Paxtaobod pedagogika kolleji


Asar matnini tahlil qilish



Yüklə 13,8 Mb.
səhifə28/240
tarix18.09.2023
ölçüsü13,8 Mb.
#145136
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   240
biblografiya Xudoyberdiyeva 08.02

Asar matnini tahlil qilish. Asar turi (alohida, to‘plam, ko‘p jildli nashrning bir qismi, ruknli nashrning qismi) aniqlanadi. qaysi masala, muammo, mavzu yoki bilim sohasiga bag‘ishlanganligi ko‘rsatiladi. Nashr tuzilishi va materialning guruhlanishiga e’tibor qaratiladi. Materialning qay usulda berilishini yoki izohlanishini aniqlash kitobxonlar guruhini aniqlashga yordam beradi. Tahlilda so‘zboshi, kirish so‘zi, eslatmalardan, qo‘shimcha tanqidiy materiallardan foydalaniladi.

Qo‘shimcha manbalarni o‘rganish. Mavzuga oid asarlar, taqrizlar, tanqidiy maqolalar, biografik materiallar, fan va madaniyat tarixiga oid asarlar tegishli ma’lumotnoma-nashrlar va bibliografik qo‘llanmalar yordamida topiladi va o‘rganiladi.

Ma’lumotlarni to‘plash. Asarlarga annotatsiya berishda muallif haqida avtobiografik ma’lumotlar, asarning hozirgi davr uchun ilmiy va badiiy qimmati haqida ma’lumot beriladi. Zamonaviy asarlarga annotatsiya berishda, unga haqqoniy va obyektiv baho beriladi, muallifining shaxsiy tasavvuri yoki taassurotiga suyanib qolish kerak emas. Ba’zida muallif fikri, ba’zi annotatsiyalarda tanqidchi fikri, voqea yoki hodisa ishtirokchisi, mualliflar xotirasi keltiriladi.

Adabiy tahrir yoki annotatsiyani rasmiylashtirishda eng asosiy ma’lumotni ajratib olish zarur. Kitobxon e’tiborini jalb etish uchun, tavsiya annotatsiyasida eng qiziq faktlar haqida axborot berish kerak. „Kitob juda qiziq...“ yoki „Kitob qiziqarli hikoya qiladi...“ kabi fikrlardan qochish, bibliografik tavsifdagi ma’lumotlarni takrorlashdan tiyilish lozim.

Referatlash birinchi darajali hujjatdagi axborotni analitiksintetik tahlil qilishdir. Hujjatdagi eng zarur faktlarni —asosiy holat, faktik ma’lumotlar, natija va xulosalarni ajratib olish kerak bo‘ladi. Referat matni o‘zining aniqligi, to‘g‘riligi, mantiqiyligi bilan ajralib turadi, unda ikkinchi darajali axborot — tanqid, isbot, dalil, misollar bo‘lishi mumkin emas.

Referatning tuzilishi. Unda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
Agar sarlavha aniq berilmagan bo‘lsa, mavzusi, ishningmaqsadi ko‘rsatiladi.

  1. Ishni o‘tkazishning usuli va metodologiyasi.

  2. Ishning natijasi (aniq va axborotlashgan ma’lumot beriladi,yangi natijalar, uning ahamiyati, muhim kashfiyotlar va ixtirolar beriladi).

  3. Natijalardan foydalanish sohasi.

  4. Xulosalar.

  5. Qo‘shimcha axborot (tashkilot nomi, birinchidarajali hujjatmuallifi, muallif haqida ma’lumotlar, avval nashr qilingan asarlariga yo‘llanma) beriladi.


Referatlash quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Tanishish uchun o‘qib chiqish, hujjatning dastlabki tahlili.

  2. Diqqat bilan o‘qish, chuqur tahlil.

  3. Referat turini aniqlash.

  4. Referat tuzilishini aniqlash.

  5. Axborotni sintez qilish.

  6. Referatni belgilangan qoidaga ko‘ra rasmiylashtirish.


Referatlash metodikasi o‘ziga xos, unda markerlar — hujjat mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi so‘zlar, so‘z birikmalari, indikatorlar — hujjatda muallif fikrining rivojlanishini, ketmaketligini ko‘rsatuvchi keng qo‘llaniladigan so‘z birikmalari, hujjatni bosqichma-bosqich tahlil qilishning reja-maketi, har qanday bilim sohasiga oid adabiyotlarni referatlash uchun zarur universal va hujjatning ixtisoslashgan xususiyatiga asoslangan referatlash va hujjat mazmunini sharhlashning o‘ziga xos usulidan foydalaniladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har bir axborot-kutubxona resursi haqida iste’molchilarga, talabgorlarga axborot berish vazifasini bajarayotgan bibliograf har bir bibliografik elementlarni mukammal bilishi, uni o‘z o‘rnida ishlata olishi zarur.


Nazorat savollari.

  1. Yüklə 13,8 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin