O‘quvchilar diplom oldi amaliyotda avtomobil va avtomobil agregat xamda mexanizmlariga tashxislash qo‘yish, texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta'mirlash ishlarini mustaqil bajarish ko‘nikma va malakasini shakllantiradilar.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
O‘quvchilar diplom oldi amaliyotda;
-avtomobilni umumiy tekshirish va tashxislash ishlarini bajarish, kunlik texnik xizmat ko‘rsatish, birinchi texnik xizmat ko‘rsatish, ikkinchi texnik xizmat ko‘rsatish, joriy ta'mirlash postlarida, ishlab chiqarish uchastkalarida (bo‘limlarida) ishlarini bajarish, avtokorxona xavfsizlik texnikasi, mehnat muhofazasi, yong‘in xavfsizligi, atrof-muhit muhofazasi va sanitariya gigieniya qoidalarini o‘rganish va roiya qilishni mustaqil bajarish ko‘nikma va malakasiga zamin yaratiladi.
Bilimlar
avtomobil, dvigatel, agregat va mexanizmlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlashda xavfsizlik texnikasi qoidalarini;
avtomobil, dvigatel, agregat va mexanizmlarning nosozlik va buzuqliklarini, ularni sodir bo‘lish sabablarini aniqlash, bartaraf etish yo‘l-yo‘riqlari;
avtomobil va dvigatellarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash texnologik jarayoni hamda ishni tashkil qilish usullarini;
TXK(texnik xizmat ko‘rsatish) va ta'mirlash hamda tashxislash jarayonida foydalaniladigan asbob uskunalar va moslamalarni, ularni ishlash tartibini va foydalanish qoidalarini;
TXK va tashxislashda me'yoriy ko‘rsatkichlar va texnikaviy hujjatlarni;
avtomobillar va ehtiyot qismlarni saqlashni tashkil etishni.
yengil avtomobillarga TXK korxonalari, ATXKK (STOA)da TXK va ta'mirlash texnologik jarayonini tashkil etishni;
avtotransport va yengil avtomobillarga TXK korxonalarining zona, ta'mirlash xonalarini loyihalash asoslarini bilishi.
Ko‘nikmalar
xavfsizlik texnikasiga amal qilishni;
avtomobilni umumiy tekshirish va tashxislashni;
dvigatel, sovitish, moylash tizimini tekshirish, tashxislash,ta'mirlash, nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishni;
ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatmani tashxislash, ta'mirlash, nosozliklarni aniqlash va ularga TXK va ta'mirlashni;
orqa ko‘prik, oldingi ko‘prik, yurish qismi, boshqarish mexanizmlarni ta'mirlash, nosozliklarini aniqlash,TXK va ta'mirlash ishlarini bajarishni;
tahminlash tizimi va elektr jihozlarni tekshirish, ta'mirlash, nosozliklarini aniqlash, TXK va ta'mirlash ishlarini bajarishni;