Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 9 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 168 September, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal hamda asosiy diqqatni o‟quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi
[Беспалько В.Г. 1989. - С.6.]. N.F.Talizina esa pedagogik texnologiyani “fan va
amaliyot oralig‟ida muayyan tamoyillarni olg‟a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi,
ularni izchil qo‟llash kabi masalalarni hal etishga yo‟naltirgan mustaqil fan”
[Талызина Н.Ф. 1984.
-С.13.
] bo‟lishi lozimligini qayd etadi va h.k. So'nggi o‟n
yilliklar davomida nutqimizda “pedagogik texnologiya”, “zamonaviy pedagogik
texnologiya”, “o‟qitish texnologiyasi” kabi tushunchalar keng qo‟llanilmoqda.
Aksariyat pedagoglar “ta‟lim texnologiyasi” va “pedagogik texnologiya”
tushunchalari mazmunan bir ma‟noni anglatishini aytadi. Bunday yondashuv u qadar
to'g‟ri emas. Zero, yuqorida qayd etib o‟tilganidek, ta‟lim jarayonini
texnologiyalashtirish g‟oyasi dastlab G‟arbiy Yevropa va AQSHda shakllangan.
Ularda “Pedagogika” fani mavjud emas, shu bois “pedagogik faoliyat”, “pedagogik
texnologiya” tushunchasi ham iste‟molda yo‟q. Ushbu mamlakatlarda shaxsga ilmiy
bilimlarni berish jarayoni “ta‟lim jarayoni” sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar
berish, uning ma‟lumotini oshirish, ta‟lim samaradorligini ta‟minlashga xizmat
qiluvchi fanlar majmui “Metodika” deb yuritiladi. Metodika fanlarini o'qitishda
asosiy e‟tibor ta'lim sifatini yaxshilash, uning samaradorligini ta'minlashga qaratiladi.
O'zbekiston Respublikasi ta‟lim amaliyotida o‟qitilib kelinayotgan “Pedagogika”
fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini ta‟minlashga yo'naltirilgan
ta‟limiy va tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish jarayonining mazmunidan iborat. Ya‟ni,
shaxs kamoloti ta‟limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining natijasi sifatida namoyon
bo‟ladi.