Pedagog respublika ilmiy jurnali


PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI



Yüklə 128,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix13.12.2023
ölçüsü128,89 Kb.
#176089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Abduraximov Shoxrux Shuxratjon o‘g‘li

PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 
4 – SON / 2022 - YIL / 15 - DEKABR 
www.bestpublication.org
 
258 
xodimga nisbatan jarima jazosi yoxud shu singari huquqiy ta‟sir chorasini qo„llashni 
kiritishimiz lozim. 
Keyingi asosiy muammaolardan biri fuqarolarning axborot olish huquqlarini 
amalga oshirishi bilan bog„liq munosabatlarda fuqarolarga huquqiy yordam berishni, 
ularning axborot olish huquqlari mazmuni nimada iborat ekani, uning chegarasi 
qayergacha belgilangaligi, bu huquqni amalga oshirish usul va uslublari haqida aholi 
o„rtasida targ„ibot o„tkazish orqali fuqarolarning huquqiy ong va madaniyatini 
yuksaltiruvchi, axborot olish huquqi buzilganda da‟vogar sifatida maydonga chiquvchi 
maxsus vakolatli organning mavjud emasligidir. Bu borada ham xorijiy davlatlar 
tajribasiga qaraydigan bo„lsak, Angliyada fuqarolarning davlat organlariga axborot 
so„rovi yuborish orqali muayyan hujjatlar, voqea va hodisalar haqida ma‟lumot olish 
huquqini ta‟minlovchi Axborot komissar organi joriy etilgan va bu lavozimda bir shaxs 
15 yildan ortiq ishlashi mumkin emas. Bu organ butun mamlakat hududida 
fuqarolarning so„rovi bo„yicha axborot taqdim etilishini ta‟minlaydi, bu borada ularga 
amaliy yordam ko„ratadi hamda davlat organlarini bu yo„nalishda baholab boradi. 
Fransiyada ham 1978-yil 17-iyuldagi “Ma'muriy hujjatlardan erkin foydalanish 
to„g„risida”gi 78-753-sonli qonunidan keyin CADA (Comissia d'Acces aux Documents 
Administratifs) deb ataladigan komissiya – mustaqil ma'muriy organ tashkil topdi. Agar 
ma'muriyat fuqarolarning so„rovi bo„yicha hujjatni taqdim etishni rad etsa, CADA 
fuqaro va ma'muriyat tomonlarini tinglashi va keyin o„z maslahatini berishi mumkin
lekin CADA ning maslahati majburiy xarakterga ega emas. Germaniyada ham Axborot 
erkinligi bo„yicha Federal Komissar lavozimi joriy etilgan. Uning roli federal 
institutlarning axborot amaliyotini nazorat qilish va ombudsman sifatida jamoatchilik 
vakillarining shikoyatlarini ko„rib chiqishdan iborat. Bundan tashqari, har bir shtatning 
o„z komissari mavjud. Ushbu komissar yevropaning boshqa davlatlaridan farqli o„laroq 
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga katta ta'sir ko„rsata oladi. AQSh da esa 
axborot olish bo„yicha yuborilgan so„rovning natijalarini FOIA (Freedom Of 
Information Act) agentliklari kuzatib boradi. Chili davlatining bu boradagi yutug„i 
fuqarolarning ochiq axborotdan foydalanish huquqini kafolatlovchi, axborot olish 
huquqi bilan bog„liq qonunchilik ijrosini ta‟minlash va fuqarolarning axborot olish bilan 
bog„liq huquqlari buzilganda jazo choralarini qo„llash vakolatiga ega bo„lgan avtonom 
tashkilot – Oshkoralik kengashining tashkil etilgani deyishimiz mumkin
23
. Meksika 
davlatida ham Ommaviy Axborotga kirish Federal Instituti (IFAI) mustaqil organi 
mavjud bo„lib, boshqa davlatlardagi shu kabi tashkilotlardan o„zining axborot olish 
huquqini ta‟minlanishiga to„sqinlik qilgan davlat organi va mansabdorlariga moddiy
intizomiy va ma‟muriy sanksiyalar qo„llash vakolati bilan ajralib turadi. Osiyo 
davlatlari ichida Yaponiyada ham fuqarolarning axborot olish huquqlarini amalga 
oshirilishini nazorat qiluvchi Ichki ishlar va Kommunikatsiyalar vazirligi tarkibida 
tashkil etilgan mustaqil
 
organ – Tekshiruv kengashi mavjud, lekin uning ham chiqargan 
23
 http://www.diariooficial.cl/actualidad/20ulle/20285.html 



Yüklə 128,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin