Paxtaobod pedagogika kolleji


-ilova Bibilografiya bo’yicha yakuniy nazoratga tayyorlanib kelish



Yüklə 13,8 Mb.
səhifə238/240
tarix18.09.2023
ölçüsü13,8 Mb.
#145136
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   240
biblografiya Xudoyberdiyeva 08.02

7-ilova



Bibilografiya bo’yicha yakuniy nazoratga tayyorlanib kelish



Uyga vazifa

40-mavzu: O’zbekistonning mashhur bibliograflari
Reja:

    1. O’zbekistonning mashhur bibliograflari

    2. Yevgeniy Karlovich Betger

    3. Nikolay Appolonovich Burov va Matluba Yahyoyevna Nosirovalarning qoshgan xissasi.

0 ‘zbek bibliografiyasi uning taraqqiyoti va takomillashib borishida, nazariyasi va amaliyotining metodologiyasini ishlab chiqishda XX asrda yashab ijod etgan ko‘plab sharqshunos, bibliograf va kitobshunos olimlarning xizmati katta.
Yevgeniy Karlovich Betger — 0 ‘zbekistonda kutubxonachilik ishining eng keksa avlodi, vakili sharqshunos, kitobshunos, tarixchi va o‘lkashunos olim edi. U umrini ma’naviyat, madaniyat rivojiga bag‘ishladi. Y. K. Betger 1887-yil 30- iyunda Toshkentda malakali dorixona xodimi oilasida tug‘ildi. 1905-yili Toshkent erkaklar gimnaziyasini tugatadi. Moskva, Gendelberg, 1914-yili Kiyev universitetini 1- darajali diplom bilan tugatdi. 1920 — 1924- yillarda 0 ‘rta Osiyo davlat universitetining sharq fakultetida to‘liq kursini tinglash bilan birga sharq tillarini mukammal o ‘rgandi. 1914-yil kuzidan Toshkent erkaklar gimnaziyasida rus tili va adabiyotidan dars bera boshladi. 1915- yil Betger utubxonachilik sohasida ish boshladi, dastlab Rus Geografiya jamiyatining (keyinchalik Geografik jamiyatning 0 ‘zbekiston bo‘limi) Turkiston bo‘limida kutubxonachi bo‘lib ishladi va bir vaqtning o‘zida jamiyat a ’zosi sifatida, xazinachi vazifalarini bajardi. Uning xizmati bilan kutubxona ishi jonlandi, kitoblarni joylashtirish, ularga kartochkalar yozish, predmet katalogini tuzish ishlarini boshladi. Kutubxona fondini olimlar yordamida 10 mingdan oshirdi. Ayniqsa, uning fondi geografiya va tabiiy fanlarga oid o’lkashunoslik xarakteridagi adabiyotlar bilan boyidi, bu jihatdan Turkiston
olkasidagi boshqa kutubxonalar u bilan bellasha olmas edi. U kitoblarni har bir kitobxonga yetkazish, targ‘ib qilish sohasida ish olib bordi, bibliografik xizmat ko‘rsatish va bibliografiya ishini olib bonshga harakat qildi. A. V. Pankov bilan birgalikda „ 1 9 1 2 - yil 1 -o k ta b rd a n 1 9 1 4 -yil 1 - y a n v a rg a c h a
turkistonshunoslikka oid kitoblar va maqolalarning bibliografik ko‘rsatkichi“ni, 1917-yili „1914 — 1915-yillarda Jamiyatning ,,Xabarlar“ida nashr qilingan maqolalar ko‘rsatkichi“ni tuzishdi. 1917-yil Y. K. Betger Turkiston Xalq kutubxonasining kuzatuv qo‘mitasi tarkibiga kiritildi, u kitob fondini saqlash va uni targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha faol ish olib bordi. Kasbiy malakasi yuqoriligi va tashkilotchilik qobiliyatini hisobga olib, Turkiston Xalq kutubxonasini qayta tashkil etish bo‘yicha hay’at tarkibiga kiritildi. Kutubxonachilik sohasini qayta tashkil etish bilan bog‘liq holda Xalq maorifi komissarligidagi kutubxona boMimini boshqardi, uning tashabbusi bilan Toshkentda kutubxonachilik kurslari hamda respublikada bolalar, maxsus va milliy kutubxonalar tashkil etildi. Toshkentdagi ilmiy va akademik kutubxonalar 0 ‘rta Osiyo birlashmasini, Markaziy bibliografiya hay’atini boshqardi, kataloglashtirish bo‘yicha mas’uliyatli xodim, indiksator va o ‘nli jadval bo‘yicha mutaxassis sifatida o‘lka doirasidagi kutubxonachilik ishi rahbariyati tarkibiga kirdi, kutubxona xodimlariga tegishli masalalar bo‘yicha maslahatlar bera boshladi.
Y. Betger 1922-yildan 1931 - yilga qadar Turkiston Xalq kutubxonasi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 1974- yilgacha ilmiy kotib, boiim mudiri bo‘lib ishladi. 1943-yil A. I. Butakov „Kundaliklari“ materiallari asosida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Y. K. Betger kutubxona fondini tashkil etish, ma’lumot-bibliografiya apparatini, katalog va kartotekalarni tashkil etishga e’tibor berdi, kutubxonalarni qayta tashkil etishda qatnashdi, fondni saqlash, adabiyotlarga texnik va o‘nli jadval bo‘yicha ilmiy ishlov berishning yangi usullarini ishlab chiqdi. 1918-yil Turkistonda birinchi marta L. K. Davidov,
A. A. Metelnikov bilan ,,0 ‘nli bibliografiya jadvali“ni nashr etdi. Bu jadvalga talab oshgani sababli 1922-yili uni qaytadan ko‘rib chiqdi va nashr ettirdi. Unga so‘zboshi, uslubiy qo‘llanma ilova qilindi, undan foydalanish qoidalari berildi. 19 2 2 –yilgi kutubxonachilik jamiyati uni muhokama etib, o‘zbek tilida nashr etishga tavsiya qiladi. Betger bibliografiya, ayniqsa, oikashunoslik ishiga katta e ’tibor bilan qaradi. 1916— 1917-yillarda geografik jamiyatda ishlab yuigan paytidanoq oikashunoslik bilan shug‘ullana boshlagan edi. 1926 — 1951-yillarda u shu yo‘nalishda ko‘rsatkichlar tuzadi („Туркестанские ведомости** gazetasi
sahifalarida nashr etilgan Tojikistongacha bolgan viloyatlarga oid maqola va xabarlar ro‘yxati“ , „Туркестанские ведомости gazetasida 0 ‘rta Osiyo tarixi va arxeologiyasiga oid maqolalar va xabarlar tavsifi va boshqalar). Ammo uning ko‘pgina ko‘rsatkichlari nashr etilmay qolib ketgan. Masalan, О. V. Maslova
bilan birgalikda Turkiston to ‘plamining 175 jildiga tuzgan ko‘rsatkichi. Betger bibliografik ko‘rsatkichlar tuzish bilangina cheklanib qolmadi, balki ilmiy-tadqiqot ishlarini harrrolib bordi. Nomzodlik unvonini olish uchun himoya qilgan ilmiy ishida Orol dengizining birinchi tadqiqotchisi A. I. Butakovning 1849 — 1852- yillarga oid kundaliklarini to‘la o‘rganib chiqadi va qimmatli ma’lumotlarni beradi. A. I. Butakovning hayoti va faoliyati haqida to‘liq ma’lumotni havola etadi. 1924-yili Betger X asrning mashhur geografi Abulqosim ibn Xaqqalning ,,Yo‘llar va
mamlakatlar“ nomli asarini chuqur o ‘rgandi, 1 9 5 4 - 1955- yillarda Yegor Meyendorfning „1820-yilda ch o lla r, Orol dengizidan to qadimgi Yoqsartgacha bolgan hududda yuz bergan Orenburgdan Buxorogacha sayohat“ asarini fransuz tilidan taijima qiladi. 1951- yili „0 ‘zbekistonda kitobatchilik ishi tarixidan44, 1952-yili „1873- yilda Xivaga yo‘l olgan samarqandlik savdogar Danila
Rukavkin va uning karvoni“ , „1953-yili „Turkiston to‘plami va
A. A. Semyonovning unda ishtiroki“ asarlari jamoatchilikka ma’lum. Bir necha yillar davomida Turkiston xalq kutubxonasining faoliyati haqida ocherklar, „Toshkentning ilmiy kutubxonalari44, ,,0 ‘rta Osiyo bibliografiyasining eng muhim vazifalari44, ,,0 ‘rta Osiyoning 1928- yildagi bibliografik hayoti“ kabi asarlarini nashr etdi. Betgerning qator bibliografik asarlari va bibliografiya masalalariga oid maqolalari hozirgi kunga qadar o ‘z ahamiyatini yo4qotmagan.
1953- yili unga ,,0 ‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan kutubxonachi unvoni berilgan.

Yüklə 13,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin