Mashg`ulot yakuni 1.Mavzuni har bir rejasiga umumiy xulosa qiladi.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifa beradi: 2.Kelgusi mashg’ulot “Beruniy va bibliografiya“ mavzusi bilan tanishtirib , uyga vazifa beradi.( 8-ilova ).
Tinglaydilar,
savollar beradilar
Vazifani yozib oladilar.
Guruhda o’tilgan mavzu bo’yicha baholash mezoni.
Ko’rsatkichlar
Maks baho
baholar
5
4
3
2
O’tilgan mavzu yuzasidan faolliklari
5
Faol ishtiroki
Nofaol
Qisman
Umuman ishtirok etmadi
1-ilova O’qitish natijasi
1. O’rta Osiyoda bibliografiyaning paydo bo’lishi ahamiyati bilan tanishadilar ;
2. O’rta asr sharqidagi yirik kutubxonalarni aytib beradilar.
2-ilova O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarni baholash va ko’rsatkichlar
T/R
Mezonlar
Baho
1.
Olgan bilimlarni ishlab chiqarishdan qo’llay oladigan ,ushbu fanni boshqa fanlar bilan bog’lay oladigan mustaqil ish va vazifalarni to’liq bajargan va yangilik kiritishga intilgan ,har jihatdan boshqa o’quvchilarga o’rnak bo’ladigan.
5
2.
O’quv ko’rgazmali qurollardan foydalana oladigan ,olgan bilimlarni amaliyotda qo’’laydigan ,mustaqil fikrlay oladigan ,olgan bilimlarni tushuntirib bera oladigan.
4
3.
Darslarda 95 % gacha qatnashgan ,ma’ruza matnini yozgan,o’quv qurollari to’liq bo’lgan adabiyotlardan foydalanishni bilgan.
3
4.
Ta’lim standartilarida belgilangan bilim,ko’nikmalarni 55 % dan kam o’zlashtirgan o’quvchilar.
2
3-ilova Aqliy xujum savollari 1. Axborot rеsurslari haqida tushuncha.
2. Axborot rеsurslarining elеktron shakllari.
3. Ma’lumotlar bazasi haqida tushuncha.
4-ilova O’quv topshirig’i:
1-guruh uchun savol Axborot rеsurslarining elеktron shakllari necha xil bo’lindi?
2-guruh uchun savol Elеktron axborot rеsurslari bilan ishlash, axborotlarni qidirish deb nimaga aytiladi?
3-guruh uchun savol Elektron lug'atlar, ma'lumotnomalar, entsiklopediyalar deb nimaga aytiladi?
5-ilova O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlari
№
Savollarga javob beradi va misol keltiradi
5
Savollarga javob beradi,misollar keltirmaydi
4
Savollarga qisman javob beradi
3
Umuman ishtirok etmaydi
2
Jami
5
1
2
3
6-ilova YANGI MASHG’ULOTNING SLAYDLI TAQDIMOTI! O‘rta Osiyoda ma’naviyat va madaniyat, ilm-fan uzoq tarixga ega. O‘rta Osiyo bibliografiyasi o‘rta asrlar davrida paydo bo‘ldi. O‘rta asr Sharqida arab xalifaligiga birlashgan xalqlar madaniyati va fani rivojlandi. Ko‘pmillatlilik xarakteriga ega arab madaniyati dunyoning deyarli katta qismini egallab oldi. 996-yilda vafot etgan, tug‘ilgan yili noma’lum xalifa Al-Azizning 200 ming kitob fondiga ega o‘z kutubxonasi bo‘lgan. O‘sha paytda Yevropa kutubxonalari fondi bundan anchagina kam edi. IX asrdagi Konstansa kutubxonasi esa 356 jild kitob fondiga ega bo‘lgan. Yevropada qog‘oz yo‘qligi sababligina kutubxona o‘z davrining yirik kutubxonasi hisoblangan, chunki papirus ishlab chiqarish imkoniyati yo‘q, pergament esa juda qimmat material edi.
VII—IX asrga kelib mumtoz arab kitobi madaniyati shakllandi. X asrda ustozdan shogirdga og‘zaki nutq orqali bilim berish shakli pasaya boshladi. Kitobning mustaqil bilim olish vositasi sifatidagi roli oshdi. O‘rta Osiyo arab adabiyoti, asosan, qo‘lyozma kitoblardan iborat bo‘lib, kitob an’analarini saqlab qolishning birdan bir yo‘li kitobni ko‘chirib yozishdan iborat bo‘lib qoldi. Qo‘lyozma kitoblar uzoq va mashaqqatli mehnat mahsuli bo‘lib, u maxsus bilimni talab qilar, chevar qo‘llar ostida u san’at asari darajasiga yetar edi. Samarqandda Sharqda mashhur bo‘lgan qog‘oz ishlab chiqarila boshlandi. Bu qog‘oz tekis, yumshoq, yaltiroq ko‘rinishda va fil suyagi rangida bo‘lgan. Uning bahosi uyg‘onish davri Yevropasida mashhur va qimmat bo‘lgan.
Kitobni ko‘chirib yozish yakunida badiiy bezash ishlari bajarilgan. XI asrdan boshlab kitob illustratsiyasi paydo bo‘ldi. Kitoblar, asosan, shogirdlar tomonidan havaskorlik yo‘lida va malakali ko‘chirilgan. Ular ta’lim olish davomida savod chiqarish bilan birga, matnni o‘qish, izohlash, yod olish bilan mashg‘ul bo‘lganlar, o‘quv adabiyotlarni majburan ko‘chirganlar. Bu esa musulmon dunyosida kitoblarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Arab yozuvidagi adabiyotlarni yig‘ish va uning takomillashib borishi bevosita yozuvning taraqqiyoti va ayrim asarlar nusxalarining ko‘payishi bilan bog‘liq.
O‘rta asrlarda kutubxonalar rivojlandi va ilm-fan hamda san’at bilan shug‘ullanishga imkoniyat kengaydi. Òabiiy-ilmiy va gumanitar fanlar rivojlanib, madaniyat darajasi o‘sdi. Ayniqsa, Somoniylar va Òemuriylar davrida kutubxonachilik ishi taraqqiy topdi. Saroy kutubxonalari fan uchun xazina bo‘lgan, ularda diniy kitoblar, matematika, astronomiya, tarix, huquq, geografiyaga oid adabiyotlar bo‘lgan. Somoniylar davlatida buyuk olimlar va shoirlar ijod etdi. Bu davrda Ibn Sino o‘z yoshlik yillarini o‘tkazdi, Rudakiy va Daqiqiy, Firdavsiy va Narshaxiylar ijod qildilar.
Narshaxiy yagona „Buxoro tarixi“ asarini yozdi. Bu asar O‘rta Osiyoning iqtisodiy va madaniy markazi bo‘lgan bir shaharning tarixi haqidagi ensiklopediya edi. Ibn Sino Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur saroyidagi kutubxonadan foydalandi. Olim bu haqda shunday deb yozadi: „Men bir necha xonalardan iborat kutubxonaga kirdim, har bir xonada kitoblarga to‘ldirilgan sandiqlar bor edi.
O‘rta Osiyoning ko‘pgina shaharlarida bir yo‘la bir necha kutubxona faoliyat ko‘rsatdi. O‘rta asr Sharqidagi yirik kutubxonalarda mavjud adabiyotlarni bibliografik ro‘yxatga va hisobga olib borish ehtiyoji paydo bo‘lgan. Shu maqsadda hozirgi kataloglar ko‘rinishiga yaqin bilim sohalari bo‘yicha kitoblar ro‘yxati tuzilgan. Musulmon dunyosidagi adabiyotlarni sistemalashtirish va joylashtirishda, ularning katalogini tuzishda va birinchi bibliografik ishlarda tarixiy-iyerarxik prinsið qo‘llanilgan. Bu fanlarning tarixan tarmoqlanishi tartibiga va o‘rta asr jamiyatida qanday baholanishiga qarab belgilangan. Masalan, bizgacha birinchi manba sifatida yetib kelgan Sobur binni Arshid katalogida mavzuli rubrikalar quyidagi tartibda berilgan: Qur’on turlarining ro‘yxati, Qur’on sharhlari va uni o‘qishning turli uslublari, sig‘inish, namoz o‘qish, merosning bo‘linishi, qonunchilik maktablari, xudojo‘ylik, munozara-bahslar, payg‘ambarlar avlodlarining kitoblari va ular haqidagi kitoblar, genealogiya, filologiya, maqollar, grammatika, etimologiya, afsonalar, she’riy to‘plamlar, latifalar, tarix, xatlar, tibbiyot, astronomiya, falsafa, geometriya va boshqalar.