o’quvchilarga muomalali holda yaqinlasha olish, ular bilan muomala odobiga oid pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o’zaro munosabatlar o’rnata bilish, o’qituvchida pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi.
Kelajakni ko’ra bilish
o’z harakatlarining oqibatini ko’ra bilishi, o’quvchining kelgusida qanday mutaxassis bo’lishini tasavvur qila olishi, o’quvchida qanday insoniy fazilatlarni yanada taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib bera olishda ifodalanadi. Bu qobiliyat pedagogik mahoratga, tajribaga hamda tarbiyaning qudratiga bog’liqdir.
diqqatni ayni bir paytda taqsimlash qobiliyati o’qituvchilik uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi saboqni bayon qilish mazmuni va formasini, o’z fikrini (yoki o’quvchining fikrini) diqqat bilan kuzatadi, ayni paytda barcha o’quvchilarni ko’rib turadi, toliqish, e’tiborsizlik, tushunmaslik alomatlarini hushyorlik bilan kuzatadi. Intizomsizlik hollarini e’tibordan qochirmaydi, nihoyat o’z xatti-harakatlarini ham kuzatib boradi. Tajribasiz o’qituvchi ko’pincha saboqni bayon qilishga berilib ketib, o’quvchilarni e’tibordan chetda qoldiradi, nazorat qilmay qo’yadi, bordi-yu o’quvchilarni diqqat bilan kuzatishga harakat qilsa, fikr kalavasini yo’qotadi.
Академик қобилиятли
маданиятли
ижодкор, ташаббускор
Педагогик техникаси
Касб билимдонлиги
коммуникативлик лаёқатли
Ташкилотчи
Инсонпарвар
Дидактик қобилиятли
ЗАМОНАВИЙ ЎҚИТУВЧИ- ҚИЁФАСИДАГИ ФАЗИЛАТЛАР