PowerPoint dasturi MicrosoftОffice dasturlar to`plamiga kiruvchi dastur hisoblanib, taqdimot yaratish va namoyish qilish uchun ishlatiladi. Bu dastur o`zida matnlar (so`zlar), rasmlar, animatsiya effektlari, ovoz, videokliplar va h.k.lardan iborat bo`lgan slaydlar hosil qilish imkoniyatini beradi.
Prezentatsiya(Taqdimot) deb, ixtiyoriy soha bo`yicha ilgari surilgan fikrning himoyasida ishlatiladigan ko`rgazmalar va tushuntirishlarga, yangi ishlab chiqilgan mahsulot bilan tanishtirishga aytiladi. Prezentatsiyaga misol sifatida diplom himoyasini, reklama roligini, biznes-plan himoyasini va hokazolarni ko`rish mumkin.
Taqdimot keng ma`noda qo`llaniladi. Hozirgi vaqtda konferentsiyalar prezentatsiya sifatida o`tkazilmoqda.
Taqdimot tayyorlash uchun tanlab olingan mavzu bo`yicha material to`planadi va shu materiallar asosida komp`yuterda tayyorlanadi hamda keng ekranda ko`rsatish uchun videoproyektordan foydalaniladi.
Taqdimotni komp`yuterda tayyorlashda Microsoft Power Point dasturini ishlatish mumkin.
Prezentatsiya (Taqdimot)– namoyish ma`nosini beradi va biror bir xizmat yoki mahsulotning namoyishini anglatadi. Taqdimot bir yoki bir nechta ketma-ket slaydlardan tashkil topadi.
Slayd – bu matn yoki grafika joylashtirilgan varaq.
Power Point dasturini «Пуск» «Программы» «Microsoft Ofifice» «Microsoft Office Power Point 2003» menyusini tanlash bilan ishga tushirish mumkin.
Bu dastur ham Microsoft Office dasturlar to`plamining bоshqа dаsturlаri singаri ko`rinishgа egа bo`lib, menyular qatori, аsbоblаr pаnеli, slаydning ko`rinishidаn ibоrаt.
4.33-rаsm. Power Point dаsturi oynasining tuzilishi.
4.33-rasmgaizoh. Oyna sarlovhasida dastur va prezentatsiya nomi ko`rsatiladi.
Power Point oynasi tugmalari. 3-Tayyor shablonlar.