Spravka-bibliografiya xizmatining tuzilishi
Bibliografik ma'lumotlarni aniqlovchi so’roqsiz bibliografik axborot bilan ta'miilashning asosiy shakllari: a) kutubxonaga yangi kelgan adabiyotlar byulleteni, b) kutubxonada va undan tashqarida o’tkaziladigan (radio, televidenie orqali beriladigan, vaqti matbuotda bosiladigan) adabiyotlar obzorlari, shuningdek, v) kutubxonada tashkil qilinadigan "Axborot kunlari", "Mutaxassis kunlari", "Bibliografiya kunlari" va shu kabi tadbirlardir.
Uzoq muddatli so’roqlar asosida bibliografik axborot bilan ta'minlashning muhim shakllaridan biri bibliografik axborotni uning iste'molchisiga tanlab tarqatish tartibida yetkaziladigan axborotni tanlab tarqatish (ATT) tizimidir.
Axborotni tanlab tarqatish ( ATT ) tizimining o’ziga hos hususiyatlari: - ATT ning abonentlari bibliografik axborotga kuchli extiyoj sezuvchi kichik jamoalar, yetuk olimlar va mutaxassislar bo’la oladi;
- Abonentlarning mavzuli so’roqlariga bibliografik axborot beriladi;
- Iste'molchilarga bibliografik axborot aniq bir belgilangan vaqtda muntazam yetkazib beriladi;
- ATT tizimi abonentlarni bibliografik axborot bilangina emas, balki yana birlamchi hujjat ( yoki uning nusxasi ) bilan ham ta'minlay oladi;
- ATT tizimida bibliografik axborotni qayta ishlash va yetkazishda bibliografik jarayonlarni avtomatlashtirish va mexanizasiyalashtirishning texnika vositalaridan foydalaniladi;
- ATT ning muvaffaqiyatli borishi uchun iste'molchi bilan tizim o’rtasida o’zaro qayta aloqaning bo’lishi shart. Bu aloqa tizim ishining sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan bo’ladi.
Bibliografik faoliyatning vositalari
Bibliografik faoliyatning vositalariga faoliyatning usullari, bibliografik axborotni ishlab chiqish va iste'molchiga yetkazish yo’llari, texnika vositalari kiradi.
Bibliografik faoliyatning usullari. Bibliografik faoliyatning turli jarayonlarida turlicha usullar qo’llaniladi. Bibliografiyashunoslikda hujjatlarni bibliografiyalash usullariga ko’proq e'tibor beriladi. Bibliografik faoliyatning har ikki asosiy jarayonining qo’shilib ketishi tufayli bu asosiy usullar bibliografik xizmat ko’rsatishga ham hosdir.
Bibliografiyalash jarayonining usullarini bibliografiyalashning xarakteri va maqsadiga ko’ra ikki guruxga:
- analitik ( tahlil qiluvchi ) va sintetik ( sintez qiluvchi – oldingi bosqichda olingan natijalarga umumlashgan xulosa qilish ) usullariga bo’lish mumkin.
Bibliografiyalashning analitik usuliga:
1)xujjatning asosiy mavzusini, rasmiy va mazmuniy xususiyatlarini,
yutuq va kamchiliklarini, maqsadi va kitobxonlik doirasini aniqlash maqsadida umumiy tahlil qilish;
2)xujjatlarni bibliografii tasvirlash;
3)xujjatlarni annotasiyalash va refelatlash;
4)indekslash va predmetlashtirish, ya'ni xujjatning mazmunini predmet turlari yoki biron - bir klassifikasiya jadvalining shartli belgilari yordamida ifodalash kiradi.
Keyingi uch ishning natijasi bibliografik yozuvda birlashtiriladi, bibliografik yozuvlarni tuzish bibliografiyalashning analitik usulidan sintetik usuliga o’tishni ta'minlaydi, shu sababli ikki usulda unga birday qaralishi mumkin. Sintetik usuliga:
1)bibliografik tahlil qilingan xujjatlarni keyingi bibliografik qayta ishlash uchun aniqlash;
2)oldindan belgilangan belgilari bo’yicha xujjatlarni tanlash;
3)bibliografik qo’llanmada bibliografik yozuvlarni gruppalash ishlari kiradi.
Bu usullar dialektik jihatdan bir - biri bilan o’zaro bog’langan, ish jarayonlari ma'lum darajada bir vaqtda bajariladi, bir biriga o’tadi.
Bibliografik xizmat ko’rsatishning usullari.
1)xujjatlarni identifikasiyalash ( ya'ni bibliogrfik axborotni xujjat haqida yetarli ma'lumot bera oladigan darajaga yetkazish ) ( bu bibliografik axborotning qidirish vazifasini amalga oshirish vositasi sifatida);
2)xujjatlar to’g’risida xabar berish ( bibliografik axborotning xabar berish vazifasini amalga oshirish vositasi sifatida );
3)xujjatlarni tavsiya qilish usuli ( bibliografik axborotning baxolash vazifasini amalga oshirish vositasi sifatida).
Dostları ilə paylaş: |