Paxtaobod pedagogika kolleji



Yüklə 13,8 Mb.
səhifə143/240
tarix18.09.2023
ölçüsü13,8 Mb.
#145136
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   240
biblografiya Xudoyberdiyeva 08.02

Kelgusi mashg’ulot Shaxslarga oid bibliografik ko‘rsakich tuzish


23-mavzu: Bibliografik qo’llanmalar
Reja:
1. Bibliografik qo’llanmalar haqida umumiy tushuncha.
2. Davlat bibliografik ko’rsatkichi va maxsus bibliografik ko’rsatkichlari
3. Bibliografik qo‘llanmalarni tuzish dasturini ishlab chiqish
Bibliografik qo‘llanmalar ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra boshqa mahsulotlardan ajralib turadi va ularga nisbatan keng qamrovli va katta hajmga ega. Shunga ko‘ra maxsus va davlat bibliografiyasining turlari tayyorlanadi. Davlat bibliografik ko‘rsatkichlari davlat hisobini olib boradi. Maxsus bibliografik qo‘llanmalar ilmiyyordamchi, kasbiy-ishlab chiqarishga oid, tavsiya xarakterida bo‘ladi. Nashriyotchilik va kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari nashrdan chiqadigan yangi adabiyotlar yoki nashr etilgan asarlar va kitob savdosi tizimlarida mavjud adabiyotlar haqidagi axborotdan iborat bo‘ladi. Berilayotgan materiallarning mazmuniga ko‘ra bibliografik qo‘llanmalar quyidagi turlarga ajratiladi: universal, ko‘p tarmoqli, mavzuli, shaxsga oid, mamlakatshunoslik, o‘lkashunoslik.
Yirik axborot-kutubxona markazlari tomonidan bibliografik qo‘llanmalar nashr etishning va tarqatishning keskin darajada kamayib ketganligi, aniq kitobxonlar guruhiga mo‘ljallangan qo‘llanmalarning kamligi, tor mavzuga oid maxsus bibliografik qo‘llanmalarning tuzilmay qo‘yilganligi va boshqa moddiy-iqtisodiy qiyinchiliklar sababli ko‘pgina kutubxonalar tayyor bibliografik qo‘llanmalardan foydalanish bilan birga o‘zlari ham bibliografik qo‘llanmalar va ko‘rsatkichlar tuzadilar. Kichik kutubxonalar, asosan, tavsiyaviy bibliografik qo‘llanmalar va ko‘rsatkichlarni tuzadi hamda tarqatadi. Ularning maqsadi kitobxonlarga mustaqil bilim olishda yordam berish, axborotga bo‘lgan talabini qondirish, kitobxonlarga professional bilim olishda, uni oshirib borishda, qayta malaka oshirishda yordam berishdan iborat. Bu ishni amalga oshirish uchun ular bibliografiyalash qoidalarini va texnologiyasini bilishlari zarur.
Bibliografik qo‘llanmalarni tuzish dasturini ishlab chiqish bosqichining maqsadi—kitobxonlik guruhini aniqlashdan iborat. Bunda quyidagi vazifalar bajariladi: mavzuni tanlash va o‘rganish; shunga oid adabiyotlarning fondda mavjudligini aniqlash; bibliografik tanlashning mezonlarini aniqlash (nashr turlari, ularning to‘liqligi, mavzuli va xronologik chegarasi); bibliografik qo‘llanmaning turi va janrini belgilash.
Qo‘llanmaning mavzusi turli xil aspektlarda o‘rganiladi: uning dolzarbligi, yangiligi, unga kitobxonlar qiziqishi va munosabati, adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, kutubxona imkoniyatiga muvofiqligi. Òuzuvchilar masalaning mohiyatini to‘la anglab olishlari uchun kitoblarga, jurnal va gazetalarga, mavzuga oid turli xil to‘plamlarga murojaat qiladilar. Muntazam ravishda shu sohaga oid olimlarning, mutaxassislarning asarlarini o‘rganib borishlari zarur. Bu esa mavzuni to‘g‘ ri va to‘la ochib berishga, har qanday hujjatni to‘g‘ri tavsiya qilishga olib keladi.
Mavzu o‘rganib chiqilgandan so‘ng qo‘llanmaning rejasi ishlab chiqiladi. Bunda tayyorlash jarayoni, bo‘limlari, har bir bo‘limda material berishning tartibi, hujjatlarni joylashtirish prinsiðlari, yordamchi apparatlar, ularning tartibi, foydalanish uchun manbalar ko‘rsatiladi.
Matbuot asarlarini aniqlash va bibliografik qidirish bosqichining vazifasi—tanlangan mavzuga oid adabiyotlarning (agar u vaqtincha mavjud bo‘lmasa, bibliografik yozuvlarning) kutubxonada mavjudligini aniqlashdan iborat. Agar mavjud bo‘lmasa uning sababi o‘rganiladi. Òuzuvchi mavzuga oid ma’lumot beruvchi hamma manbalarni ko‘rib chiqadi: kataloglar, kartotekalar, bibliografik ro‘yxatlar, boshqa bibliografik nashrlar, ko‘rsatkichlar, sharhlar, mutaxassislikka oid jurnallardagi ro‘yxatlar va boshqalar. Ulardan kutubxonada mavjud hujjatlarning bibliografik ma’lumotlari tanlab olinadi va mahalliy nashrlar haqidagi ma’lumotlar qo‘shiladi. Ba’zan yangi adabiyotlardagi, o‘quv qo‘llanmalaridagi, ko‘p tarmoqli, tarmoqli, mavzuli bibliografik ko‘rsatkichlardagi, „Kitob dunyosi“ gazetasidagi ro‘yxatlar ham ko‘rib chiqiladi va mavzu uchun moslari tanlab qo‘shiladi.
Qo‘llanmalar mazmunini o‘rganish bibliografik yozuvlarni, bo‘limlarga berilgan kirish va tushuntirish matnlari, bo‘limlar va bo‘limchalarni ko‘rib chiqish jarayoni bilan tugaydi. Qo‘llanmada adabiyotlarga berilgan annotatsiyalarni ham diqqat bilan ko‘rib chiqish, ularning qay darajada asar mazmunini yoritib berganiga e’tiborni qaratish kerak. Qo‘llanmaning mazmuniga ko‘ra shu sohaga oid mutaxassislarning fikrini bilish ham muhim ahamiyatga ega.


Yüklə 13,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin