Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 9 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
169
September, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
shaxsiy, uskunali va metodologik vositalaming tizimli yig‟indisi va ularning amal
qilish tartibi (M.V.Klarin); - ta‟lim jarayoniga nisbatan o‟ziga xos yondashuv; -
ijtimoiy-muhandislik tafakkurining pedagogik ifodasi,
texnokratik ongning
pedagogikaga ko'chirilgan tasviri, ta‟lim jarayonining muayyan standard
(B.L.Farberman); - didaktik maqsad, talab etilgan o'zlashtirish darajasiga erishish,
ta‟lim jarayonini avvaldan loyihalashtirish (U.N.Nishonaliyev);
- pedagogning
o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchilarga muayyan sharoit va izchillikda
ta‟sir ko'rsatishi va mazkur faoliyatning mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan
sifatlarni shakllantirish jarayoni (N.Saidahmedov); - muayyan vaziyatlarda pedagogik
masalalarni yechishning optimal usuli (A.Kushnir); - kutilayotgan natijaga erishish
jarayonining tavsifi (I.P. Volkov). Rivojlangan mamlakatlar ta‟lim
tizimida shaxs
ijtimoiylashuvini ta‟minlovchi yetakchi omil sifatida ta‟lim jarayoni e‟tirof etilsa, biz
shaxsning shakllanishida talim hamda tarbiya jarayoni birdek ahamiyatga ega
ekanligiga urg‟u beramiz. Aksariyat hollarda esa tarbiya jarayoni bu borada ustuvor
bo'lishi lozim, chunki o'zida axloqiy xislatlarni namoyon eta olgan shaxsgina ijtimoiy
munosabatlami tashkil etish jarayonida ular mazmunining ijobiy xususiyat kasb
etishini taminlaydi, axloqli insongina ta‟lim (bilim)ni qadrlay oladi, zero, axloqning
asosiy kategoriyalaridan ham bilimlilik sanaladi, degan g‟oyani ilgari suramiz.
Shunday ekan, bu o‟rinda “pedagogik texnologiya‟ tushunchasining qo‟llanilishi,
shuningdek, asosiy e‟tiborni faqat ta‟lim jarayonini samarali
tashkil etishgagina
qaratmay, balki ham ta‟lim, ham tarbiya jarayonining samaradorligini ta‟minlashga
birdek qaratish lozimdir.
“Ta‟lim texnologiyasi” tushunchasi “ta‟lim metodikasi” tushunchasiga nisbatan
kengdir. Ta‟lim metodi - o'quv jarayonining majmuaviy vazifalarini yechishga
yo‟naltirilgan pedagog va o'quvchilaming birgalikdagi faoliyati usuli. Ta‟lim
texnologiyasi - ta‟lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya‟ni,
avvaldan loyihalashtirilgan ta‟lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich
amalga
oshirish, aniq maqsadga erishish yo‟lida muayyan metod, usul va vositalar
tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta‟lim jarayonini
yuqori darajada boshqarish sifatida qaralib kelingan. Lug‟aviy jihatdan “ta‟lim
texnologiyasi” tushunchasi (ing. “An educational technology”) - ta‟lim jarayonini
yuksak mahorat, san‟at darajasida tashkil etishga doir ma‟lumotlar
beruvchi fan,
ta‟limot ma‟nosini anglatadi.
Pedagogik texnologiya masalalarini tadqiq etishda ham
umumiy ilmivpedagogik tadqiqot metodlari faol qo‟llaniladi [
Inovatov U., Mushmov A.,
Usmonbovev M., Inog„omova U. 2012.- B.64-68.].
Shuni aytib o'tish
joizki, ayni vaqtda ta‟lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy-