PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 4 – SON / 2022 - YIL / 15 - DEKABR
www.bestpublication.org
256
korxonalar, muassasalar, fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari va mansabdor
shaxslardan so„rab olish huquqiga ega, so„ralayotgan axborot qonun bilan tarqatilishi
cheklanmagan yoki taqiqlanmagan bo„lishi lozim. Ushbu qonundagi asosiy kamchilik
so„rovga javob berish muddatida, ya‟ni qonunning 6-moddasiga ko„ra, so„rov kelib
tushgach, o„n besh kunlik muddatda javob qaytarish lozim. Lekin hozirgi texnologiyalar
sharoitida bu muddat juda ham ko„p hisoblanadi. Bu norma fuqarolarning axborot
olishga bo„lgan huquqlarini sun‟iy ravishda cheklashi mumkin. Norma ijodkori bu
qonunni ishlab chiqishda o„z manfaatlaridan kelib chiqib yondoshgani seziladi.
Xususan, ushbu moddaning davomida, agar so„ralgan axborot ushbu tashkilotda
bo„lmasa, yetti kunlik muddatda bu haqida so„rovchini ogohlantirishi lozim. Bu muddat
ham hozirgi texnologiyalar sharoitida ko„p hisoblanadi.
Axborotlarni raqamli ko„rinishga o„tkazib, undan foydalanishni osonlashtirish
jarayonida barcha axborot shartli ravishda uch guruhga ajratilishi lozim. Uning birinchi
guruhiga –
kirish cheklangan ma’lumotlar , ya‟ni davlat sirlari va boshqa sirlar. Bunday
axborotga kirish qat‟iy cheklanishi lozim va ruxsatsiz kirishga uringanlik javobgarlik
keltirib chiqarishi belgilanishi lozim. Ikkinchi guruhga –
ommaviy kirish ruxsat etilgan axborotlar ni kiritishimiz mumkin. Bu kabi axborotlar ma‟muriy organlar tomonidn
tinimsiz ravishda uzatilib borilishi va omma bundan uzluksiz xabardor bo„lib borishi
lozim bo„lgan axborotlarni o„z ichiga olishi kerak. Har qanday shaxs ushbu
ma‟lumotlarni hech qanday to„siqlarsiz olish imkoni yaratilishi shart. Bu kabi
axborotlarga davlat organlari va mansabdor shaxslarning vakolatlari, ma‟muriy
hujjatlar, qaror, farmon va idoraviy hujjatlar, respublika hamda mahalliy budjet
mablag„larining sarflanishi va boshqalarni qamrab olgan axborotlarni kiritishimiz
mumkin. Uchinchi guruhga – faqat so„rov bo„yicha so„rovchiga kirishga ruxsat
etiladigan axborotlar, ya‟ni muayyan subyektgagina tegishli ma‟lumotlarni kiritish
lozim. Biz so„z yuritayotgan uchinchi guruh axborotlarni huquqshunos olim Gunin
Dmitriy Igorevich “axborot siri” deb atashni taklif etadi. Bu haqida, “Axborot siri –
faqat bitta shaxsga yoki qat‟iy cheklangan odamlar doirasiga ma'lum bo„lgan
ma‟lumotlarning holati tushuniladi”
21
deb yozadi. Bunday axborotlarni olishga, uni
qayta ishlashga va foydalanishga faqat o„sha cheklangan doiragina haqli hisoblanadi.
Bu guruh axborotlarga shaxsga doir ma‟lumotlar, shaxsiy va jamoaviy sir, tadbirkorlik,
biznes siri, bank siri va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Bu kabi axborotlarga axborot
egasining shaxsini tasdiqlash orqaligina kirish imkoniyatini yaratuvchi texnologiyalarni
joriy etish lozim. Hozirgi kunda yurtimizda mavjud shunday tizimlar sifatida “one-id”,
“mobile-id” “ERI” hamda “ID-karta” tizimlarini misol keltirishimiz mumkin. Yuqorida
keltirganimiz axborot guruhlaridan ikkinchi va uchinchi guruhga kiritilgan axborotlarni
olishdagi muammolar va ularning yechimlarini ko„rib chiqamiz. Dastlab,
qonunchilikdagi muammolarni davom ettirsak. Axborotni taqdim etishdagi
21
Гунин Д. И. Транспарентность и тайна информации: теоретико-правовой аспект //Библиотека МОО «Информация для
всех» [Электронный ресурс].–2013.– Режим доступа: http://www. ifap. ru/library/index. htm. – 2008. – Т. 6.