Paxtaobod pedagogika kolleji



Yüklə 13,8 Mb.
səhifə70/240
tarix18.09.2023
ölçüsü13,8 Mb.
#145136
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   240
biblografiya Xudoyberdiyeva 08.02

2



3 -ilova



F

S

M

U




















































Ko’rsatkichlar

5

4

3

2

Jami
5

“FSMU” metodidagi faolliklari.

Faol ishtiroki

Nofaol

Qisman

Umuman ishtirok etmadi






























































































4
Yangi o’quv mashg’ulotining slaydli taqdimoti
-ilova




Bibliografik sharhlar—hujjatlar haqidagi hikoyadan iborat. Sharhda axborot beriladigan adabiyotlar soni va uning tartibi maqsadiga, kitobxonlar guruhi, mavzuning mazmuni va boshqa xususiyatlarga ko‘ra tanlanadi. Bibliografik sharhning elementi: kirish qismi, tahliliy qism va xulosa. Bibliografik sharhlarning maqsadi — kitobxonlar guruhida mavzuga qiziqish uyg‘otish, mavzuga oid eng yaxshi adabiyotlarni tanlashga yordam berish va ularni targ‘ib qilish. Kitobxon yoki iste’molchi oddiydan murakkabga, aniq masaladan umumiy masalaga o‘tib borish bilan aniq bir bilimlar hajmiga ega bo‘ladi. . Sharhda tanlangan izchillikda joylashgan har bir adabiyotga to‘la bibliografik tavsif va undan keyin hikoya beriladi. Buning uchun oldindan bibliografik sharh matni tayyorlab olinadi. U hujjat sifatida saqlanadi, boshqa talabgorlarga yoki kutubxonalarga tarqatish uchun qo‘llaniladi, tadbirning yaxshi va samarali o‘tishiga yordam beradi.


Bibliografik tavsifda, umuman, sharh o‘qib berilmaydi. Sharhlarni ommaviy axborot vositalari sahifalarida, radio va televideniya orqali, internet veb sahifalarida joylashtirish mumkin. „Turon“ nomli Òoshkent viloyat ilmiy-universal kutubxonasi tayyorlagan va internetga qo‘ygan „Turon durdonalari“ veb sahifasida Samarqand, Xiva, Buxoro va Toshkent viloyatlari kutubxonalari fondida saqlanayotgan nodir qo‘lyozma kitoblar haqida hikoya qilinadi.





Oxirgi paytda kutubxonalar, muzeylar, arxivlar, axborot markazlari fondiga turli xil ko‘rinishlarda, CD-ROM va disketlarda, boshqa axborot tashuvchi materiallarda elektron baza, ma’lumotlar banki olina boshlandi. Ma’lumotlar bazasi — axborotni avtomatlashgan ko‘rinishda olishga, qayta ishlashga mo‘ljallangan mashinada o‘qish uchun moslashtirilgan va qo‘yilgan maqsadga xizmat qiluvchi ma’lumotlar yig‘indisi. Ma’lumotlar banki—axborotni qidirish, saqlash, qayta ishlashga mo‘ljallangan bir necha ma’lumotlar bazasidan iborat avtomatlashgan axborot tizimi. Amaliyotda turli xil ma’lumotlar bazasi qo‘llaniladi, ular: hujjatli—bunda bibliografik yozuvlar, axborot matni beriladibibliografik — faqat bibliografik tavsif yozuvlaridan iborat; referativ —bunda axborot bibliografik ma’lumotlar, referat va annotatsiya ko‘rinishida beriladi; to‘la matnli—axborot hujjatning to‘la matnini yoki ma’lum bir qismini yoritish bilan beriladitabiiy matnli—axborot jonli tabiiy tilda boshqa yozuvlar, parchalar bilan bog‘liq holda beriladi; birinchi darajali hujjatlar bazasi yoki faktografik—olingan sohaga oid axborotlarning ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bazasida eng muhim narsa maqsadli dasturiy ta’minot va doimiy yangilab borishdan iborat.





Kitob palatalari davlat bibliografiyasining to‘la ma’lumotlar banki yaratilmoqda. Unda adabiyotlar haqida to‘la bibliografik axborot belgilangan qoidaga ko‘ra to‘plab borilmoqda. Respublikamizda ham nashr etilayotgan adabiyotlarning hamma turlari, shakllari an’anaviy solnomalar elektron ko‘rinishda tayyorlab borilmoqda. Ko‘pgina kutubxonalar esa adabiyotlarning to‘la matnini yig‘ib, saqlash ishlarini boshladi, unda Davlat qonunlari, me’yoriy hujjatlar, badiiy asarlar, maxsus adabiyotlar, oliy o‘quv yurti kutubxonalarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruza matnlari, darsliklari, o‘quv qo‘llanmalarining matnlari, ilmiy maqolalari, ilmiy to‘plam materiallari, avtoreferatlar, talabalarning bitiruv-malakaviy ishlari, predmetlar yuzasidan dasturlarning matnlarini to‘plash ishlari olib borilmoqda.






Yüklə 13,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin