Pedagog respublika ilmiy jurnali


PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI



Yüklə 128,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix13.12.2023
ölçüsü128,89 Kb.
#176089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Abduraximov Shoxrux Shuxratjon o‘g‘li

PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 
4 – SON / 2022 - YIL / 15 - DEKABR 
www.bestpublication.org
 
260 
kirish imkonsiz bo‘lib qoladi
"
26
. CADA sobiq rahbari Mishel Puybasset esa yuqoridagi 
muammolarga yana organlar Fransiyaning Ma‟muriy hujjatlar haqidagi akti ularga 
tegishli ekanligini tan olmasligini hamda so„rovga javob berishda haddan tashqari 
kechikishishini (organlarning 80 foizi belgilangan muddatda javob bermaydi) 
qo„shimcha qiladi. 
Ushbu muammolarni tahlil qiladigan bo„lsak, asosiy muammo Angliyada maxsus 
vakolatli organning (Axborot komissari) yetarli darajada moliyaviy ta‟minlanmagani va 
qonunchilikdagi bo„shliqlar bo„lsa, Fransiyada esa qonunchilikdagi istisno va 
noaniqliklar hamda maxsus vakolatli organning (CADA) chiqargan qarorlari despozitiv 
xarakterga ega ekanligi bo„lib chiqmoqda. Shularni hisobga olgan holda, 
Respublikamizda fuqarolarning axborot olish huquqlarini ta‟minlovchi maxsus 
vakolatli organ – Axborot ombudsmani lavozimini joriy qilishimiz o„rinli bo„ladi. Ushbu 
organning asosiy vazifalari: fuqarolarning axborot olish huquqlarini amalga oshirishi 
bilan bog„liq munosabatlarda fuqarolarga huquqiy yordam berish, ularning axborot 
olish huquqlari mazmuni nimada iborat ekani, uning chegarasi qayergacha 
belgilangaligi, bu huquqni amalga oshirish usul va uslublari haqida aholi o„rtasida 
targ„ibot o„tkazish orqali fuqarolarning huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirishga 
ko„maklashish, axborot olish huquqi buzilganda da‟vogar sifatida fuqarolarning axborot 
olish huquqlarini tiklash va boshqalar bo„lishi lozim. Angliya va Fransiyadagi shu kabi 
tashkilotlardagi kamchiliklarga yo„l qo„ymaslik uchun ushbu tashkilot moliyaviy 
jihatdan yuqori darajada ta‟minlanishi lozim. Bundan tashqari, u Prezident huzurida 
tashkil etilsa, uning maqomi va boshqa organlarg nisbatan ta‟siri sezilarli darajada 
yuqori bo„ladi. Bundan tashqari, Angliya hukumatining masofadan ishlashga o„tgani va 
WhatsApp ijtimoiy tarmog„ida avtomatik yo„q bo„luvchi xabarlardan foydalanishi ham 
fuqarolarda ularga nisbatan shubha uyg„otadi. Buning uchun hukumat a‟zolariga 
xususiy bo„lmagan maxsus masofadan ishlash imkonini beruvchi tarmoqlar yaratishimiz 
ham zamon talabidir. 
Yuqoridagilarni umumlashtirib, fuqarolarning axborot olish huquqini 
ta‟minlashning quyidagi bosqichlardan iborat mexanizmini taklif qilamiz: 
1)
Fuqarolarning axborot olishga bo„lgan ehtiyojlarining vujudga kelishi; 
2)
Axborot olish jarayonida vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
solishga qaratilgan normalarni ishlab chiqish; 
3)
Axborot ishlab chiqaruvchi, uni tarqatuvchi, axborotni oluvchi hamda 
boshqa axborot olish jarayoni subyektlari o„rtasidagi munosabatlar; 
4)
Axborot olish huquqining buzilishi (faqatgina buzilgan hollarda); 
5)
Axborot olish huquqini buzgan subyektlarga javobgarlikning belgilanishi 
(faqatgina buzilgan hollarda); 
26
French. 
International 
focus 
// 
Article. 
URL: 
https://www.ucl.ac.uk/constitution-unit/research/research-archive/foi-
archive/international-focus/france 



Yüklə 128,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin