Asar matnini tahlil qilish qanday amalga oshiriladi?
Adabiy tahrir yoki annotatsiyani rasmiylashtirish qanday?
Referatlash. Referatning tuzilishi xaqida tushuncha bering.
Ko’rsatkichlar
5
4
3
2
Jami 5
“Aqliy xujum” metodidagi faolliklari.
Faol ishtiroki
Nofaol
Qisman
Umuman ishtirok etmadi
4-ilova
Yangi o’quv materialining slaydli taqdimoti
Bibliografik faoliyat-bu kutubxonalar, ilmiy - texnika axboroti organlari, nashriyotlar va xujjatlar aloqa yo’llari tizimidagi boshqa jamoat institutlari tomonidan ilmiy-yordamchi, ishlab chiqarish, tarbiyaviy, targ’ibotchilik va boshqa maqsadlarda bibliografik axborotga bo’lgan extiyojni har tomonlama qondirishga xizmat qiluvchi hujjatli axborot faoliyati sohasidir. Bibliografik faoliyat bibliografik faoliyatning maqsadi, sub'ekti, ob’ekti (predmeti), jarayonlari, vositalari va natijalari kabi asosiy tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi.
Bibliografik faoliyatning maqsadi kutilayotgan natijaning hayoliy qolipi sifatida sub'ektning onggida joylashgan va shakllanadigan faoliyatni qo’zg’atuvchi sifatida keladi. Shu sababli bibliografik faoliyatning maqsadlari uning sub'ekti bilan aloqada va birgalikda ko’rib chiqiladi.
Bibliografik faoliyatning bosh, markaziy, tizimni hosil qiluvchi tarkibiy qismi uning sub'ektlaridir. Aynan sub'ekt butun tizimning xarakatlantiruvchi asosiy kuchidir. U maqsadni shakllantiradi va yuzaga keltiradi, jarayonlarni amalga oshiradi, vositalarni ishlab chiqadi va foydalanadi. Faoliyatning natijalari (bibliografik maxsulot) ni tuzadi.