ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 Academic Research, Uzbekistan 210 www.ares.uz KIRISH Zamonaviy jamiyat ta’lim tizimi oldiga yuqori malakali, intiluvchan,
raqobatbardosh, tashabbuskor, ma’naviy va jismoniy soqlom shaxslarni tarbiyalab
berish talabini qo‘ymoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida "yuksak bilimli va intellektual
rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta’lim muassasalarida kompetentli ilmiy
pedagogik kadrlar zaqirasini yaratish" vazifasi belgilandi[1]. Kompetentli pedagog - u
kim? Uning shakllanish jarayoni qanday kechadi kabi savollar tug’iladi. Shu nuqtai
nazardan "kompetentlik" va "kompetensiya" tushunchalar mazmun mohiyatini
aniqlashimiz muhimdir.
Har qanday o‘qituvchi ham "kompetentlik" nimani anglatishini va u
"kompetensiya"dan nimasi bilan farq qilishini bilavermaydi. "Kompetentlik"
tushunchasi pedagogning ma’lumoti, ko‘nikmasi, qobiliyati va tajribasini o‘z ichiga
oladi. Boshqacha aytganda, uning ma’lum bir ish turini bajarish qobiliyati hisoblanadi.
Aslida, ikkala atama o‘xshashdir. Kompetensiya bilimlarning umumiyligi va ularning
odamlarda mavjudligini anglatsa, kompetentlik - bu bilimlarni ish jarayonida ishlatish
darajasini anglatadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Kompetensiyalar ta’rifiga bir qancha yondashuvlar mavjud:
-
Amerikancha yondashuvda kompetensiyalar xodimlarning xulq-atvori
namunasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Agar xodim zarur ko‘nikma va bilimlarga ega
bo‘lsa, yaxshi natijalarni namoyish etadi.
-
Yevropacha yondashuvda kompetensiyalar ish vazifalari va kutilgan ish
natijalarining tavsifi, ya’ni qabul qilingan standartlarga muvofiq harakat qilish
qobiliyati sifatida ko‘riladi[3].
Vazirlar Maqkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son harori bilan tasdiqlangan
Umumiy o‘rta ta’limning Davlat Ta’lim Standartida kompetensiya tushunchasiga
mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati
sifatida ta’riflangan[2].
Funksiyalarni to‘g’ri bajarish uchun pedagog kompetentlik va kompetensiya
tushunchasini bilishi, har tomonlama rivojlanib, kasbiy o‘sishi uchun qaysi yo‘nalishda
harakatlanishini bilishi kerak.
NATIJALAR Professionallik va kompetentlik bir-biriga o‘hshash bo‘lsada, har xil ma’noga
ega bo‘lgan atamalardir. Professionallik deganda nafaqat ma’lum bilimlar, balki