Paxtaobod pedagogika kolleji


UYGA VAZIFA: Mavzu bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar izlab topish



Yüklə 13,8 Mb.
səhifə36/240
tarix18.09.2023
ölçüsü13,8 Mb.
#145136
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   240
biblografiya Xudoyberdiyeva 08.02

UYGA VAZIFA: Mavzu bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar izlab topish.
5-mavzu: Bibliografik tavsiya ro‘yxtlarini tuzish.
Reja:
1.Bibliografik faoliyat, ko’rsatkichlar va adabiyotlarni qidirish sistemasi.

2. Spravka -bibliografik apparatining tarkibiy qismi.

3.Bibliografik xizmat ko’rsatish. Tavsiya ro’yxatlarini tuzish.

Bibliografik faoliyat-bu kutubxonalar, ilmiy - texnika axboroti organlari, nashriyotlar va xujjatlar aloqa yo’llari tizimidagi boshqa jamoat institutlari tomonidan ilmiy-yordamchi, ishlab chiqarish, tarbiyaviy, targ’ibotchilik va boshqa maqsadlarda bibliografik axborotga bo’lgan extiyojni har tomonlama qondirishga xizmat qiluvchi hujjatli axborot faoliyati sohasidir. Bibliografik faoliyat bibliografik faoliyatning maqsadi, sub'ekti, ob’ekti (predmeti), jarayonlari, vositalari va natijalari kabi asosiy tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi.

Bibliografik faoliyatning maqsadi kutilayotgan natijaning hayoliy qolipi sifatida sub'ektning onggida joylashgan va shakllanadigan faoliyatni qo’zg’atuvchi sifatida keladi. Shu sababli bibliografik faoliyatning maqsadlari uning sub'ekti bilan aloqada va birgalikda ko’rib chiqiladi. Bibliografik faoliyatning bosh, markaziy, tizimni hosil qiluvchi tarkibiy qismi uning sub'ektlaridir. Aynan sub'ekt butun tizimning xarakatlantiruvchi asosiy kuchidir. U maqsadni shakllantiradi va yuzaga keltiradi, jarayonlarni amalga oshiradi, vositalarni ishlab chiqadi va foydalanadi. Faoliyatning natijalari (bibliografik maxsulot) ni tuzadi.

a) Bibliografik faoliyatning sub'ektlari va maqsadlari

Bibliografik faoliyatning bosh sub'ekti - bibliografik axborotni ishlab chiqish, iste'molchiga yetkazish va bibliografik axborotdan foydalanishni tashkil etish bilan shug’ullanuvchi mutaxassis-bibliografdir.

Bibliografik faoliyatning sifati va samaradorligi bibliografning amaliy tayyorgarligi va nazariy bilim darajasiga bog’liq. Shu sababli ham bibliograf mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) tizimi muhim rol o’ynaydi va unga alohida e'tibor beriladi. Bibliograf-kasbiy xotirasi rivojlangan, bibliografik ma'lumotlarni eslab qolishga o’rgangan, chidamli, mantiqiy fikrlash doirasi rivojlangan, tez qaror qabul qila oladigan, manbalar doirasini yaxshi bilgan, ularning biridan ikkinchisiga tez o’ta oladigan bo’lishi, umumilmiy va o’z mutaxassisligi bo’yicha bilimlarni chuqur egallagan, bilimini amalda tadbiq qila oladigan, bibliografik qidirish olib bora oladigan, manbalardan foydalana oladigan, ob'ektiv olamni idrok etuvchi ongli shaxs bo’lishi zarur. Bibliografik faoliyatning maqsadlari- bibliografik jarayonlarda sub'ekt sifatida bibliograf tomonidan keltirib chiqariladigan ichki va tashqi shart - sharoitlarga ko’ra xilma - xildir.

Umumiy yakuniy maqsad - jamiyat a'zolarining axborot extiyojlarini qondirishga ta'sir etishdir. Bu maqsad bibliograf tomonidan mustaqil maqsad sifatida (qidirib topish, xabar berish, tavsiya etish) ham tushunilishi mumkin. Bu maqsad ichida biliografik faoliyatning yo’nalishi va turli sohalari bilan bog’liq bo’lgan yanada aniqroq maqsadlar ajralib chiqadi.

Xususan olganda, bibliografik faoliyatning hamma tarkibiy qismlari va ularning ichki bo’linmalari ham maqsadlar sifatida anglanishi mumkin.

Bibliografik faoliyatning ikkinchi subekt-bibliografik faoliyat bilan vaqtincha shug’ullanuvchi olim, o’qituvchi, yozuvchi, muxbir-axborot iste'molchilardir. Ular bibliografik axborotni iste'mol qilish bilan birga o’zi ish faoliyati davomida bibliografik axborot manbasini (ya'ni ishlarida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini ) tuzadilar.

Bibliografiyaga keng ma'noda qaralganda bibliografiyashunos yani bibliografiya sohasida ilmiy ish bilan shug’ullanuvchi ilmiy hodim, bibliografiya fanlarining o’qituvchilari ham bibliografik faoliyatining 3-sub'ektlari bo’la oladilar.


Yüklə 13,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin