston general-gubernatori N. I. Gardskov buyrug‘i bilan ish Toshkentda davom ettirila boshlandi.
4. E. K. Betger maqolasida „N. V. Dmitrovskiyning 17 jildli to‘plami 1840 —1890- yillarda nashr etilgan nechta maqolani o‘z ichiga oladi?
5. 1910- yildan „Turkiston to‘plami“ni tuzishni qaysi bibliograf oxirigacha davom ettirdi?


10-ilova
Kelgusi mashg’ulot: Bibliografik yordamchi ko’rsatkichni tuzish shakllari
Uyga vazifa: Mavzu bo’yicha qo’shimcha ma’lumot izlab kelish.


32- mavzu:„Turkiston to‘plami“ga V. I. Mejov tuzgan yordamchi ko‘rsatkichlar
Reja:

    1. Turkiston to‘plami“ga V. I. Mejov tuzgan yordamchi ko‘rsatkichlar

    2. N.V. Dmitrovskiy rahbarligida „Turkiston to‘plami“ning tuzilishi

    3. A. A. Semyonov boshchiligida „Turkiston to‘plami“ning tuzilishi

„Turkiston to‘plami“ning V. I. Mejov tomonidan tuzilgan va 1878 —84-yillar nashr etilgan 3 jildlik „Rus va xorijiy tillardagi asarlar va maqolalarning alifbosi va sistemali ko‘rsatkichi“ ko‘rsatkichi katta ahamiyatga ega.


Ko‘rsatkichda materiallar quyidagicha guruhlashtirilgan:

  1. Umuman O‘rta Osiyo o‘lkasi.

  2. Xususan Turkiston o‘lkasi.

  3. Rossiyaga bo‘ysunmagan O‘rta Osiyo o‘lkalari.

Dastlabki bo‘limda materiallar sistemali joylashtirilgan. 2bo‘limga geografiya va statistika, gidrografiya, aloqa yo‘llari, kartografiya, tarix, etnografiya, O‘rta Osiyoda bo‘lib o‘tgan urushlar tarixi, siyosiy-iqtisodiy va huquqiy fanlar, qishloq xo‘jaligi, paxta yetishtirish, vino ishlari, tog‘ ishlarining rivojlanishi, geologiya ishlari tarixiga oid, meteorologiya, tabiat tarixi, astronomiya va geodeziya, meditsina, tilshunoslik va lug‘at bo‘yicha adabiyotlar keltirilgan. Ushbu soha masalalariga oid adabiyot bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda sistemalashtirilgan. Materialni joylashtirish sxemasi Mejov tomonidan hamisha takomillashtirilib, muayyan fan sohalari bo‘yicha yangi rubrikalar ajratib borilgan.
3- bo‘limda Buxoro, Xiva, Turkmaniston, Mo‘g‘iliston, Sharqiy Turkiston, Kashmir, Angliyaning Hindistonni bosib olgan joylari va ularning O‘rta Osiyoga munosabati, Afg‘oniston, Hirot va boshqa o‘lkalarga oid adabiyotlar joylashtirilgan. Ko‘rsatkichga juda qulay yordamchi „kalitlar“ tuzilgan:

  1. Bibliografiyada uchraydigan muallif, tarjimon va boshqashaxslar nomlarining alifboli ko‘rsatkichi.

  2. Xorijiy bibliografiyada uchraydigan muallif va predmetlarning alifboli ko‘rsatkichi.

  3. Joy va predmetlarning alifboli ko‘rsatkichi.

Alifboli ko‘rsatkichlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, muallifning familiyasi, joylari yoki predmetlarning nomidan keyin asarlar nomi keltirilgan va ko‘rsatkichning sistemali qismida uni ro‘yxatga olish tartib raqami ko‘rsatilgan, mualliflar va asarlarining to‘plamga berilgan kalitida 3 marta takrorlanish prinsiði „To‘plam“dan foydalanish uchun juda qulay imkoniyat yaratadi.
Ko‘rsatkichda har bir yangi maqola yoki kitobni tavsiflashdan oldin sarlavha, muallifning familiyasi, so‘ngra qavs ichida nashr manbasi (jurnal, gazeta va boshqalar) haqida ma’lumot va oxirida esa yangi satrdan shu kitob yoki maqola kiritilgan „Turkiston to‘plami“ jildining raqami berilgan. Bu prinsið „Turkiston to‘plami“ bo‘lmagan holda yordamchi „Kalitlar“ni mustaqil bibliografik manba sifatida qo‘llash imkonini beradi. Shu munosabat bilan Mejov 1-jildning so‘zboshisida shunday yozadi: „Men o‘z ko‘rsatkichimni faqat „Turkiston to‘plami“dan foydalanish imkoniga ega bo‘lgan shaxslar uchun ham yaroqli qilib tuzganman. Shu maqsadda men to‘plamda joylashgan har bir maqolaning sarlavhasi oldida bu manba qaysi vaqtli nashrdan olinganligini ko‘rsatuvchi ma’lumotni havola qiluvchi izohlar berdim“.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, ushbu yaxshi niyat hamisha ham to‘g‘ri amalga oshavermagan. Binobarin, ko‘rsatkichning ba’zi joylarida manba ko‘rsatilgan bo‘lsa, uning nashr yili, chiqish soni va boshqalar ko‘rsatilmagan. Bundan tashqari, bibliografik tavsifdagi ayrim har xilliklarning sababi—„To‘plam“ joylashgan yerdagi (Toshkent) mahalliy kutubxonachi tomonidan yozilganligi va qolganlarinigina „to‘plam“ni tuzish vaqtida Mejovning o‘zi tayyorlaganligidir. „Turkiston to‘plami“dagi Toshkent qismining tavsifini Kaufman topshirig‘i bilan Turkiston xalq kutubxonasi kutubxonachisining yordamchisi V. Chuyko bajargan. Buni uning Kaufmanga yozgan ma’lumotnomasi isbotlaydi: „Hazrat oliylari buyrug‘iga muvofiq janob Mejov bergan yozma ko‘rsatma asosida u kishi tomonidan tuzilayotgan Turkiston o‘lkasi va O‘rta Osiyoga tegishli mamlakatlar haqidagi asarlar to‘plami“uchun tayyorlangan ko‘rsatkich materiallarini Sizga taqdim etishga ijozat bergaysiz“.
Qizig‘i shundaki, V. Chuyko „Turkiston to‘plami“dan foydalanish uchun vaqtinchalik ko‘rsatkich tuzgan edi. O‘sha ma’lumotnomada shunday deyilgan: „Esga olingan ko‘rsatkichni tuzish, nashr etish va yuborish 8 oyga yaqin vaqtni olishini taxmin qilib, men to‘plam bilan tanishuvchilarning foydasini ko‘zlab, vaqtinchalik ko‘rsatkich ham tuzdim, uni ham Siz hazrati oliylariga yubordim“. Kaufman Chuyko fikrini qo‘llab, vaqtinchalik ko‘rsatkich uchun tashakkur bildiradi. Afsuski, respublika kutubxonasi fondida ushbu vaqtinchalik ko‘rsatkich saqlab qolinmagan va „Turkiston to‘plami“ning qaysi jildi uchun tuzilganligini bilish qiyin. Qator xatolari, materialni sistemalashtirishdagi juz’iy kamchiliklariga qaramay, ko‘rsatkich nihoyatda noyob bibliografik qo‘llanmadir.
Ko‘rsatkich V. I. Mejov zamondoshlari tomonidan juda yuqori baholangan. Taniqli sharqshunos olim D. I. Logofet shunday yozgan edi: „V. I. Mejovning bunday yirik ishi unga nafaqat mashhurlik, balki ishiga manbalar kerak bo‘lgan barcha odamlarning tashakkurini keltirdi va har bir shaxs o‘z ishida O‘rta Osiyoga oid masalalarni hal qilishda „Turkiston to‘plami“ga tuzilgan ko‘rsatkich bilan uchrashgan“, deb yozadi. V. I. Mushketov „Turkiston to‘plami“ni shunday ta’riflaydi: „Kaufman kutubxonani tashkil etdi, uning eng noyob narsalaridan biri bibliograf V. I. Mejov tayyorlagan 416 jilddan iborat bo‘lgan „O‘rta Osiyo va Turkiston o‘lkalariga oid asarlar va maqolalarning Turkiston to‘plami“dir“.
Shuni aytish kerakki, to‘plamga V. I. Mejov o‘zi topolmagan yoki bevosita ko‘rmagan ko‘pgina materiallarni kiritmagan. Bu haqda „To‘plamga“ tuzgan ko‘rsatkichning 1- jildiga yozgan kirish so‘zida shunday deydi: „Men kitobning nashrdan chiqqanidan xabar topib, pul yuborardim. Lekin kitobni ololmasdim, hattoki pullar ham qaytarilmasdi“, deb yozadi.
„To‘plam“ning mukammal emasligini zamondoshlari, O‘rta Osiyo o‘lkasi tadqiqotchilari P. V. Dmitrovskiy va N. N. Ostroumovlar ham ta’kidlashgan. 1884-yilda ular generel-gubernator I. O. Rozenbaxga „Xalq kutubxonasini tiklash“ (Turkiston xalq kutubxonasi 1883-yil 1-yanvarida K. G. Kaufman vafotidan keyin uning o‘rniga bo‘lgan general-gubernator M. Chernyayev tomonidan yopilgan edi) va „Turkiston to‘plami“ni tuzish masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiya a’zolari nomidan xat yo‘lladilar. Bu xat Mejov to‘plamining to‘xtab qolishiga asosiy sabab bo‘lgan. „Turkiston to‘plami“ni tuzish va jildlarni tayyorlash ishlari izchil ravishda 1887-yilgacha davom etdi. Chunonchi har yili o‘rta hisobda 20 tadan jild tayyorlangan. Agar ruslarning Turkiston o‘lkasini o‘rganish va tadqiq etish bo‘yicha dastlabki 20 yil mobaynida ko‘p sonli ekspeditsiyalar va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazgani natijasida o‘lka haqida yirik hajmli fundamental ishlar vujudga kelgan bo‘lsa, keyingi o‘n yillikda bu ishlar ancha susayib ketganligini ko‘rish mumkin.
„Turkiston to‘plami“dan tashqari, V. I. Mejov „Xiva to‘plami“ni ham tuzgan edi, lekin uning taqdiri hozirgacha noma’lum. 1865 — 76- yillarda chiqqan „Rus tarixiy bibliografiyasi“da V. I. Mejov shunday yozgandi: „K. P. Kaufman topshirig‘i bilan men uning uchun bir nusxada „Turkiston to‘plami“ga o‘xshash 6 yoki 7 jilddan iborat bo‘lgan Xiva yurishi haqida to‘plam tuzdim. U hozirgi vaqtda qayerda ekanligi menga noma’lum“. General-gubernatorning o‘sha 1887-yilgi buyrug‘idan so‘ng, keyingi 20 yil mobaynida Turkiston o‘lkasi haqida yozilgan kitob va gazeta materiallari hech kim tomonidan to‘planmadi.

Yüklə 13,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin