PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI
4 – SON / 2022 - YIL / 15 - DEKABR
www.bestpublication.org
254
ENSURING THE RIGHT TO INFORMATION IN THE CONTEXT OF DIGITAL
TECHNOLOGIES IN UZBEKISTAN: PROBLEMS AND SOLUTIONS
Annotation:
Human rights are divided into natural, personal, political, economic,
social and other groups. The right to receive information should be included in the group
of natural rights. Article 29 of the Constitution of the Republic of Uzbekistan
guarantees the right of "everyone to seek, receive and distribute the information he
wants." Article 30 states that
citizens can request documents, decisions and other
materials related to their rights and interests from all state bodies, public associations
and officials. In this article, we present the shortcomings,
loopholes in the legislation,
problems related to the malfunctioning mechanism in ensuring the right to information
provided for in Article 30 of our Constitution, and offer some solutions based on foreign
experience.
Key words:
right to information, mechanism, FOI (Freedom Of Information),
modern technologies
Dunyodagi har bir davlatda fuqarolarning erkin axborot olish huquqlarini tartibga
solishga qaratilgan muayyan qonunchilik hujjatlari tizimi shakllangan. Bu qonunchilik
asosini, albatta, Konstitutsiyalar tashkil etadi. Deyarli barcha mamlakatlarda milliy
Konstitutsiyalarda inson va fuqarolarning huquqlari va
erkinliklari uchun maxsus
bo„lim hamda boblar ajratilgan bo„lib, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va
erkinliklari joriy qonunlarda o„z aksini topgan. Xususan, O„zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlarida ham fuqarolarning axborot olish huquqi kafolatlangan.
Axborot olish, uni qayta ishlash, undan foydalanish va uni tarqatish bilan bog„liq
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan
qonun va qonunosti normativ
hujjatlar ayni shu qonunchilik tizimini tashkil etadi. Ayni shu qonunchilik tizimi
asosida yaratilgan mexanizm fuqarolarning axborotga bo„lgan huquqlari, O„zbekiston
Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat
birlashmalari va mansabdor
shaxslaridan o„zlarining huquq va manfaatlariga daxldor bo„lgan hujjatlar, qarorlar va
boshqa materiallardan iborat axborot bilan tanishib chiqish, ularni olish, saqlash va
tartqatishdan iborat huquqlarini hech qanday muammo va to„siqlarsiz
amalga
oshirishini ta‟minlashi kerak. Hozirgi kunda texnologiyalarning jadal suratda
rivojlanishi natijasida axborot oqimining hajmi va uning tarqatuvchilari soni ortib
borishi, bundan tashqari, hukumatning ham raqamli
hukumatga aylantirilishi
natijasida fuqarolarning o„z manfaatlariga daxldor bo„lgan ma‟lumotlarni olishini
hamda ularning ishonchli axborotga bo„lgan huquqlarini cheklamoqda. Elektron
hukumatning vujudga kelishi bilan fuqarolarning shaxsiy ma‟lumotlari hamda boshqa
axborotlardan foydlanish birmuncha qulay bo„lgan bo„lsa, umumjamoa manfaatlariga
daxldor bo„lgan boshqa axborotlarni olish hamda ulardan foydalanish muammoligicha
qolmoqda.
Buning sabablari, bir tomondan, qonunchilikdagi bo„shliqlar bo„lsa, ikkinchi