Nikolay Appolonovich Burov — 1885- yil Peterburg shahrida tug‘ilgan. Peterburg universitetini tamomlagan va kitobsevarligi bilan mashhur bo‘lgan. 1918 — 1926-yillari Turkiston ommaviy kutubxonasida ishlaydi, oikashunoslik bolimiga, umumiy bolimga boshchilik qiladi. 1927- yildan Samarqand Davlat universiteti asosiy kutubxonasining kitobga ishlov berish va bibliografiya boiimini
boshqaradi. U kutubxonachilik ishini va kutubxonalarni qaytadan tashkil etish bo‘yicha qator komissiyalarning a ’zosi bolgan. 1930- yildan Toshkentdagi ilmiy va akademik kutubxonalari Respublika Markaziy kengashining raisi bo’lib ishlagan.
Matluba Yahyoyevna Nosirova— kutubxonachi-bibliograf sifatida tanilgan ustozlardan biri. U Toshkent shahrida 1924-yili tavallud topadi, juda erta ota-onasidan ajrab, bolalar uyida tarbiyalanadi. 1942- yili o‘rta maktabni tugatib, o‘sha paytdagi Komsomol kotiblari kursida o‘qiydi va tashkilotlarda ishlaydi. 1949- yil Faig‘ona viloyat kutubxonasida kutubxonachi 1951-yildan Alisher Navoiy nomidagi Respublika kutubxonasida faoliyatini davom ettiradi va o ‘z malakasini, bilimini oshirish maqsadida Moskva davlat madaniyat institutiga boradi, 1957-yili uni tugatib, 1972- yilga qadar shu kutubxonada ishini davom ettiradi, oddiy bibliograf lavozimidan to bo‘lim mudiri vazifasigacha bo‘lgan jarayonni bosib o‘tadi. 1972- yili Toshkent madaniyat texnikumiga direktorlik lavozimi 1974-yili Toshkent davlat madaniyat instituti tashkil etilgandan so‘ng „Bibliografiya" kafedrasida katta o ‘qituvchi lavozimida nafaqaga chiqqunga qadar talabalarga ustozlik qiladi. Kutubxonada ishlab yurgan vaqtlarida juda ko‘p mavzularda turli
xil bibliografik ko‘rsatkichlarni mustaqil va hamkorlikda tayyorladi va nashr ettiradi. Yirik 9 ta bibliografik ko‘rsatkich va qo‘llanmalaiga muharrirlik qiladi, bir qator muammoli maqolalar bilan O‘zbekiston va Rossiya jurnallarida qatnashadi. Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat kutubxonasining 100 yilligi munosabati bilan
nashr etilgan monografiyaning yirik — „1917-yildan so‘nggi davrda kutubxonaning ilmiy-bibliografik faoliyati" bo‘limini yozgan. Unda muallif bibliografiya ishining taraqqiyotini batafsil yoritib bergan.