Pedagogik psixologiyaning asosiy vazifalari Mamadaliyeva Munisa



Yüklə 5,27 Kb.
tarix07.06.2023
ölçüsü5,27 Kb.
#126301
Pedagogik psixologiyaning asosiy muammolari-fayllar.org


Pedagogik psixologiyaning asosiy muammolari

Pedagogik psixologiyaning asosiy vazifalari

Mamadaliyeva Munisa

Reja

1. Pedagogik-psixologiya fanining predmeti, vazifalari.

2. Fan sifatida pedagogik-psixologiyaning vujudga kelishi,

uning rivojlanish tarixi va hozirgi holati.

3. Pedagogik-psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari.

Pedagogik-psixologiya fanining predmeti, vazifalari.

Pedagogik-psixologiya psixologiya ilmining tarmog’i sifatida, ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir. Bolalarning maktabdagi hamda ta’lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti-harakatlarining psixologik qonuniyatlarini o’rganuvchi pedagogikpsixologiya ikki fanni, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o’rin egallagandir.


  • Pedagogik-psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko’nikma, malakalarini egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan individual tafovutlarni, o’quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Shuningdek, pedagogik-psixologiya ta’lim tarbiyaning ta’siri oqibatida o’quvchilar ruhiyatida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni, o’quv materiallarining o’quvchilarning yosh davrlarga mos kelishni, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar, o’quv qurollari, asbob-uskunalar, maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo’lgan psixologik talablar kabi muammolarni ham o’rganadi. Pedagogik psixologiya o’quvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini o’rganadi. O’quvchilarda bilim, iqtidor va malakalarni o’zlashtirish tufayli ular shaxsining tarkib topish qonuniyatlari mavzuni o’z ichiga oladi.

  • Pedagogik psixologiya ta’lim va tarbiya jarayonida bola shaxsining tarkib topish muommolarini o’rganar ekan, u bolalar psixologiyasi bilan mustahkam aloqada ish ko’radi. Darsliklar, o’quv qo’llanmalari, qurollari, ta’lim va tarbiyaning samarali metodlari, o’quvchilarni mehnat va ijtimoiy faoliyaiga tayyorlash masalalarini har bir o’quvchining o’ziga xos sifatlarni bilmay turib, amalga oshirib bo’lmaydi. O’quvchi tafakkurining shakllanishi, aql darajasining o’sa borishi, o’quvchilar jamoasidagi o’zoro munosabatlarning mohiyati, har bir o’quvchida bilimlarni o’zlashtirish malaka va ko’nikmalarini bilmay turib, ta’lim va tarbiya ishida muvaffaqiyatga erishib bo’lmaydi. Bu masalalarni amalga oshirish uchung xizmat qiladigan tamoillar va metodlar quyidagilardan iborat:

Obektivlik tamoili.


  • O’quvchm shaxsiga xos bo’lgan psixologik xodisalarni obektiv holatda o’rgangandagina to’g’ri xulosalar aniqlanadi. O’quvchining o’zi haqida gapirganiga qarab, unga baho beriladi.

Rivojlanish tamoili.


  • Bu tamoil bola shaxsiga xos bo’lgan psixologik xodisalarni o’sishi, o’zgarishda, hamma vaqt rivojlanishda qarashni taqozo etadi.

O’zoro bog’liqlik tamoili.


  • Bu tamoil o’quvchi hayoti va faoliyatining tashqi sabablarini tashqi ta’sirlarning har bir o’quvchiga ta’sir etish sabablarini bilishni talab qiladi. Pedagogik psixologiyaning ilmiy – tadqiqot metodlari yuqoridagi tamoillarga asoslanadi.

Pedagogik psixologiyaning metodlari umumiy psixologiyaning metodlaridan iborat bo’lib, ularga mateiatik – strtistik metod qo’shiladi. Bu metodning mohiyati shurdaki, bunda aniqlangan xulosalarni tekshirish uchun turli statistik usullardan foydalaniladi.

Pedagogik-psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari.

A predmetli ko’rsatmalilik. bunga tabiy obektlar tevvarak atrofdagi predmet va hodisalar kiradi. tabiatdan olingan narsalardan foydalaniladi. m: tabiatshunoslik, botanika darslarida o’simliklar, zoologiyada hayvonlar, geografiya darslarida minerallar ko’rsatiladi, ma’lum obektlarga sayohatlar uyushtiriladi. B tasviriy ko’rsatmalilik. tasviriy ko’rsatmalilik simvollik, ko’rsatmalilik bo’lib, rasm, jadval, maket,chertyot kabilar orqali amalga oshiriladi. c) texnik ko’rsatmalilik. bunda ia’limning texnik vositalari – kinofilm, diopazitiv,teleeshittirish, grammafon, magnitafon yozuvlari, radio eshittirish kabilardan foydalaniladi. D so’z ko’rsatmaliligi. Maktab amaliyotida yetakchi o’rin tutuvchi ko’rsatmalilik o’z ko’rsatmaliligi bo’lib, u o’qituvchining jonli nutqidir. Bu nutq o’quvchilar tushunchasiga kuchli ta’sir orqali ularda turli emosional kechinmalarni vujudga keltiradi.

ADABIYOTLAR.


  • Vigotskiy L.S. Pedagogicheskaya psixologiY. – M.: 1991. – S. 374-410.

  • 2. Ivanov P.I. Ta’limning psixologik asoslari. – T.: 1961. 21-85 betlar.

  • 3. Kruteskiy V.A. Pedagogik psixologiya asoslari. – T.: 1976. 182-207 betlar.

  • 4. Stouns E. Psixopedagogika. _ M.: 1984. 21-70 betlar. G’oziyev E. Pedagogik psixologiya asoslari. – T.: 1997. 3-10 betlar.


http://fayllar.org
Yüklə 5,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin