Kurs ishining maqsadi:
Maktabgacha taʼlimda Pedagogik jarayonni loyihalashtirish va ularningfunksiyalari mavzusi adabiyotlarini tahlil qilib yoritib berish.
Kurs ishining vazifalari:
Maktabgacha taʼlimda Pedagogik jarayonni o’qitish muammoli taʼlimning samarali turlari.
Maktabgacha ta’limda muammoli taʼlim texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari.
Maktabgacha taʼlimda muammoni qoʻyish darajalari va hal etish bosqichlari.
Maktabgacha taʼlimda muammoli taʼlim mohiyati.Muammoli vaziyat.
Kurs ishining obyekti:
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari.
Kurs ishining predmeti:
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida muammoli taʼlimni tashkil etish bosqichlarini loyihalashtirish.
Kurs ishining nazariy asoslari:
O’rganilgan malumotlarimiz asosida falsafiy,maxsus hamda pedagogik-psixalogik ilmiy nazariy adabiyatlarni tahlil natijasida maktabgacha talim tashkilotlarida muammoli taʼlimni hal etish va tashkil etish natijasida bolalarni aqliy, jismoniy,psixalogik xususiyatlarini rivojlantirish.
Kurs ishining amaliy asoslari:
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida muammoli taʼlimni tashkil etish bosqichlari orqali bolalarga yangi bilimlar berish,nutqini rivojlantirish, lugʻat boyligini oshirish, jismoniy faolligini shakllantirish,bolani soğligi va kayfiyatini yaxshilash.
Kurs ishining tuzilishi:
Kurs ishi kirish, 2 bob har bir bobda 2 paragrafdan iborat, xulosa va tavsiyalar,foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
I.Bob. Ta'lim jarayonida loyihalashtirishning mazmun va mohiyati.
1.1.Pedagogik jarayonini loyihalashtirish haqida umumiy tushuncha va undagi muammoli vaziyatlarni o'rganish.
Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin olish uchun ma’naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o’zgartirish, ularning bilim va ma’naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko’tarish zarur.
Bugun jamiyat maktab oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo’ydi.
Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta’lim texnologiyasi etakchi o’rinni egallaydi.
Muammoli ta’lim – bu mantiqiy fikrlash operatsiyasi (tahlil, umumlashtirish) va talabalarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta’lim va o’qitishning ilgari ma’lum bo’lgan usullarini qo’llashi qoidalarining yangi tizimidir. Shuning uchun ham muammoli ta’lim ko’proq talaba fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e’tiqodining shakllanishini ta’minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holga muammoli ta’lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta’lim bo’lib qoladi.
Muammoli o’qitish amerikalik faylasuv, psixolog va pedagog Dj.Dionning nazariy qoidalariga asoslanadi va XX asrning 20-30 yillarida tarqala boshladi.
Didaktikada muammoli o’qitish yangi yo’nalish sifatida XX asrning 70-80 yillarida yuzaga keldi. A.M. Matoshkin, T.V. Kudryashv, M.I.Maxmutov, I.Ya. Lernerlar muammoli o’qitish qonuniyatlarini chuqur o’rgandilar.
Bugungi kunda, muammoli o’qitish deganda mashg’ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni echishga qaratilgan talabalarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida talabalar kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar hamda fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Muammoli ta’lim o’qitishning eng samarali usulidir. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, talabani uni echishga yo’naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o’qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo’lishi-individual holat bo’lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.
Muammoli ta’lim nazariyasi talaba intellektual kuchining rivojlantiruvchi ta’limni tashkil qilishning psixologik-pedagogik yo’llari va usullarini tushuntiradi.
Muammoli ta’limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog’liq:
O’quv materialini muammolashtirish;
Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish;
Ta’lim jarayonini o’yin, mehnat faoliyati bilan uyg’unlashtirish;
O’qituvchi (pedagog) tomonidan muammoli metodlardan o’z o’rnida samarali foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lish;
Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish.
Muammoli ta’lim – bu talabalar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy usuli bo’lib, insonning bilish va amaliy faoliyatini boshqaruvchi muayyan shaxsiy sub’ektiv yo’llanma sifatida tushuniladi.
Dunyoqarashni shakllantirish – bu birinchi navbatda shaxsning intellektual – faolligini shakllantirishdir. Ilmiy dunyoqarashni samarali shakllantirishning ikkita muhim sharti mavjud:
Talabalarning tushunchalar tizimini o’zlashtirishga oid faol intellektual fikrlash faoliyati.
Insonning his-tuyg’usi va emotsiyasiga ta’sir etish, uning bilimini e’tiqodga aylantirish.
Shaxs bilish faoliyatining izlanish davrini maxsus sxemalarda ifodalash mumkin: muammoli vaziyat — o’quv muammosi — o’quv muammosini echish uchun izlanish — muammoning echilishi.
Muammoli o’qitish mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazishning muhim tomoni shundaki, bunda o’qituvchi uning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy funktsiyasini yaxshi anglab olgan bo’lishi talab qilinadi. O’qituvchi hech qachon talabalarga tayyor haqiqatni (yechimni) berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni olishga turtki berishi, mashg’ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bo’lgan axborot, voqea, vaqt va hodisalami ongida qayta ishJashlariga yordam berishi lozim bo’ladi.
Muammoli vaziyatlardan o’quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. Muammoli vaziyatlar tizimi muvaffaqiyatli yaratilgan hollarda mazkur mavzuni muammoli dars shaklida o’tish tavsiya etiladi. O’qitish jarayoniga muammoli darslarni qo’llashi uchun o’qituvchi (pedagog) quyidagi masalalarni hal qilishi kerak bo’ladi:
O’quv dasturi bo’yicha qaysi mavzularni muammoli dars shaklida o’tish mumkinligini;
Mavzu matnidagi masalalar bo’yicha muammoli vaziyatni keltirib chiharadigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, sistemalilik, mantiqiylik, ketma-ketlik, izchillik printsiplariga amal qilishi;
Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta’minlaydigan vosita va usullarni aniqlashi, ulardan o’z o’rnida va samarali foydalanish.
Muammoli o’qitish jarayonida talabaning mustaqillik roli reproduktiv o’quv usullariga solishtirib haraganda ancha samarali bo’ladi. Muammoli o’qitishning maqsadi talabalar bilan ishlash jarayonida ta’lim-tarbiya masalalari, muammo va savollariga javob qidirish, ularni hal etish yo’llari bilan yangi bilimlarni o’zlashtirishni, talabalar o’quv faoliyatida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish va hal etish bo’yicha o’qituvchi (pedagog)lar ularda qiziqish uyg’ota olishidan iborat.
Muammoli vaziyat-tinglovchi (bilim oluvchi)larga beriladigan fakt va ma’lumotlar, axborot va bilimlar bilan yangi dalillar, hodisalar, vaziyatlar orasidagi dialektik qarshiliklar bo'lib, ularni tushunib olish uchun ilgari olgan bilimlarining yetishmasligidir. Bu qarama-qarshiliklar (tushunmovchiliklar) ijodiy bilimlarni o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuch bo'lib xizmat qiladi.
· Muammoli ta’lim darajalari
· O’qituvchi va talaba faoliyati
· Mustaqil bo’lmagan (odatdagi) faollik darajasi
· O’qituvchi tushuntirganini talaba tomonidan idrok etilishi muammoli vaziyatlar sharoitida aqliy mehnat
· Yarim mustaqil faollik darajasi
· Ilgarigi bilimlarni yangi vaziyatlarda qo’llashi va talabalarning o’qituvchi tomonidan qo’yilgan o’quv muammolarining echish usullarini izlashda ishtirok etish.
· Mustaqil
· faollik darajasi
· Reproduktiv – izlanish tipidagi ishlarni bajarish, bunda darslik matni bilan talabaning o’zi ishlaydi, ilgarigi bilimlarini yangi vaziyatda qo’llanadi, konstruktsiyaaydi, o’rtacha murakkablikdagi masalalarni echadi, o’qituvchining ko’magi bilan gipotezalarni isbotlaydi va h.k.
· Ijodiy faollik darajasi
· Ijodiy tasavvurni talab etuvchi, mantiqiy tahlil qilish va o’ylab topishni, o’quv muammolarini echishning yangi usullarini kashf etishni, mustaqil isbotlashni: mustaqil xulosa va umumlashmalar chiharishni, kashfiyot va badiiy insholar yozishni talab qiladigan mustaqil ishlarni bajarish
Muammoli ta’limni tadqiqot metodi bilan aynan bir narsa deb emas, balki talaba tafakkuri va uning xotirasining rivojlanishini ta’minlaydigan, bilimlarni ijodiy o’zlashtirishiga, ilmiy faktlarni jamlashga ko’maklashadigan hamda e’tiqodni tarkib toptiradigan ta’limning bir turi deb qarash lozim.
Muammoli ta’lim – o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo talabalarga faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko’nikma va malkalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etish bo’lib, muammoli ta’limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog’liq:
O’quv materialini muammolashtirish;
Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish;
Ta’lim jarayonini o’yin, mehnat faoliyati bilan uyg’unlashtirish;
O’qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o’z o’rnida va samarali foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lish;
Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish.
Shunday qilib, muammoli ta’lim deyilganda, o’qituvchi (pedagog) rag’barligida muammoli vaziyat yuzaga keltirilib, mazkur muammo talabalarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etish nazarda tutiladi. Shuningdek, muammoli o’qitishning mohiyatini o’qituvchi (pedagog) tomonidan talabalarning o’quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o’quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o’zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi.
Dostları ilə paylaş: |