Pedagogik kengash shakllari. Reja: O'zbekiston maktabgacha ta’limi bo’limlari tomonidan maktabgacha ta’limga rahbarlik qilishning nazariy asoslari


Pedagogik kengashi faoliyatini tashkil etish va uning ish mazmuni



Yüklə 26,8 Kb.
səhifə5/9
tarix22.04.2023
ölçüsü26,8 Kb.
#101640
1   2   3   4   5   6   7   8   9
16-Ma\'ruza mashg\'uloti (1)

3.Pedagogik kengashi faoliyatini tashkil etish va uning ish mazmuni.
Pedagogik kengash qabul qilgan ayrim qarorlar MTT uchun ham, direktor uchun ham majburiy hisoblanadi. Chunonchi, tarbiyalanuvchilarni hayotida ro‘y berayotgan muhim vazifalar pedagogik kengashda hal qilinadi. Ularda pedagogik kengashda respublikamizning MTT haqida qabul qilgan qarorlari va ko‘rsatmalarini amalga oshirishga doir tadbirlarni belgilash, tarbiyachilarning ish tajribalarini o‘rganish va ommalashtirish, ota-onalar jamoatchiligi bilan aloqani mustahkamlash va boshqa masalalar ko‘riladi. Pedagogik kengashda muhokama qilinadigan ayrim masalalar yildan yilga takrorlanaveradi, chunonchi, bir yillik ish rejasini muhokama qilish va tasdiqlash, va boshqalar. Pedagogik kengashga qo‘yiladigan masalalarni tanlash juda muhimdir. Ko‘pgina MTTlarda kengashda muhokama qilinadigan masala oldindan o‘rganib chiqiladi. Kengash har qaysi masala bo‘yicha tegishli. Pedagogik kengashning qarorlari maxsus daftarga yozib boriladi, rasmiylashtiriladi, bajarilishi kuzatiladi va nazorat qilinadi, natijasi navbatdagi yig‘ilishda kengash a’zolariga xabar qilinadi. Qarorlar daftari MTTning muhim hujjati bo‘lgani uchun uni yuritishga alohida e’tibor beriladi. Pedagogik kengash bilan hamkorlikda metodik ishlar komissiyasi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  1. pedagogik kengashga topshirilgan masalani ishlab chiqadi: o‘zaro tajriba almashish, mashg’ulotlarni rejalashtirish, kundalik ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muhokama qilish;

  2. b) komissiya ba’zi tarbiyachi - pedagoglarning ish tajribasini o‘rganadi, umumlashtiradi va natijani pedagogik kengashga ma’lum qiladi;

d) pedagogik kengash topshirig‘iga ko‘ra ochiq mashg’ulotlar uyushtiriladi va ularning natijasini kengash muhokamasiga taqdim etadi.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri Pedagogik kengash raisi hisoblanadi.
Pedagogik kengashga quyidagi masalalar:
-bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish, ularni hal qilish yo'llarini izlash; tashkilot ish amaliyotga pedagogika fanining yutuqlari va ilg'or pedagoglar tajribasini joriy qilish;
-tarbiyachilarning pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish kiritiladi.
-Pedagogik kengash Maktabgacha ta’lim vazirligi, maktabgacha ta'lim bo'yicha buyruq, yo'l-yo'riq, nizom va boshqa me'yoriy hujjatlarni;
-maktabgacha ta'lim tashkilotining yillik ish rejasini;
- bolalar sog'ligini mustahkamlash tadbirlarini;
-har bir yosh guruhlari bo'yicha «Ilk qadam» dasturining sifatli bajarilishi jarayonini;
- amaliyotiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilarning ilg'or tajribalarini;
-maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishning dolzarb masalalarini, tarbiyachilarning nazariy va metodik tayyorgarliklarini oshirish masalalarini va maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi.
Pedagogik kengashlar kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni qiziqtiruvchi mavzuning kengligini, dolzarbligini ta'minlash zarur. Faqat shundagina Pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi sermahsul va faol bo'ladi.
Pedagogik kengash tarkibiga: metodist, tarbiyachilar, musiqa rahbari, maktabgacha ta'lim tashkilotiga xizmat ko'rsatuvchi shifokor, katta hamshirasi, kasaba uyushma, ota- onalar qo'mitasining raisi hamda vasiylik kengash raislari
kiradi. Pedagogik kengash yig'ilishiga jamoat tashkilotlarining vakillari, maktablar o'qituvchilari, maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.
Pedagogik kengash maktabgacha tashkilotning yillik ish rejasiga kiritilgan va pedagoglar Pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan reja bo'yicha ishlaydilar.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kollegial organ hisoblangan Pedagogik kengashlar tashkil etilib u pedagogik xodimlar, ota-onalar, homiylarni birlashtirib, maktabgacha ta'limda davlat talablari asosida muvofiqlashtirilgan ta'lim- tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Pedagogik kengash maktabgacha ta'lim tashkilotidagi ta'lim-tarbiya jarayonidagi asosiy masalalarni hal etuvchi doimiy faoliyat ko'rsatadigan organ hisoblanadi.
Pedagogik kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- ta'lim tashkiloti pedagogik jamoa faoliyatini yo'naltirish, tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarini rivojiantirish, "Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari”ning bajarilishini ta'minlash;
- ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirishda maqbul lozim-sharoitlar yaratishga doir qarorlar qabul qilish;
- pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlash va rivojiantirish bo'yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;
- pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlash va rivojiantirish bo'yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;
- pedagogik jamoaning ma’lum yo'nalishlardagi faoliyatini tahlil qilish va yakuniy xulosa berish;
- ilg'or pedagoglarning ish tajribalarini o'rganish, ommalashtirish, yosh pedagoglarga metodik yordam ko'rsatish ishlarini amalga oshirish yo'llarini belgilash;
- "Ustoz-shogird" an'analari uzluksiz malaka oshirish borasida olingan hisobotlar yuzasidan xulosalar tayyorlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
- tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy hislarni singdirish, bola shaxsini shakllantirishda ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish;
- ta’lim oluvchilarni ma'naviy yuksak, umuminsoniy va milliy ruhda, o'z vatani, xalqini ardoqlovchi shaxs sifatida tarbiyalash yuzasidan takliflar berish.

Yüklə 26,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin