O‘qituvchining o’quvchilarbilanmuloqotni tashkil etish usullari va muloqotda tarbiyaviy jarayon tamoyillari. O'qituvchining o'quvchilar bilan muloqoti samarali bo'lishi uchun suhbatdoshni o'ziga moyil qilib olish zarur. O'zaro moyillikka erishish uchun amalda qo'llanilib kelinadigan bir qator murakkab bo'lmagar pedagogik ta’sir etuvchi usullardan foydalaniladi. Ularning eng muhim- lari o'quvchi ishonchini qozonish hamda t a ’sir etish va m a ’qullash usullari dir.
Iishonchini qozonish usuli o'quvchilar bilan muloqot asosida ta’sii ko'rsatishning yuqori samara beradigan usulidir. U o'quvchi ongiga qaratilgan bo'lib, idrok qilish orqali o'quvchilar ishonchini qozonishni v£ ularning roziligini nazarda tutadi. Ishonchini qozonish dalillash, isbotlash orqali olib boriladi. Ishonchini qozonish usuli muloqot dasturi sifatidz darsdan tashqari jarayonlarda, o'quvchi bilan yakka holda suhbatlarda. ma’naviy-tarbiyaviy soatlarda qo'llaniladi. Ishonchini qozonish usuli yordamida o'qituvchi o'quvchilarning dunyoqarashini shakllantiradi ularda o'z-o'zini tarbiyalashga nisbatan javobgarlik hissini oshiradi.
Ishonchini qozonish usuli nafaqat o'qituvchi bilan muloqot jara yonida, baiki taiim-tarbiyaviy faoliyatdan tashqari holatlarda han o'quvchiga ta’sir qiladi. O'quvchi ishonchini qozonish ijobiy yoki salbi> natijalar paydo qilishi ham mumkin. O'qituvchi ishontirish bilar o'quvchida ijobiy hislatlami uyg'otishi uchun tarbiyaviy metodlami o'z o'mida qo'llashi shart. Tarbiya jarayonida har bir o'quvchining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Chunki bir xil yoshdagi o'quv chilar psixik jihatdan turli xarakterga ega bo'lishi mumkin. O'quvchilaming qobiliyat va iqtidorlari, qiziqishlari, irodaviy hislatlari har xil boigani uchun bir o'quvchiga nisbatan foydali bo'lgan ishonchini qozonish usuli, boshqasiga zararli boiishi mumkin. Shuning uchun har bir o’ ‘quvchining ruhiyatini, psixologiyasini, ichki dunyosini o‘qituvchi muntazam o'rganib borishi, o‘quvchilaming o'ziga xos xususiyatlarini, tar- biyalanuvchi temperamentining umumiy tiplarini o'rganish metodikasini bilish lozim. Masalan, ko'rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglashi, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg'ayrat yoki g'ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yoki ishga tez kirishib kedshi kabilar nerv faoliyati tizimiga bog'liq bo'lib, o'qituvchi o'quvchilar ishonchini qozonishi uchun ularni bilishi va zarur bo'lgan xulosalami ishlab chiqishi shart.
O'quvchiiar ishonchini qozonishning уana bir muhim xususiyati o'quvchilami shaxs sifatida rivojlanishida o'z-o'zini tarbiyalashidir. O'z-o'zini tarbiyalash o'quvchining o'zini o'zi idora qilishi, o'zida erkinlikni, ijtimoiy mavqeini, tashabbuskorlik va mustaqillikni shakllantirishdir. O'quvchining yashirin qobiliyatlari o'z-o'ziga ishonch orqali yuzaga chiqadi. O'quvchi uchun o'z-o'zini baholash qiyin jarayon. O'quvchi taiim-tarbiya berayotgan o'qituvchilarga ishonch bilan ergashib, o'ziga nisbatan ishonch ruhida tarbiyalanar ekan, unda awalo, mustahkam iroda shakllanadi, o'z burchini to'g'ri tushunadi, bilish va o'rganishga qiziqishi kuchayadi, o'z-o'zini har tomonlama takomillashtirishga intiladi, o'ziga atrof-muhitdagi o'rtoqlari ko'zi bilan xolisona baho beradi, o'ziga ishonadi va unda qoniqish hisji paydo boiadi. Xarakteridagi salbiy odatlami, zararli sifatlami tez anglab, ularni yo'qotish va bartaraf etishga intiladi.
Ta’sir etish va m a ’qullash usuli muloqotning umumiy jarayonidir.
Ikki suhbatdoshning bir-birlariga ta’sir ko'rsatishlari, tarbiyaviy maq- sadni ma’qullattirish vositasi sifatida o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, ushbu usul vositasida o'qituvchi o'quvchi ruhiyatiga va xulq- atvoriga tarbiyaviy maqsadni ko'zlab sezilarsiz ravishda psixologik ta’sir ko'rsatadi. O'quvchi psixikasida nazoratsiz kiradi. Ushbu usul, muloqot jarayonida o'qituvchi o'quvchilarda axloqiy-irodaviy hislatlami faol takomillashtiradi. O'qituvchi xushmuomalaligi, muosharat odobining cheksiz qudrati bilan o'quvchilar psixikasining anglanmagan qirralariga pedagogik ta’sir etadi, o'qituvchi va o'quvchining yaqindan muloqotda bo'lishini, bir-birlariga ishonchini, topshiriqlarni ma’qullab vaqtida bajarish uchun javobgarlik hissini shakllantiradi.
O'qituvchi o'quvchilar jamoasi bilan pedagogik muloqotni har to monlama mukammal tashkil etish va ko'zlangan maqsadga erishishi uchun tarbiyaviy jarayonning jamiyat talablariga mos keluvchi yetakchi tamoyillarini o‘rinli foydalanishi lozim: