O’qituvchilik mas‘uliyati. Shaxs axloqini tavsiflaydigan belgilardan biri mas‘uliyatdir. O’qituvchining mas‘uliyati, muallimlik faoliyati va ta‘lim – tarbiya jarayonining anik vazifalarini ham o’z ichiga oladi. O’qituvchi zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida tarbiyalash mas‘uliyati yuklangan. O’qituvchilik kilayotgan yoki muallimlik kasbini tanlagan kishilar o’z zimmalariga kanchalik yuksak, sharafli mas‘uliyat olayotganliklarini tasavvur etishlari lozim.
O’QITUVCHILIK SHA‘NI, QADR QIMMATI.
O’qituvchilik sha‘ni, qadr – qimmati. Umuminsoniy va milliy axloqning muhim belgilaridan biri insoniylik sha‘ni, kadr – kimmatidir. Insonning kadr – kimmati uning mansabi, kasb – koridan ko’ra ham ko’proq o’z kasbini qanday bajarishiga, uning odobi va xulq – atvoriga bog’liq.
Bu fazilat o’qituvchi odobida muallimning kadr – kimmati, sha‘ni deb ataladi. U, avvalo, o’qituvchidan o’z ishining ustasi, kamtar bo’lishni, shu bilan birga pedagoglar va o’quvchilar jamoasida o’zini tuta bilishni talab etadi.
Pedagogik nazokat juda murakkab sifat bo’lib, quyidagi komponentlari tarkibiy qismlari mavjud :
O’qituvchining o’quvchilar bilan ishlashidagi sabotliligi hamda tarbiyaviy ta‘sir ko’rsatishning xilma – xil usullarini ularning pedagogik samaradorligini hisobga olgan holda qo’llashi ;
O’qituvchining o’quvchilar bilan munosabatidagi amaliy va emotsional aloqa bog’lashning pedagogik jihatdan asoslangan holda birga qo’shib olib borilishi ;
O’quvchilar bilan munosabatda osoyishta qat‘iylik, muvozanatlilik va nutqning ifodaliligi.