PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 4 – SON / 2022 - YIL / 15 - DEKABR
www.bestpublication.org
257
muddatlardan
tashqari,
yana
bir
muammolardan
biri
axborotlarning
guruhlanmaganidir. O„zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash
to„g„risi”dagi, “Bank siri to„g„risi”dagi, “Tijorat siri to„g„risi”dagi qonunlarida hamda
boshqa qonun va qonunosti normativ hujjatlarda maxfiy tutilishi lozim bo„lgan
ma‟lumotlarga ta‟rif beriladi va ular himoya qilinishi belgilanadi. Lekin
mamlakatimizda axborotlarni maxfiy yoki oshkor qilinishi mumkin bo„lgan alohida
guruhlarga ajratib ko„rsatgan qonun hujjati mavjud emas. Bu bir jihatdan fuqarolarga
qiyinchilik tug„dirishi aniq. Har bir fuqaro davlat siri, tijorat siri, bank siri yoki shaxsga
doir ma‟lumotlar nima ekanini bilishi uchun muayyan qonunlar mavjudligi va ular bilan
tanishib chiqish zarurligini bilmaydi. Fuqarolar davlat organlari yoki tashkilotlariga
muayyan axborotni so„rab murojaat qilganida ularga bu axborot “davlat siri” boshqa
hollarda “shaxsga doir” axborot ekani aytiladi. Shuning uchun ham axborotlarni ularni
olish imkoniyatidan kelib chiqib aniq guruhlarga ajratuvchi alohida qonun hujjati
yaratilishini taklif etamiz.
Keyingi asosiy muammolardan biri – fuqarolarning axborot olish huquqlari va
erkinliklari buzilganligi uchun javobgarlikning aniq belgilanmagaligi hisoblanadi.
O„zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to„g„risida”gi
Qonuni 16-moddasiga ko„ra ushbu qonunda belgilangan normalarni
buzganlikda aybdor deb topilgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi belgilangan . Lekin
javobgarlikning fuqaroviy, ma‟muriy yoki jinoiy javobgarlik ekanligi ushbu qonun bilan
aniq belgilanmagan. Boshqa qonun hujjatlarida ham (xususan, ma‟muriy hamda jinoiy
javobgarlikni belgilovchi kodekslarimizda) axborot olish huquqi buzilishi bilan bog„liq
javobgarlik masalasi hal etilmagan. Ko„plab xorijiy davlatlarda, jumladan, Hindiston
Federativ Respublikasining 2005-yilgi “Axborot erkinligi to„g„risida”gi qonuniniga
binoan (V bob, 20-band) ma'lumot olish uchun jo„natilgan arizani qonunchilikda
ko„rsatilgan muddatda qabul qilishdan bosh tortganlik yoki ma'lumotni taqdim
etmaganlik yoki ma'lumotni bila turib noto„g„ri, to„liq bo„lmagan holda berganlik yoki
ma'lumotni taqdim etishga har qanday tarzda to„sqinlik qilganlik uchun ariza kelib
tushgan kundan e‟tiboran ma‟lumotlar to„liq taqdim etilgunga qadar har kuni ikki yuz
ellik rupiya (
₹
250) miqdorida jarima hisoblanishi hamda jarima miqdori yigirma besh
ming rupiyadan (
₹
25 000) oshmasligi kerakligi belgilangan
22
. Bu kabi qonunchilikda
axborot olish huquqining buzilishiga nisbatan belgilangan to„g„ridan-to„g„ri javobgarlik
masalasi davlat organi va tashkilotlarning mas‟ul xodimlarini axborot so„rovlariga
nisbatan jiddiyroq munosabatda bo„lishga undaydi. Xuddi shu kabi milliy
qonunchiligimizga ham fuqarolarning axborot olish huquqlarini amalga oshirishlariga
har qanday to„sqinlik qilgan hamda qonunda belgilangan muddatlarda qonun bilan
cheklanmagan axborotni bermagan mansabdor shaxs yoki shunga mas‟ul bo„lgan
22
THE RIGHT TO INFORMATION ACT, 2005 No. 22 of 2005 // MINISTRY OF LAW AND JUSTICE. Access mode:
https://rti.gov.in/rti-act.pdf