Pedagogik jarayonni loyihalashtirish va ularning funksiyalari


Muammoli ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko’rinishga ega



Yüklə 34,84 Kb.
səhifə5/7
tarix03.04.2023
ölçüsü34,84 Kb.
#92684
1   2   3   4   5   6   7
Maktabgacha talim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni loyihal

Muammoli ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko’rinishga ega.
1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish.
2. Muammoning qo’yilishi.
3. Muammoning yechimini topish.
Muammoli vaziyatni o’quv mashg’ulotlarining barchasida shakllantirish mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko’p shakllantirish o’qituvchiga bog’liq. Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u o’quvchilar diqqatini bir joyga (muammoga) qaratadi va o’quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o’rgatadi.
Muammoli ta’lim o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o’quvchilarning faol, mustaqil faoliyati natijasida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi.
Muammoli o’qitish jarayonida beriladigan topshiriqlar o’quvchilarga tadqiqiy, evristik, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo’yicha topshiriqlar beriladi.Bunda:
• nostandart masalalarni tuzish bo’yicha;
• shakllantirilmagan savol bilan;
• ortiqcha ma’lumotlar bilan;
• o’zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish;
• yo’riqnomalardan foydalanmasdan qandaydir ob’ekt mohiyatini bayon etish;
• olingan natijalarni qo’llash chegaralarini va darajalarini aniqlash;
• hodisaning namoyon bo’lish mexanizmini aniqlash;
• «bir lahzada» topish kabi topshiriqlarni berish mumkin.
Muammoli vaziyatlarda yechimga kelishning algoritmi quyidagi tartibda amalga oshiriladi Muammoni qo’yish, ma’lumotlar fondini to’plash, qayta ishlash, yechim modelini aniqlash, qo’shimcha ma’lumotlar to’plash va ularni tanlangan yechim modelida aks ettirish, yangi ma’lumotlar va yechim modeli o’rtasidagi zidlikni aniqlash, zidlikni yechimini topish, yangi yechim modelini yaratishdan iboratdir.
Tarbiyachi bugungi mashg’ulotning samaradorligini ta’minlash uchun tarbiyalanuvchilar qanday qoidalarga amal qilishi lozimligini so’raydi. Mashg’ulotning samaradorligini ta’minlash uchun quyidagi qoidalarga amal qilinishi tavsiya etiladi:
gapni bo’lmaslik;
bir-birini eshita bilish;
bir-birini tinglay olish ko’nikmasi;
navbat bilan gapirish ko’nikmasi:
qo’l ko’tarish qoidasiga amal qilish;
sabr-toqatli bo’lish, o’zaro hurmat.
Faoliyatni muammoli tarzda tashkil etish uchun birinchi galda tarbiyalanuvchilari fikr yuritishga, fikrlarini erkin bayon etishga, tanqidiy munosabat bildirishga tayyor bo’lishi lozim. Buning uchun qo’yiladigan muammolarga bog’liq bo’lgan tushunchalar yuzaga chiqariladi. So’ngra muammoga aniqlik kiritilib, ma’lum xulosalar chiqariladi. Bu jarayon fikr-mulohazalarda ifodalanadi . Muammoni hal etish bosqichida o’quvchi-talabalarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida bu jarayonni shartli ravishda quyidagi uch bosqichga ajratish mumkin:

    • Aniqlash bosqichi;

    • Anglash bosqichi;

    • Fikrlash bosqichi.

Birinchi, aniqlash bosqichida bolalarda mavjud bo’lgan tushunchalar aniqlab olinadi va ularning diqqati muammoga jalb qilinadi. Aniqlash bosqichini tashkil etish uchun quyidagi savollardan unumli foydalanish mumkin: Bu haqda qanday ma’lumotlarga egasiz? Bu xususda nimani bilishni xohlaysiz? Nima uchun bu muhim?
Ikkinchi, anglash bosqichida asosiy maqsad o’qish jarayonining dinamikasini ta’minlash, yangi o’quv ma’lumotlarini o’zlashtirishdan iborat. Bunda qo’yilgan muammoni mohiyatini anglab yetish va hal etish nazarda tutiladi. Ushbu bosqichda ta’limning turli faol usullaridan foydalanish yaxshi samara beradi.


Yüklə 34,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin