Pedagogik fikr taraqqiyotida o'qituvchi kasbining mahorati hamda burch va mas'uliyatlari”



Yüklə 91,52 Kb.
səhifə6/7
tarix26.06.2023
ölçüsü91,52 Kb.
#135128
1   2   3   4   5   6   7
2 mavzu ppt

Nutq qobiliyati

  • nutq yordamida, shuningdek, imo-ishora vositasida o’z fikr va tuyg’ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati bu o’qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir.
  • O’qituvchining nutqi darsda hamisha o’quvchilarga qaratilgan bo’ladi. O’qituvchi Yangi saboqni tushuntirayotgan, o’quvchining javobini tahlil qilayotgan yoki tanqid qilayotgan bo’lsa ham uning nutqi hamisha o’zining ichki kuchi, ishonchi, o’z gapirayotgan narsasiga qiziqqanligi bilan ajralib turadi. Fikrning ifodasi o’quvchilar uchun aniq, soda, tushunarli bo’ladi.

Tashkilotchilik qobiliyati

  • birinchidan o’quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal qilishga ruhlantirishni, ikkinchidan, o’z ishini to’g’ri uyushtirishni nazarda tutadi.
  • O’z ishini tashkil etish deganda ishni rejalashtira olish, uni nazorat qila bilish nazarda tutiladi. Tajribali o’qituvchilarda vaqtni o’ziga xos his etish, ishni vaqtga qarab taqsimlay olish, belgilangan muddatda ulgurish xususiyati hosil bo’ladi. Dars davomida kutilmaganda ortiqcha vaqt sarflash hollari ba’zan uchrab turadi. Ammo, tajribali o’qituvchi zarur hollarda darsning rejasini o’zgartira oladi.

Obro’ orttira olish qobiliyati

  • o’quvchilarga bevosita emotsional-irodaviy ta’sir etish va shu asosda obro’ qozona olish demakdir. Obro’ faqat shu asosdagina emas, balki o’quvchi fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatliligi va hokazolar asosida ham qozoniladi. Bu qobiliyat o’qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir yig’indisiga, chunonchi uning irodaviy sifatlari (dalilligi, chidamliligi, qat’iyligi, talabchanligi va hokazolar) ga, shuningdek, o’quvchilarga ta’lim hamda tarbiya berish mas’uliyatini his etishga, o’zining haq ekanligiga eshonishga, bu ishonchni o’quvchilarga etkazib berish kabilarga ham bog’liq.
  • O’quvchilar qo’pollik qilmaydigan, qo’rqitmaydigan, to’g’ri talab qo’ya oladigan o’qituvchini juda hurmat qiladilar. O’qituvchining bo’shangligi, laqmaligi, savodsizligi va irodasizligini yoqtirmaydilar

Yüklə 91,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin