Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyоrlash va ularning malakasini


O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə10/144
tarix03.12.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#172028
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   144
41010107 - Tashishni tashkil etish

O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni

20

Dasturning maqsadi

Chizmalarni davlat standartlari talabiga muvofiq bajarish va texnik chizmalarni o‘qish, geometrik chizmachilik, geometrik sirtlarni aksonometrik proyeksiyalarini yasash, proyeksion chizmachilik, texnik rasmlar chizish, usullari va yig‘ish chizmalarining zamonaviy texnik vositalaridan foydalangan xolda chizishni o‘rgatish.

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

Texnikaviy chizmachilik fani o‘quvchilarga texnikaviy g‘oyalarni chizmalar vositasida bayon etishni, shuningdek berilgan chizmalar orqali texnik buyumlarni ishlash prinsiplarini tushunishni va konstruktorlik xujjatlarini rasmiylashtirishning asosiy qoidalarini o‘rgatadi.
Chizmalarga qarab to‘liq fikr yuritish, ularni ishlab chiqarish xujjatlari sifatida bilish, Texnikaviy chizmachilikdan yetarli bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish, tegishli mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha barcha texnik fanlarni mukammal o‘rganish, chizmalarni to‘g‘ri chizish va uni o‘qishni bilish.

Bilimlar

  • masshtab va o‘lchamlar;

  • nuqtani proyeksiyasi va tekisliklar;

  • aksonometrik proyeksiya turlari;

  • geometrik jismlarni tekislik bilan kesishuvi;

  • tekis shakl va geometrik jismlarning rasmlari;

  • mashinasozlik chizmalarida tasvirlar;

  • ko‘rinishlar, qirqimlar va kesimlar;

  • ajraladigan va ajralmaydigan birikma turlari va chizmalari;

  • rezbalarni tasvirlash;

  • detallarning eskizini bajarish usullari;

  • yig‘ish chizmasi uning vazifasi va ishlab chiqarishdagi o‘rni;

  • yig‘ish chizmalariga spetsifikatsiyalar tuzish;

  • mutaxassislik bo‘yicha chizmalar.

Ko‘nikmalar

  • chizmalarni chizish texnikasiga ega bo‘lish;

  • chizmalarni Davlat standartlari (*DS va KHUM) talablariga muvofiq bajarish;

  • geometrik sirtlarning proyeksiyalarini tasavvur qila bilish;

  • detallarni aksonometrik proyeksiyalarini yasash;

  • detallarni ichki qismlarini qirqim va kesimlarda ko‘rsatib berish;

  • ajraladigan va ajralmaydigan birikmalarni chizish;

  • mashina detallarini eskizlarini chizish;

  • buyum yig‘ish chizmalarni chizish;

  • mutaxassislik chizmalarni chizish va ularni o‘qiy olish


Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin