Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 9 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 167 September, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal KIRISH Pedagogik texnologiya o'zida quyidagi o'ziga xos xususiyatlami namoyon
etadi:
1)
Pedagogik
texnologiya
pedagogik
jarayonnni
takomillashtirish,
optimallashtirishga bo‟lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi. 2).Pedagogik
texnologiya didaktik, tarbiyaviy xarakterdagi ta‟lim-tarbiya jarayonini samarali,
mahoratli tarzda tashkil etishga oid nazariy va amaliy bilimlar majmui, metodologik
fan sifatida namoyon bo‟ladi. 3).Pedagogik texnologiya ta‟lim-tarbiya jarayonining
umumiy mohiyatini aks ettiruvchi yaxlit jarayondir. 4). Pedagogik texnologiya
yo‟naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya'ni, u shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash,
shakllantirish uchun xizmat qiladi. 5). Pedagogik texnologiya - shaxsiylik
xususiyatiga ega bo‟lib, muayyan texnologiyalarni ta‟lim-tarbiya jarayonida
qo‟llashga nisbatan yagona, qatiiy, me‟yoriy (standart) talablar qo‟yilmaydi.6). Har
bir pedagog u faoliyat olib yuritayotgan ta‟lim-tarbiya muhitining xususiyatlari,
mavjud ichki va tashqi shart-sharoitlarini inobatga olgan holda muayyan texnologik
yondashuvni amalga oshirish imkoniyatiga ega. 7). Pedagogik texnologiya o'zida
ta‟lim, tarbiya va shaxs taraqqiyoti (kamolot) birligini ifoda etadi [
Ro'ziyeva D. 2019, -
B.43.].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Garchi "Pedagogik texnologiya" nazariyasi g‟oyalarining asoslanganiga qariyb
bir asr bo'lgan bo'lsa, o'quv fani sifatida respublika oliy ta‟lim muassalarida
o'qitilayotganiga unchalik ko'p vaqt bo'lgani yo‟q. “Pedagogik texnologiya” fani
amaliy-pedagogik fan sifatida o'tgan asrning 90-yillarida shakllandi. U amaliy-
pedagogik fan sifatida to'la ravishda “Pedagogika” poydevoriga tayanadi va
pedagogik metodologiyada o'z o‟rnini aniq belgilaydi” [Подкасистого И. 2002. -
С.18.] Bugungi kunda fan asoslari o'zida eng ilg‟or pedagogik qarashlaning dinamik
rivojini aks ettiradi. O'tgan vaqt ichida ta‟lim jarayoniga texnologik yondashuvning
nazariy-metodologik asoslari o'rganildi, ta‟lim va tarbiya jarayonini texnologik
yondashuv asosida tashkil etish natijalari tahlil qilinib, muayyan xulosalarga kelindi.
Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasining uzluksiz ta‟lim tizimiga ham
ilg‟or pedagogik texnologiyalami faol tatbiq etishga e‟tibor qaratilib, bu borada
sezilarli yutuqlarga ham erishildi.
Pedagogik texnologiya nazariyasi o‟tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab
asoslanib kelinayotgan bo‟lsada, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga
msbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan, pedagog olim
V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tadbiq
qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta‟riflaydi