Pedagogik kengash shakllari. Reja: O'zbekiston maktabgacha ta’limi bo’limlari tomonidan maktabgacha ta’limga rahbarlik qilishning nazariy asoslari



Yüklə 26,8 Kb.
səhifə8/9
tarix22.04.2023
ölçüsü26,8 Kb.
#101640
1   2   3   4   5   6   7   8   9
16-Ma\'ruza mashg\'uloti (1)

Pedagogika kengashi hujjatlari Pedagogika kengashi hujjatlari ta'lim tashkilotining ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi.
Pedagogika kengashi hujjatlari quyidagilardan iborat: bayonnoma va pedagogika kengashi kun tartibida muhokama qilingan masalalarga oid materiallar. Pedagogika kengashi hujjatlari tashkilotda uch yil davomida saqlanadi.
Ilg'or pedagogik tajribani umumlashtirish. Tarbiyachilarning eng yaxshi tajribalarini o'rganish, barcha ilg'or tajribalarini tahlil qilish va amaliyotga joriy etish maktabgacha ta’lim tashkiloti metodik ishining asosi bo'lishi kerak.
Tajribani o'rganish va umumlashtirish guruhlardagi tarbiyaviy ishlar holatini tizimli tarzda tahlil qilinishini nazarda tutadi. Tajribani o'rganishning asosiy yo'llaridan biri guruhlarga rejali tarzda kirish va pedagogik jarayon hamda kun tartibi jarayonlarining turli jihatlarini kuzatishdir. Ana shu kuzatishlar asosida tarbiyachining ishi, bolalarning xatti- harakatlari va xilma-xil faoliyatlari haqida tasavvur tarkib topadi.
Metodistning kuzatishlar maxsus daftarida fotoyozuv, tanlab yozish va shu kabilar tarzida qayd etiladi.
Pedagogik kabinetning ishi. Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi butun metodik ishning markazi pedagogika kabinetdir. Pedagogik jarayonni uyushtirish, ota-onalar bilan ishlash, pedagogik mahoratlarini oshirish va mustaqil o'qishlarini tashkil qilishda tarbiyachilarga amaliy yordam ko'rsatishdagi yetakchi rol pedagogika kabineti zimmasidadir.
Pedagogika kabineti maktabgacha ta'lim tashkiloti an'analari jamg'ariladigan joydir. Metodistning vazifasi jamg'arilgan tajribaga «jon ato qilib» tushunarli qilish, tarbiyachilarni bolalar bilan ishlashda ularni ijodiy qo'llashga o'rgatishdir.
Pedagogika kabinetida to'g'ri yo'lga qo'yilgan ish barcha xodimlarning metodik tayyorgarligini oshirishga, xususan, bolalarni har tomonlama rivojiantirish vazifalarini hal qilishga yordam beradi.
Pedagogik kabinetining asosiy vazifasi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalariga metodik yordam ko'rsatish, ularning g'oyaviy-siyosiy va ilmiy-metodik saviyalarining, pedagogik mahoratlarining o'sishi uchun sharoityaratishdir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlardagi pedagogika kabineti, shuningdek, ilg'or pedagogik tajriba to'planadigan, umumlashtiriladigan va tarqatadigan boshlang'ich markaz hamdir. Kabinetning muhim vazifalaridan biri tarbiyachilarga o'z mehnatlarini ilmiy asosda tashkil qilishlarida yordam ko'rsatishdir.
Pedagogika kabineti bu vazifalarni hal etishi uchun metodist kabinetdagi materiallar mazmuniga oshirilgan talablar qo'yishi, uni tizimilashtirish va puxta o'ylab chikishi kerak. Pedagogika kabinetida tarbiyachilarni kabinetda mavjud materiallar bilan tanishtirish, yaxshi tajribani tashviqot qilish va yoyish maqsadida «axborot xizmati» uyushtiriladi. Axborot xizmati xilma-xil axborot byulletenlari, bolalar ta'limi va tarbiyasiga doir ayrim masalalar bo'yicha «axborot kunlari», yangi kitoblar annotatsiyasi havolasi bilan «Metodik adabiyotlar yangiliklari», «Tajriba, muammo, amaliyot», «Metodik burchak» stendlari va hokazolar bo'lishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlar xodimlarining nutq madaniyatini doimo takomillashtirib borish maqsadida kabinetda hammaga zarur kitoblar o'rin oladi. Pedagogik kabinetning butun ishi u maktabgacha ta'lim tashkilotlar metodik ishining markaziga aylanadigan qilib tuzilishi kerak. Tarbiyachilarga kabinet xizmatidan foydalanishni, unda saqlanayotgan materiallar bilan qiziqishi, o'rganish kerak. Bu sezilarli darajada maktabgacha ta'lim tashkiloti metodistining mahoratiga, tashkilotchilik qobiliyatlariga bog'liq bo'ladi.
Metodist kabinetning ish soatini aniqlashi, tarbiyachilarga o'z vaqtida yordam ko'rsatish maqsadida unda navbatchilikni uyushtirish kerak. Bu masalani hal qilishda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining mudiri faol ishtirok etadi.
Pedagogika kabineti ishining eng muhim tomonlaridan biri maktabgacha ta'lim tashkilotlar xodimlariga mustaqil o'qishlarini yaxshilashda yordam ko'rsatishdir.
Metodika kabinetni ishida katta o'rinni yosh tarbiyachilar bilan ishlash egallashi kerak.

Yüklə 26,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin