13. IV. TALABALARNING KUNDALIK BAJARGAN ISHLARI QOIDALARI bo‘limi bo‘yicha talaba tomonidan qilinadigan ishlar: Ushbu bo‘limda xar kuni talaba tomonidan qilingan ishlar tartib raqami bilan qayd etilishi shart. O‘tkazilgan ishlarning bayonnomasi daftarga to‘ldirilib boriladi. Amaliyotga borilgan xar kunlik ishlar albatta qayd etilishi shart
14. V. TALABALAR TOMONIDAN O‘TKAZILGAN TADBIRLAR bo‘limi bo‘yicha talaba tomonidan qilinadigan ishlar: Ushbu jadval bo‘yicha talaba amaliyot davomida maktabda o‘tkazilgan barcha turdagi tadbirlarni qayd etib boradi. Qayd etilgan xar bir tadbirning bayonnoma ko‘rinishi daftarga qayd etilishi shart. Xar xaftada talaba mashg‘ulot o‘tkazadigan yoki unga biriktirilgan sinf bilan kamida bir dona tadbir o‘tkazishi va bayonnomada qayd etishi shart.
15. VIII. O‘QUV DARSLARI BO‘YICHA SINFDAN TASHQARI O‘TKAZILGAN TARBIYAVIY ISHLAR bo‘limi bo‘yicha talaba tomonidan qilinadigan ishlar:Ushbu bo‘lim bo‘yicha talaba maktabda o‘ziga biriktirilgan sinf yoki boshqa sinflar bilan o‘tkazilgantarbiyaviy ishlarni sanasi bo‘yicha qisqacha qayd etib boradi. Tadbir bo‘yicha bayonnoma shaklidagi kengaytirilgan mazmuni daftarga xuddi shu sana bo‘yicha yozib boriladi
YUqorida qayd etilgan barcha boshqaruv xujjatlari belgilangan miqdorda maktab muxri bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart. Ushbu xujjatlar belgilangan tartibda 96-varaqli umumiy daftarga to‘ldiriladi.