Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 36,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü36,77 Kb.
#199167
1   2   3   4
pedagogik-ilmiy-tadqiqot-metodlari

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1285-1288 
Academic Research, Uzbekistan
1286
www.ares.uz
 
aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayondlarning umumiy aloqasi, 
ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, 
intellektual jihatdan takomilashtirib borishini ta'minlashi, qarama-qarshiliklarning 
shaxs 
kamolotini 
ta'minlashdagi 
o'rni 
va 
roli, 
shuningdek, 
dialektika 
kategoriyalarining ahamiyatini e'tirof etadi. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga 
oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, 
tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo'lgan jarayon bo'lib, uning 
samarali bo'lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir: 
1) muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi; 
2) ilmiy farazlarning to'g'ri shakllantirilganligi; 
3) vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to’g’ri belgilanganligi; 
4) tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan ob'ektiv yondashuv; 
5) tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, 
psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining 
to’g’ri hisobga olinganligi; 
6) tadqiqot natijalarini oldindan tashhislash va uning natijalarini bashoratlash; 
7) tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi. 
ADABIYOTLAR TAXLILI VА МЕТODOLOGIYA
Zamonaviy ta'limga xos muhim jihatlardan biri – pedagog faoliyatining 
innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy 
mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish 
masalasi o'tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o'rganila boshlagan. Xususan, 
X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, 
R.Edem, F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.KanKalik, 
N.V.Kuzmina hamda V.A.Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan 
ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, 
innovatsion g'oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy 
mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabardor 
qilish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy 
harakatlar mazmuni yoritilgan. 
Zamonaviy sharoitda pedagogik yo'nalishda tadqiqotlarni olib borishda 
quyidagi metodlardan foydalanilmoqda. 

Yüklə 36,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin