4-ilova O’QUV MATERIALINI SLAYDLI TAQDIMOTI Axborot resurslari maqsadga mos axborotni olish uchun tashkil etilgan ma’lumotlar yig‘indisidir. Kutubxonabibliografiya resurslari—kutubxonalar oldida turgan vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot, moddiy-texnik va xodimlar bazasi.
Axborot-bibliografiya resurslari jamiyatning va axborot iste’molchilarining talablarini qondirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, faktlar va boshqalar haqidagi turli xil manbalar bo‘lib, kutubxonalarda va axborot markazlarida saqlanayotgan an’anaviy va mashinada o‘qiladigan axborot tashuvchilar (har xil kataloglar va kartotekalar, ma’lumotlar banki va bazasi hamda axborotga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiluvchi intellektual va moddiy kuchlardan iborat.
Bu resurslarning eng muhim axborot mahsuloti axborot tizimlarining harakati natijasida yuzaga kelgan hujjatlar, axborot massivi, ma’lumotlar bazasi va axborot xizmatidir. Bibliografik mahsulot —axborot mahsulotining bibliografik axborot, ya’ni bibliografik yozuvlar bilan ta’minlangan turi.
5-ilova
O’quv topshiriq 1. Axborot resurslari nima?
2. Bibliografik mahsulot xaqida tushuncha bering.
3. Kutubxona bibliografiya resurslari nimalardan iborat?
4. Axborot-bibliografiya resurslari tarkibini nimalar tashkil etadi?
6-ilova
Ko’rsatkichlar
Baholar mezoni
“5” A”lo
Belgilangan savolning mohiyatini to’liq ochib bera olish,mustaqil fikr yuritish,berilgan muammolarni mustaqil yecha olish,qo’yilgan topshiriqlarni to’liq bajarish ,xulosa chiqarish.
“4” Yaxshi
Belgilangan savolning mohiyatini bilish,masala mohiyatini tushunish,to’liq yechishga harakat qilish,muammolar yechimi bo’yicha o’z fikr-mulohazasiga ega bo’lish.
“3” Qoniqarli
Belgilangan savolning mohiyatini tushunish,usullarni amaliy qo’llay olish,muammolarni 60% gacha yecha olish,topshiriqlarni qisman bajarish.
“2” Qoniqarsiz
Tushunchaga ega bo’lishlik,mavzularni bayon etmaslik ,topshiriqlarni bajarmaslik.