YOmon nutqning tavsifnomasi
Endi esa bir muncha keng tarqalgan yomon nutqqa hos sifatlarni keltiramiz. Ularni
o’qib, o’ylab ko’ring: aynan qaysilaridan qutilishni istar edingiz?.
YOmon nutqqa hos sifatlar:
YOqimsiz
Keskin yoki chiyildoq
Hirildoq
Qaltiroq
Baland tembrli
Sachrovchi
Nafas etishmay qoladigan
Uzuq-yuluq
O’ta baland
O’ta past
Rangsiz
Monoton
Kinoyali
Zo’riqqan
Kuchsiz
Zerikarli
Nutq texnikasi egallash va rivojlantirish uchun mahsus mashq-treniglarni bajarish
talab etiladi. Masalan, ovoz texnikasini rivojlantirisha oid mashqlar:
1-mashq
. Ovoz diapazonini mashq qildirish. Qavatlar sonini aytib, hayolan
yuqoriga ko’tariling, Ovoz tonini ham oshirib boring. Keyin shuning aksini bajarib
pastga tushing.
2-mashq
. Ovoz yordamida balandlikka sakrash harakatini chizing. “YUguraman,
sakrayman, mana havoda uchaman, balandlikdan tez uchib o’taman, endi esa sekin
tushib, yumshoqqina qo’naman”.
3-mashq
. Ovozning harakatchanligini oshirish. So’zlarni avval sekin, keyin esa
tezlashtirib ayting va yana sekinlashtirib, dastlabki holatga keltiring.
Nafas texnikasiga oid mashqlar:
4-mashq
. 1,2,3,4 deganda nafas olasiz, 5-6 saqlab turasiz, 7,8,9,10,11,12,13,14,15
chiqarasiz.
5-mashq.
YUqoridagi mashqni nafas chiqarayotganda ovoz chiqarib sanash bilan
davom ettirasiz.
Demak, o’z nutqiy imkoniyatlarimizni holis baholab olganimizdan so’ng,
muntazam ravishda o’z ustimizda mashq qilishimiza to’g’ri keladi: nafasni kura
olish, to’g’ri talaffuz, temporitm (nutq sur’ati)ni ishlab chiqish, tovush paychalarini
chini qtirish. O’qituvchining ovozi yorqin, shirali, jarangdor, aniq, diqqatni
tortuvchi, mushohadaga, faoliyatga chorlovchi bo’lishi, allalamasligi kerak. Ammo
o’qituvchining pedagogik faoliyati chuqur fuqarolik fidoyilik, halqparvarlik hissi
bilan yo’g’rilmagan bo’lsa, texnikani har qancha mukammal egallagan bo’lsa ham,
uning nutqi va hulq-atvorida sohtagarlik, nosamimiylik aks etib turadi. SHuning
uchun pedagogik texnikada ichki haqiqat muhim ahamiyat kasb etadi.
FОYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
P. Yusupоva. «Maktabgacha tarbiya pedagоgika» «Ukituvchi» T-
1993Y.
2.
Muxabbat Rasulоva va «Uchinchi ming yillikning bоlasi»
tayanch dasturi.T-2002y.
3.
«Bоlalar bоgchasida ta’lim-tarbiya dasturlari» Muminоva,
Sоbirоva va bоshkalar.
4.
Ye.T.Nedоpekina, A.V. Nikоl’skaya «Maktab busagasida»
«Ukituvchi»T- 1971Y.
Dostları ilə paylaş: |