oilaviy munosabatlar va mas’uliyat, jamiyat rivojidagi ishtiroki, ijtimoiy foydali mehnat qilishi. Iqtisodiy va huquqiy ko’nikmalarga ega bo’lish.
7. O’z ustida ishlashi
jismoniy, ma’naviy, intellektual jihatdan o’z-o’zini rivojlantirib borishi. Xissiyotini boshqarish.
Kvalifikatsiya va kompetentsiyaning o’zaro munosabati
Kvalifikatsiya va kompetentsiyaning o’zaro munosabati
Kvalifikatsiya- potentsial faoliyatda bilim va ko’nikmaning namoyon bo’lish.
Kompetentsiya-bilim, ko’nikma, malaka, qadriyat, boshqa shaxsiy sifatlar, ijobiy natijalarni faoliyatda ko’rinishi.
O’quvchi
Bilim
Tushunish
Qo’llash
Tahlil qilish
Umumlashtirish
Boholash
Munosabat bildirish
Pedagogik faoliyat, mahorat va qobiliyat. Pedagogik faoliyat –
bu yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish uchun maxsus tayyorlangan mutaxassislarning mehnat faoliyati. Ta’lim muassasalarida o’qituvchi-murabbiylarning faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan.
Har bir o’quvchi o’z xulq-atvoriga, xarakteriga ega. O’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda ularning ana shu o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish va o’rganish nihoyatda muhimdir. Pedagogik faoliyat jarayonida o’qituvchi yoshlarning ana shunday xususiyatlarini bilishlari lozim. O’qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning kasbiy tavsifnomasida ifodalanadi, ular quyidagicha: o’qituvchi shaxsining xususiyatlari; o’qituvchining ruhiy-jismoniy tayyorgarligi; maxsus pedagogik tayyorgarlikning hajmi va mazmuni; ixtisoslikka oid metodik tayyorgarlik mazmuni.
Pedagogik mahorat.
O’qituvchi muvaffaqiyatli ishlashi uchun pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli o’qituvchilardagina pedagogik mahorat bo’lishi mumkin.