Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 9 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 171 September, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal bilan keng ko‟lamli ijtimoiy jarayonlar va shart-sharoitlar o‟rtasidagi; 2) pedagogik
jarayonning tarkibiy qismlari o'rtasidagi (ichki aloqadorlik); 3) o‟qitish, ta‟lim,
tarbiya va shaxs rivoji o‟rtasidagi; 4) tarbiya va o‟z-o‟zini tarbiyalash jarayonlari
o‟rtasidagi; 5) pedagogik rahbarlik va ta‟lim oluvchilarning mustaqil faoliyati
o‟rtasidagi; 6) barcha tarbiya sub‟ektlariga tarbiyaviy ta'sir ko‟rsatish jarayoni
o‟rtasidagi; 7) pedagogik topshiriq, ta‟lim (tarbiya) mazmuni, metodlari, vositalari va
pedagogik jarayonning tashkiliy shakllari o‟rtasidagi. Yuqorida ko‟rsatilgan omillar
o‟rtasidagi aloqalarni tahlil qilish natijasida pedagogik texnologiya asoslarini
o‟qitishning qonuniyatlari aniqlanadi. Ular quyidagilardir: Birinchi qonuniyat.
Texnologik mazmunga ega pedagogik jarayon yaxlit holda jamiyat hayotining
ijtimoiy, qtisodiy va madaniy sohalarida ro‟y berayotgan o‟zgarishlar natijasida har
tomonlama rivojlangan, mustaqil fikrlovchi, zamonaviy texnika va texnologiyalar
bilan bevosita ishlay oladiganmutaxassisni tayyorlash borasidagi ehtiyoji bilan
shartlanadi. Ikkinchi qonuniyat. Pedagogik-texnologik jarayon samaradorligi bevosita
moddiy, ruhiy, ijtimoiy-axloqiy, gigiynik va estetik shart-sharoitlarga bevosita
bog‟liq. Uchinchi qonuniyat. Pedagogik jarayonda ta‟lim, tarbiya va shaxs rivoji,
shuningdek,
o‟z-o‟zini
qayta
tarbiyalash,
pedagogik
rahbarlik
va
tarbiyalanuvchilarning mustaqilligi bir-biri bilan aloqador va o‟zaro bog‟liq bo‟ladi.
To‟rtinchi qonuniyat. Amaliy jihatdan pedagogik jarayon samaradorligini uning
ishtirokchilari tomonidan ta‟lim va tarbiya sohasida tashkil qilinadigan faoliyatlari
birligi hal qiladi. Beshinchi qonuniyat. Pedagogik texnologiya vazifalarming ijobiy
yechimi magistrlaming yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek,
jamoaning rivoji darajasi bilan belgilanadi. Oltinchi qonuniyat. Ta‟lim (tarbiya)
jarayonining mazmuni vazifalarni aniq belgilash asosida shakllantiriladi. Yettinchi
qonuniyat. Ta‟lim (tarbiya) metod va vositalari ta‟limiy (tarbiyaviy) topshinqlar va
mavjud vaziyatlar mazmun dan kelib chiqib tanlanadi. Sakkizinchi qonuniyat.
Pedagogik jarayonni tashkil qilish shakllari pedagogik faoliyat vazifalari, mazmuni,
tanlangan metod va vositalari asosida belgilanadi. To‟qqizinchi qonuniyat. Ma‟lum
sharoitda ajratilgan vaqt bo‟yicha pedagogik jarayonga doir barcha ichki va tashqi
o'zaro aloqadorliklaming bir butun, yaxlit holda inobatga olinishi eng yuqori
natijalarga erishishni ta‟minlaydi. O‟ninchi qonuniyat. Ta‟lim jarayonida pedagog va
magistr, tarbiya jarayonida esa tarbiyachi hamda tarbiyalanuvchi o‟rtasida ob‟ektiv
qonunlarga asoslangan qayta aloqa mavjud bo‟ladi. O‟n birinchi qonuniyat.
Pedagogik jarayonda kutilgan natijaga o‟zaro aloqadorlik asosida belgilangan
vazifalar, ta‟lim (tarbiya) mazmuni, shakli, metod va
vositalarining maqsadga to‟la mos kelgandagina erishiladi.