MA’RUZA
PEDAGOGIK MULOQOTNING STRUKTURASI.
Pedagogik muloqot – pedagogik tizimning ajralmas sifatidir. Bu o’qituvchi va o’quvchining ta’lim-tarbiya jarayonining professional muloqoti bo’lib, unda ma’lumot almashinadi va o’quvchilarga o’quv tarbiyaviy ta’sir o’tkaziladi.
Bunda ikki yoqlama muloqot yuzaga kelishinming asosi sifatida o’zaro hurmat va ishonch xizmat qiladi. Pedagog o’quvchilar bilan muloqotga kirishish jarayonida ulardan hurmat kutadi. O’quvchilar ham o’qituvchidan hurmat va ishonchni talab etadilar.
Bu pedagogik ta’sirning samarali yo’li bo’lib tajribali pedagogning bolaning o’z-o’zini hurmatlashga asoslangan holda munosabatlarni tashkil etadilar va shu orqali o’zaro munosabatlarni amalga oshiradilar. Muloqotning o’ziga xos 3 ta xususiyati mavjud: makro daraja-insonlar bilan muloqot qilish barcha odob-axloq normalariga suyangan holda amalga oshiriladi.
Mezzo daraja (o’rta) – muloqot ma’lum mavzu bo’yicha kechadi. Masalan, askiyada ma’lum mavzudan chekinmaslik.
Mikro daraja (kichik) – muloqotning shakllari savol-javob tarzida yuz beradi. Muloqotning turlari: shaxslararo, guruhiy, ommaviy-kommunikatsiya(radio, TV, ro’znomalar) kabi turlari mavjud.
Pedagogik muloqotda ijodiylik quyidagilarga bog’liq.
- o’quvchilar bilan o’zaro harakat qilish
- Birgalikda harakat qilish
Bolaga ta’sir qilishda uning hulq atvorini boshqarish o’zaro harakatning turli yo’llarini qo’llash.
O’qituvchining o’z-o’zini boshqara olishi.
- O’zaro munosabatlar jarayonidagi ijodiylik harakatini saqlay bilish.
- O’qituvchi o’quvchilar bilan ziddiyatlarga borsa qandaydir muommo tug’ilsa darxol hal qilish lozim. Pedagogik muloqotdagi o’quvchi bolaning ko’ziga qarab uning hayolida nima kechayotganini bilib olish kerak.
Ijodiylik o’zaro munosabatlardan boshlanadi.
Har bir pedagog o’z tajribasidan, uslubidan kelib chiqib bolalar bilan muloqotda bo’lishi nostandart usullarni izlab topishi kerak. Pedagogik ta’sir ham pedagogik muloqotdagi ijodiylik orqali amalga oshiriladi. Ijodiylikni amalga oshirish uchun quyidagilarga ahamiyat berish lozim:
- Bir necha o’qituvchilarning darslarini kuzatish, unda o’quvchilarning kayfiyatini o’qituvchining bolalar bilan bo’ladigan munosabatlarning o’rganish;
- O’qituvchining darsda qanday usullarni qo’llashi, muloqotni qanday shakillantirish, uquv- tarbiyaviy muommolarni yechishni aniqlash;
- O’zining muloqot texnologiyasini boshqa o’quvchining texnologiyasiga taqqoslashi;
- Tajribali o’quvchilarning tarbiyaviy soatlarida qatnashish orqali muloqot jarayonidagi o’quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlash;
- O’zining darsidagi muhit bilan boshqa tajribali o’quvchining darsidagi muhitning taqqoslash orqali hulosa chiqara olish.
Kasbiy pedagogik muloqot - murakkab hodisa. Shaxs kasbiy-pedagogik muloqot qilishdan avval o’z oldiga bir necha vazifalarni qo’yadi.
Jumladan, muloqot maqsadini, muloqot qachon, qayerda, necha yoshlilar bilan o’tkazilishini rejalashtiradi. Pedagogik muloqotning eng muhim bosqichi- modellashtirish hisoblanadi. Bu bosqichdan muhim, ma’suliyatli muommoni hal qilishda foydalaniladi.
Masalan, darsga tayyorlanish, ma’ruzani rejalashtirish ham shu bosqichga kiradi. Kasbiy pedagogik muloqotning vazifasi- texnologiyani o’zlashtirish bo’lib, unda o’qituvchi iliq munosabatlarni qo’llay oladi, natijada pedagog shaxsi namoyon bo’ladi.
Darsda tashabbusni qo’lga olish usullari quyidagilardan iborat.
-Sinf bilan aloqani yo’lga qo’yishda zudlik bilan harakat qilish;
-Tashkiliy ishlardan dars jarayonining muhim bosqichga tezlik bilan o’ta olish;
-Sinfning ijtimoiy- psixologik yakkaligini “biz” hissini shakillantirish.
- Vaziyatga qarab bolalar bilan muloqot usullarini qo’llash;
- Butun sinf jamoasi bilan yaxlit aloqani tashkillashtirish;
- Latofat, samimiylik, sofdillikni o’zida shakillantira olish, darsda namoyon qila olish;
- Taqiqlangan pedagogik talablarni kuchaytirish, vaziyatga qarab ish tutish;
- Mimika (yuz ifodasi) pantomimika (harakatlar) ko’z bilan ta’sir qilish (noverbal muloqot)ni faol qo’llash;
- O’zaro bir-birini tushunishni his qilish.
Pedagogik muloqotni muvaffaqiyatli bo’lishida o’quvchining kommunikativ madaniyati muhim o’rin egallaydi.
Bola o’qituvchining dildan gapirayotganligini his qilib turishi kerak. Aks holda ishonchli, samimiy muloqot amalga oshmaydi. Ayrim pedagoglar bolalar bilan ularning yoshini hisobga olmasdan muloqotda bo’ladilar. O’qituvchi bola katta bo’layotganligini sezib tursa, bu uning muloqot madaniyati shakillanayotganligidan dalolat beradi.
O’qituvchi o’zi uchun boshqalar bilan bo’ladigan muloqotning yaxlit portretini tuzib olish kerak. Bu auditoriya bilan bo’ladigan munosabatlarni tashkil qilishga yordam beradi. Pedagogik muloqot o’quv jarayonining muhim qismi hisoblanadi.
O’qituvchi tarbiyachi va pedagog kommunikativ faoliyati pedagogik faoliyatdagi muloqotda muhim rol o’ynaydi.
Muloqotchanlik ko’p qatlamli bo’lib, uni quyidagi tarkibiy qisimlarga bo’lishi mumkin:
1. Muloqotga kirishuvchanlik- kommunikatsiya jarayonida qoniqishni his qila olish qobiliyati;
2. Ijtimoiy yaqinlik jamiyatda bo’lishga hohish kishilar orasida bo’lishga istagi;
3. Altruistik (boshqalar manfati uchun harakat qilish, yordam berish) yo’nalishlar.
Muloqotga kirishuvchanlik. Pedagogik faoliyatni tashlab ketgan o’qituvchilardan so’rovnoma asosida olingan ma’lumotlarga ko’ra, ularda muloqotchanlik sifatlari kasbiy fazilat sifatida shakillanmaganligi aniqlanmagan. Shu jumladan kuchsiz rahbarlarda ham xuddi shunday holat kuzatilgan.
Pedagogik faoliyatdagi muloqot uzoq, davomli muloqotdir.
Pedaghog faoliyatda muloqotning turli bosqichlarda hissiy jihatdan o’zini his qilish muhim ro’l o’ynaydi.
Pedagog o’ziga darsga kirishdan avval ko’rsatma berishni o’rganishi lozim.
Pedagog o’zida ijodiylik hissini shakillantirish va boshqarish uchun quyidagi outotreninglarni qo’llashi mumkin:
- Men tinchman va hotirjamman.
- Men ishonch bilan dars o’ta olaman
- Bolalar meni tinglashadi
- Men darsga yaxshi tayyorlanganman
- Dars juda qiziqarli bo’ladi
- Bolalarning men bilan birga bo’lishlari juda qiziqarli;
- Kayfiyatim yaxshi
- Menga darsda ishlash yoqadi.
Pedagogik jarayondagi muloqotni quyidagicha tavsiflash mumkin.
1. O’quvchi va pedagog muloqoti tizimining umumiy tuzilishi (muloqotning aniq usuli)
2. Pedagogik faoliyatning aniq bosqichi uchun hos bo’lgan muloqot tizimi.
3. Aniq pedagogik va kommunikativ masalalarni yechishda namoyon bo’ladigan muloqotning vaziyatli tizimi.
Pedagog va talim oluvchilarning ijtimoiy psixologik ta’sir xususiyatlarini muloqot uslublari orqali quyidagicha tushinish mumkin.
a) Pedagogning kommunikativ imkoniyatlari
b) Pedagog va tarbiyalanuvchilar o’rtasidagi munosabatlar tabiati;
c) O’quvchilar jamoasining xususiyatlari
Muloqot uslublariga quyidagilar kiradi:
1- Hamkorlikdagi ijodiy faoliyatga qiziqish asosidagi muloqot
2- Do’stona munosabatlar asosidagi muloqot
3- Masofadan turib muloqotga kirishish
4- Qo’rqitish ( qo’rquv) asosidagi muloqot
5- Soxta obro’- e’tibor qaratish uchun tashkil qilinadigan muloqot
Birinchi uslub asosida pedagogning yuqori kasb etikasi tashkil etadi.
Ikkinchi munosabatda asosan do’stona munosabatlar o’quv tarbiyaviy faoliyatda shakillanadi
Uchinchi uslub yani masofadan turib muloqotga kirishish muhim ahamiyatga ega. Masofa juda uzoq bo’lmasligi lozim. Aks holda rasmiyatchilik kuchayib ijodiylik muhiti shakillanmaydi. Pedagog masofani saqlasa obro’- etibor oshadi.
To’rtinchi uslub qo’rqish-qo’rqitish asosidagi muloqot bo’lib bu uslub muloqotning negative shaklidir. Bazi pedagoglar o’quvchilarning qo’rqitish orqali muloqotda bo’ladi. Chunki ularda pedagogik mahorat yaxshi shakillanmagan bo’ladi.
Birinchi uslub- sohta .obro’-etibor qozonish uchun tashkil qilinadigan muloqot bo’lib yosh o’qituvchilar malakasi yetarli bo’lmagani uchun yolg’on ishlatadilar. Bu bilan o’qituvchi o’quvchi bilan tezroq muloqotda bo’lib olishga harakat qiladilar. Bunday usulni qo’llayotgan pedagogda umumiy pedagogik kommunikativ madaniyati yetishmaydi.
O’qituvchilar va ijtimiy - psixologik partretini baholash tizimini shakillantirishga qaratilgan metodikalarni ishonchliligi, valentligi va ularning obektivligini tekshirish maqsadida kasb- hunar kolleji faoliyat yurayotgan va tahsil olayotgan talabalar ustida tajriba sinov ishlari amalga oshiriladi.
Tajriba sinov natijalarida o’qituvchining psixologik qiyofasining tabiy va gumanitar yo’nalishida faoliyat yuritayotgan professor o’qituvchilar o’ziga xoslikni, o’xshash va farqlarni izoxlash imkonini beradi.
Shuningdek maktab va kasb hunar kollejida taxsil berayotgan o’qituvchilarda “ psixoemotsional holat” da ularning asblari ancha sezgirligi kayfiyatlari ko’proq, tashqi omillarga bog’liqligi noqulay vaziyatlarda esa ular asabiylashadilar. Muloqotda suhbatdoshni yoki tinglovchini idrok etish bir-birini tushunishning asosiy shartidir. Agar o’qituvchi o’quvchilar uni qanday ishtirok etayotganligini tushunayotganligini anglay olmasa pedagogik muloqot yaxshi bo’laymaydi. Ayniqsa ma’ruza yozayotganda bu juda muhimdir. Radio-televidenyada so’zlayotgan kishi teskari aloqani ololmay qiynaladi, bazan fikirlovchi chalkashib ketishi odatdagi ohang yo’qolishi mumkin. Agar hamsuhbatni ko’rish orqali idrok etish imkoniyati bo’lmasa qo’l barmoqlari va yuz harakati orqali imo- ishoralar kambag’allashib harakatlar erkinligini yo’qotib qo’yadi.
Hamsuhbatning fe’l atvorini idrok etish chog’ida olinadigan signallar shaxsning keying harakatkari fikrlarini to’g’irlab boorish uchun asos bo’ladi. Umuman hamsuhbat yoki tinglovchini idrok etish muloqot vaqtida o’zaro hamjihatlikka erishishning muhim sharti bo’lib hisoblanadi. O’qituvchining ma’ruza vaqtida aloqaga ega bo’lishi loborotoriya va amaliy mashg’ulotlardagiga qaraganda qiyin. Demak, shaxslararo idrok etish jarayonida teskari aloqa habar beruvchi vazifani va o’zini- o’zi boshqarish vazifasini bajaradi. Kishining jisminiy qiyofasidagi ayrim belgilar, o’zini tutishi qo’llari va gavdasini qimirlatib imo-ishora qilishi so’zlash ohangi ahborot tashuvchilar sifatida hizmat qiladi.
Trening inglizcha “maxsus rejim mashq” degan ma’noni bildiradi. Kishilarda muloqot malakalari tasodifan yoki ta’lim mahsuli sifatida shakillanib boradi. Masalan o’quvchilarni to’liq muassal va aniq javob berishga, o’zidan kattaga muomala qilinganda o’rnidan turishga o’rgatib boriladi.
Ijtimoiy- psixologik trening 2 xil vazifani
1- Muloqot va pedagogik muomala qonuniyatlarini o’rganish;
2- Pedagogik kommunikativ texnologiyasini egallash kasbiy pedagogik muomala, ko’nikma va malakalarni shakillantirishni ta’minlaydi.
Muloqot faqat insonlarga xos bo’lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir - birlariga nimanidir aytish istagi tug’iladi. Muloqot - odamlar o’rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog’lanishlar rivojlanishining ko’p qirrali jarayonidir Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko’rsatuvchilar o’rtasida axborot ayirboshlashni o’z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o’zaro birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat so’zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa imo-ishora bilan muloqotda bo’lamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo’lamiz. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o’zaro birgalikda harakat qilish) va pertseptiv (o’zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi.
Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o’rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir. Har bir kishining o’z “Meni” atrofdagilar bilan bo’ladigan muloqot jarayonida shakllanadi, SHaxsning hayot yo’llari avval oilada, bog’cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga bo’lgan ehtiyojdir. Muloqotga bo’lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo muloqotga bo’lgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bo’lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmaslikni his qilamiz.
Pedagogik muloqot - bu muloqot turlaridan biri bo’lib, pedagogik faoliyatda muhim o’rin tutadi.
Biz guruh va jamoaga kirar ekanmiz, doim unda turli rollarni bajarishga to’g’ri keladi. Rasmiy guruhda boshliq rolini o’ynasak, kasalxonada bemor, do’konda haridor, oilada rafiq yoki rafiqa, ota - ona oldida esa farzandlik rolini bajaramiz.
O’smirlar ongini va e’tiqodini shaklantirishida milliy g’oyani to’g’ri targ’ib etishda muloqot katta ahamiyatga ega.
Vatanimizning milliy g’oyasi barcha millatlar uchun umumiydir. Milliy g’oya fuqarolarning diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, baxtli turmush, farovon hayot, o’zaro totuvlik, mustaqillik tuyg’usiga sadoqatliliq, ezgu niyatlari ushalishini kafolatlaydi. Milliy g’oyani bolalarga yoshlikdan singdirish darkor. Bog’cha yoshidagi bolalarga ham faqat quruq yodlatish orqali mashg’ulotlarni o’tkazmasdan, balki trening mashg’ulotlardan, ayniqsa, muomala treningidan ko’proq foydalanish maqsadga muvofiqdir. Turli yoshdagi bolalar bilan muloqot treningini tashkil etish, yoshlar xususiyatlarini e’tiborga olish kerak. Muloqot treningida “Vatan seningcha nima?”, “Ona-zamin degani nima? ”, “Biz nima uchun yashaymiz?” kabi muammoli savollarni o’rtaga tashlab, bolalarga milliy g’oyani, milliy g’ururni singdirish mumkin.
O’zbek tiliga davlat maqomi berilganidan keyin birmuncha ijobiy o’zgarishlar yuz berdi, ularning bir qismi milliy istiqloldan so’ng amalga oshirildi. Mamlakatimizdagi davlat hujjatlari ona tilida rasmiylashtirilmoqda, yig’ilishdagi ma’ruzalar o’zbek tilida qilinmoqda. Ijtimoiy hayotdagi katta yutuqlar bilan bir qatorda, shaxslararo munosabatlarda til odobi, nutq madaniyatida buzilishlar davom etmoqda, o’zbek tilining mo’saffoligi, aniq va lo’ndaligi, mantiqiyligi, ohangdorligi va silliqligi muloqotda o’z ifodasini topa olmayapti, natijada uzatilayotgan fikrlarni idrok qilish qiyinlashmoqda. Muloqot psixologiyasining asosiy maqsadi, avvalo nutq madaniyatini yoshlarda shakllantirishdir. Shuningdek, o’qitish jarayonida bo’lajak mutaxassislarga muloqot madaniyati, muomala sirlarini singdirish, guruh va jamoalarda o’zaro munosabatlarni muloqot orqali yaxshilashdir. Muloqotning nazariy va metodologik muammolarini hal qilish, muloqotni nutq bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlash fanning asosiy maqsadini tashkil qiladi.
Muloqot shaxslararo munosabatlarning shunday ko’rinishidirki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan o’zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, o’zaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta’sir o’tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, bir-birlarini tushunadilar.
Shuning uchun muloqot ijtimoiy psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtiroq etib, hamqorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil ehtiyojlarni maqsadga muvofiq ravishda qondirish muloqot maromiga bog’liq bo’lib. shaxslararo munosabat, barkamol avlod, komil inson g’oyalarini anglatadi. Muloqot muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi, harakter hislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi kabi insonning fazilatlari, sifatlari namoyon bo’lishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muloqot jarayonida muloqotdoshlarning tasavvurlari, qiziqishlari, his-tuyg’ulari, ko’nikmalari, voqelik natijasini oldindan sezish, payqash, ta’sir o’tkazish uslubi tarkib topishi mumkin.
Muloqot tashqi ta’sirlar, namunalar asosida o’zini-o’zi tuzatish, qayta tarbiyalash, shaxsiy imkoniyatini ruyobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari yetaklaydi.
Barkamol insonlarning muomala maromi, mulohaza yuritish uslubi, munosabatga kirishish o’quvchanligi, vaziyatdan chiqish salohiyati ham, boshqa odamlar tomonidan taqlid qilinadi va hayot tajribasida unga rioya etib yashaydi. Odamlar o’rtasidagi shaxslararo munosabat jarayonida g’ayritabiiy ijtimoiy holat yoki hodisaga ongli tayanish - o’zini - o’zi mukammallashtirish, o’zini - o’zi ruyobga chiqarish, o’zini-o’zi boshqarish, o’zini - o’zi baholash, o’ziga - o’zi buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim kamolot bosqichidir. SHuning uchun ichki va tashqi taqlidning tushunish hamda ularni bosqichma-bosqich egallab borish - bo’lg’usi mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi hamda barkamol shaxs sifatida shakllanishining garovidir.
Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi - bu o’zini - o’zi ortiqcha yoki past baholash tufayli o’ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto’g’ri munosabatdir. Buning oldini olish imkoniyatlari mavjud bo’lib, asosan quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samaralar sari yetaklaydi:
1) hamqorlik faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining barcha a’zolari o’rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish.
2) muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay pozitsiyasini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
3) insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari to’g’risidagi axborotni egallashga oid maxsus mashg’ulotlarni uyushtirish.
4) shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga mo’ljallangan ishbilarmonlik o’yinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish.
Yuqoridagi qoidalarga barcha talabalar rioya qilib, gavdalarini to’g’ri tutish, muammoli vaziyatlarga va muloqot maqsadiga, maromiga mutanosib tushadigan hodisalar, holatlar, sharoitlar, muayyan muhit, mazmunli harakatlar, imo - ishoralar, mimika, pantomimika ustida ishtiyoq bilan shug’ullansalar, yengil tabassum, iliq, miyig’ida kulish, chiroyli yurish kabi mashqlarni amalga oshirsalar, noverbal nutq yordami bilan shaxslararo munosabatni to’g’ri yo’lga qo’yish imkoniyatiga erishadilar. Atrofdagilarda yoqimli taassurot qoldirish, ularda mehr - muhabbat tuyg’usini o’yg’otish muloqotdosh tanlashga imkon tug’diradi. Jismoniy va ma’naviy jihatdan erkinlikka erishish o’ziga ishonch tuyg’usini yuzaga keltirsa, mustaqillik muloqotda teng huquqli sherik bo’lishga shart-sharoit yaratadi.
Insonning uni o’rab turgan olamga o’zaro ta’siri ob’ektiv munosabatlar tizimida namoyon bo’ladi, ob’ektiv munosabat va aloqalar so’zsiz har qanday real guruhlarda paydo bo’ladi. Guruh a’zolarining bu ob’ektiv o’zaro munosabatlari sub’ektiv shaxslararo munosabatlarda aks etadi. Har qanday ishlab chiqarish odamlarning o’zaro birlashishini talab qiladi. Hech bir kishilik jamiyati agar unda odamlar bilan munosabat o’rnatilmasa, ular bir-birini to’g’ri tushunmasdan to’laqonli birgalikdagi faoliyatni tashkil eta olmaydi. Masalan, o’qituvchi o’quvchilarga biror narsani o’rgatish uchun ular bilan munosabatga kirishishi kerak.
Muloqot kishilarning hamqorlikdagi faoliyati ehtiyojlari asosida tug’iladigan ular o’rtasidagi aloqa rivojlanishining ko’p qirrali jarayonidir. Muloqot hamqorlikdagi faoliyat qatnashchilari o’rtasida axborot almashinishni o’z ichiga oladi, bu muloqotning kommunikativ tomonida ifodalanadi. Odamlar bir-biri bilan munosabatga kirishishda tildan muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning o’zaro ta’siridir. Bunda faqat so’zlar emas, balki harakat va holatlar ham almashinadi. Masalan, sotuvchi bilan haridor o’rtasida biror so’z aytmasdan muomalaga kirishish mumkin. Muloqotning uchinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning bir-birini idrok qilishidir. Muomalaga kirishuvchilarning bir-birini to’g’ri tushunishi muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, muloqotning shartli uch tomonini ajratish mumkin: kommunikativ (axborot berish), interaktiv (o’zaro ta’sir) va pertseptiv (o’zaro idrok qilish).
Muloqotning bu uch tomonining birligi muomalaga kirishuvchi kishilarning o’zaro munosabati va hamqorlikdagi faoliyatining tashkil etish usuli sifatida namoyon bo’ladi. Muloqotning mazmuni- axborot almashish, o’qituvchi tomonidan turli kommunikativ vositalar yordamida o’quvchilar bilan o’zaro tushunish va o’zaro munosabatlarni tashkil etishdir. Pedagoglarning tarbiyaviy va didaktik vazifalarni o’qituvchi hamda o’quvchilar jamoasi o’rtasida munosabatlarni ta’minlamay turib amalga oshirib bo’lmaydi.
Muloqot ikki va undan ortiq kishilar o’rtasida bilish yoki baholash tarzidagi axborot almashishda namoyon bo’luvchi o’zaro ta’sirdir.
Muloqotning o’zaro birgalikda harakat qilish va faoliyat ko’rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa ishlab chiqarish tarzida tushunilishi ana shu umumiy narsa avvalo muloqot vositasi sifatidagi tildan iborat ekanligini bildiradi. Til muloqotga kirishuvchilar o’rtasida aloqa bog’lanishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |