3 -ilova ASALARI GALAGI Muammo bitta guruhda yoki ikki kichik guruhlarda muhokama qilinadi. Bunda topshiriqlar xar hil yoki butun guruhga bitta bo’lishi mumkun. Guruhlar qo’yilgan muammoni ma’lum muddat muhokama etib, natijani boshqalarga ma’lum qilishadi. Muammo yechimining eng yahshi variant tanlab olinadi.
1. Ilmiy-ommabop jurnallar xaqida ma’lumot bering.
2. Vaqtli matbuot nashrlarining turlari qaysilar?
3. Vaqtli matbuot nashrlarining iste’molchilari kimlar?
4-ilova
O’QUV MATERIALINI SLAYDLI TAQDIMOTI Gazeta yoki roʻznoma bir nom ostida muntazam chop etiluvchi vaqtli nashrdir.
Gazeta (ital. gazzetta — chaqa pul) — kundalik voqealar toʻgʻrisida materiallar eʼlon qilinadigan davriy (vaqtli) bosma nashr. Ommaviy axborot va targʻibotning asosiy vositalaridan biri.
Uning vazifasi jamiyatning axborotga boʻlgan ehgiyojini, maʼnaviy intellektual talablarini qondirishdan iborat. Gazeta faqat ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayot obʼyekti boʻlib qolmay, balki moddiy ishlab chiqarish obʼyekti, i. ch.-iqtisodiy munosabatlar sohasi hamdir. Shu bilan birga Gazeta tovar — moddiy mahsulot ham hisoblanadi. Gazeta hajmi 2 sahifadan 100 sahifagacha va undan koʻp boʻlishi mumkin .
Gazeta ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy va ilmiy hayotga oid dolzarb axborotni hozirjavoblik bilan turli adabiy shakl (janr)larda ommaga yetkazadi va shu yoʻl bilan oʻz oʻquvchilarida kundalik turmush voqealariga nisbatan maʼlum munosabat va tasavvur paydo boʻlishiga, siyosiy, iqtisodiy, axloqiy gʻoya va eʼtiqodlar shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi, jamoatchilik fikrining mahsuli va ifodachisi sifatida namoyon boʻladi.
Huquqiy demokratik jamiyatda Gazeta faoliyati tegishli qonunchilik asosida kechadi. U oʻzi tarqatayotgan axborotning xolis va haqqoniyligi uchun qonun oldida javobgar hisoblanadi, xalq maʼnaviy qudratini yuksaltirishga, omma ijtimoiy ongini rivojlantirishga koʻmaklashadi, hokimiyat bilan jamiyat oʻrtasida xolis vositachi vazifasini oʻtaydi
Jamiyat va xalq nomidan boshqaruv idoralarining faoliyatini nazorat ostiga oladi. Demokratik jamiyatda kafolatlangan siyosiy erkinliklar, jumladan matbuot erkinligi Gazeta faoliyatining samarali boʻlishi uchun qulay imkoniyat yaratadi. Avtoritarizm va totalitar tuzum sharoitida esa Gazeta bunday imkoniyatdan amalda mahrumdir
Gazetada turli janr va uslublardan, ayniqsa axborot va boshqa publitsistik janrlardan foydalaniladi. Ularda axborot agentliklarining rasmiy xabarlari, hisobotlar, reportajlar voqealarni hozirjavob tarzda yoritishga xizmat qiladi; sharu,, suhbat (intervyu), taqriz va b. vositasida voqealar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar izohlab beriladi; maqola, obzorlar va sharxlarda voqelik tahlil qilinadi; bulardan tashqari Gazetada lavha, ocherk, pamflet, felyeton kabi publitsistik janrlardan ham foydalaniladi; shuningdek unda gazetxon-larning xatlari, nazm va nasrda yozilgan badiiy asarlar, chizma va fotosuratlar bosiladi.
Gazetani bezatish oʻziga xos boʻlib, bu avvalo Gazeta mazmunini gazetxonga qiziqarli va ommabop tarzda yetkazish, muhim xabar va fikrlarga ularning eʼtiborini jalb etishga qaratiladi. Gazeta faoliyati bosh muharrir, boʻlimlar mudirlari, turli yoʻnalishdagi muxbirlar (reportyor, sharhlovchi va b.)dan iborat tahririyat tomonidan tashkil etiladi va boshqariladi.
Koʻpgina Gazetalarning maxsus muxbirlari, mamlakatning ichida vaxorijiy davlatlarda oʻz muxbirlari boʻladi. Gazetalar faks, "Internet" tizimi, telefon va teleks vositalari orqali dunyoning turli chekkalaridan zud axborotlarni olib turadi.
Gazetalar oʻzbek, rus, qozoq, tojik, qoraqalpoq, koreys, ingliz va b. tillarda chiqadi. Oʻzbekistonning yetakchi gazetasi— "Xalk soʻzi" va "Narodnoye slovo" Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Respublika Vazirlar Mahkamasining nashridir.
Bu gazetalar haftasiga 5 marta chop etiladi. Oʻzbekistondagi oshkoralik va demokratiya muhitida yuzaga kelgan yangi partiyalar ham oʻz G.larini nashr eta boshladilar (qarang "Oʻzbekiston ovozi", "Milliy tiklanish", "Adolat", "Fidokor"). Bundan tashqari turli hukumat idoralari, xalq harakatlari, uyushmalar, jamgʻarmalar muassisligida nashr etilayotgan gazetalar ("Birlik—Yedinstvo", "Xurriyat", "Oʻzbekistan adabiyoti va sanati", "Mulkdor", "Mening mulkim" — "Chastnaya sobstvennost", "Sogʻlom avlod", "Savdogar" va b.) ham chiqadi.