PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 4 – SON / 2022 - YIL / 15 - DEKABR
www.bestpublication.org
255
tomondan, axborot olish mexanizmining zamonaviy texnologiyalar sharoitiga to„g„ri
kelmasligidir.
Hozirgi kunda fuqarolarning axborot olish bilan bog„liq huquqlari to„laligicha
zamonaviy elektron tizimga o„tkazilmagani bir qator muammolarni va qiyinchiliklarni
keltirib chiqarmoqda. Bu kamchiliklar, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi davrida yaqqol
sezildi. Fuqarolar o„zlariga kerakli bo„lgan ma‟lumotlarni masofadan turib ola
olmaganligi tufayli ayrim sohalarda juda katta muammolar vujudga keldi. Xususan,
pandemiya davrida ishsizlik avj olgan paytlarda ishsiz sifatida ro„yxatdan o„tish,
ijtimoiy yordam olish masalalarida masofadan turib axborot olishning imkoni yo„qligi
aholining katta qismida hukumatga nisbatan norozilik kayfiyatini shakllantirdi.
Bundan tashqari, pandemiya asoratlariga qarshi kurashish, ijtimoiy yordamga muhtoj
aholini iste‟mol tovarlari bilan ta‟minlash, qo„shimcha kasalxona va izolatsiya uchun
maxsus xonalarni qayta konstruktsiyalash, eng so„nggi preparatlar, kerakli tibbiy
jihozlar bilan kasalxonalarni jihozlash uchun yillar davomida xalqimizning tinimsiz va
og„ir mehnatlari bilan jamg„arilgan davlat budjeti mablag„lari, ijtimoiy fondlar va
jamg„armalar
mablag„larini
maqsadli
sarflanishi
haqidagi
axborotning
ochiqlanmaganligi ham keyinroq juda katta ommaviy noroziliklarga sabab bo„ldi.
Bizning yurtimizda shu davrgacha qabul qilingan ikkita axborot olish huquqini
kafolatlovchi asosiy qonun mavjud. Bulardan birinchisi O„zbekiston Respublikasining
“Axborot olish kafolatlari va erkinliklari to„g„risida”gi 1997-yil 24-apreldagi Qonuni
bo„lib, unda fuqarolarning Konstitutsiyamizning 29-moddasida belgilangan “har kim
o„zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish”
19
huquqini kafolatlaydi va uni
amalga oshirish mexnizmini qisman belgilaydi. Ikkinchi qonun esa O„zbekiston
Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to„g„risida”gi Qonuni
bo„lib, unda Konstitutsiyamizning 30-moddasida “O„zbekiston Respublikasining barcha
davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning
huquq va manfaatlariga daxldor bo„lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan
tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim”
20
deb belgilangan fuqarolarning
davlat organlari va tashkilotlaridan axborotni so„rab olish huquqi bilan bog„liq
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Konstitutsiyamizning 30-moddasida belgilangan fuqarolarning davlat organlari,
idoralari, jamoat birlashma va tashkilotlaridan o„zlarining manfaatlariga daxldor
axborotni olish huquqini hozirgi texnologiyalar asrida ta‟minlashning ham bir qancha
usul va vositalari mavjud. Avvalo, ushbu huquqni mustahkamlagan O„zbekiston
Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to„g„risida”gi Qonuniga
binoan fuqarolar o„z manfaatlariga daxldor bo„lgan axborotni davlat idora va
tashkilotlaridan, vazirlik, qo„mitalardan, ma‟muriy organlari, jamoat birlashmalari,
19
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/671/0093-son. URL:
https://lex.uz/docs/-20596
20
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/671/0093-son. URL:
https://lex.uz/docs/-20596