Pedagogik texnika haqida



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix22.09.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#146521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA

Nutq texnikasi esa
– bu til vositalari yordamida, notiqlik san’ati talablariga 
rioya qilgan holda ko’pchilik oldida nutq so’zlay olish hamda ishchi muloqot 
o’rnata olish mahoratidir.
2. Nafas texnikasi.
Nafas organizmning tirikligini ta’minlab, fiziologik vazifani bajaradi. 
SHuningdek, u nutqning energiya manbai ham sanaladi. Nutq nafasi fonatsion 
(grekcha phono - tovush) nafas deb ham ataladi. Kundalik hayotda nutqimiz 
1
O’збек tилиnиnг изоhли лug’аtи. Ж.III. N – Tаrtибли/ Tаhrиr hай’аtи: T.Миrзаев ва б.; O’зR FА Tил ва 
адабиёt иnstиtutи. –T.: “O’збекиstоn миллий enциклоpедияsи” давлаt илмий nашrиёtи, 2006. 67-б. 
2
O’збек tилиnиnг изоhли лug’аtи. Ж.IU. T – Tаrtибли/ Tаhrиr hай’аtи: T.Миrзаев ва б.; O’зR FА Tил ва 
адабиёt иnstиtutи. –T.: “O’збекиstоn миллий enциклоpедияsи” давлаt илмий nашrиёtи, 2006. 80-б. 


dialogik harakterda bo’lganiligi uchun nutq nafasida o’qituvchi o’quv materialini 
tushuntirishi yoki ma’ruza qilish paytida ko’p vaqt o’zi gapirishiga to’g’ri 
kelaganligi uchun, agar nutq nafasi mashq qildirilmagan bo’lsa, yurak urishi 
tezlashishi, qizarib ketishi yoki nafas tiqilib qolish mumkin. 
Nafas texnikasining asosiy holatlarini qisqacha bayon qilamiz. Nafas 
jarayonida ishtirok etadigan muskullarga ko’ra nutq nafasining 4 hil turi ajratiladi. 
1. YUzaki nafas elkani va ko’krak qafasining yuqori qismini ko’tarib 
tushiradigan muskullar yordamida amalga oshirilida. Bu zaif, yuzaki nafas bo’lib, 
unda o’pkaning faqat yuqori qismi ishtirok etadi. 
2. Ko’krak nafasi qovurg’alararo muskullar yordamida amalga oshiriladi. 
Bunda ko’krak qafasi eniga kengayadi. Diafragma harakati zaif bo’lganligi uchun 
chiqarilayotgan nafasning kuchi ham zaif bo’ladi. 
3. Diafragma nafasi ko’krak qafasining bo’ylamasiga kengayishi hisobiga 
amalga oshiriladi. Natijada diafragma qisqaradi, lekin qovurg’alararo muskullar 
qisqarishi unchalik faol bo’lmaydi. 
4. Diafragma–qovurg’a nafasi ko’krak qafasining ham eniga, ham bo’yiga 
kengayishi natijasida amalga oshiriladi. Natijada diafragma, qovurg’alararo va 
qorin muskullari qisqaradi. Bu nafas eng to’g’ri nutq nafasi sanaladi. 
Diafragma–qovurg’a nafasi mehanizmini ko’rib chiqamiz. Diafragma 
qisqari, pastga qarab egiladi. Va ichki organlarni bosadi yuqori natijada qorinning 
qismi turtib chiqadi, ko’krak qafasi bo’yiga kengayadi, o’pka kengayib, havoga 
to’ladi. 
Nafas chiqarilayotganda diafragma bo’shashib, yuqoriga ko’tariladi, ko’krak 
qafasi eniga qisqara boshlaydi. Ko’krak qafasining umumiy hajmi qisqaradi, unga 
nisabatan bosim kuchayadi va havo tashqariga chiqadi. 
Fonatsion nafas yoki ovoz nafasi oddiy nafasdan nimasi bilan farqlanadi? 
Oddiy nafasda nafas olish va chiqarish burun orqali amalga oshiriladi va bir 
maromda bo’ladi. Bunday nafas ketma-ketligi nafas olish, nafas chiqarish, pauza. 


N.CH. 
pauza. 
N.O. 
Gapirish uchun oddiy fiziologik nafas olish etarli emas. Nutq va o’qish 
uchun miqdordagi havo talab etiladi, shuningdek, uni tejab ishlatish kerak bo’ladi. 
Nutq nafasida nafas chiqarish nafas olishga nisabatan uzunroq bo’ladi. Qisqa nafas 
olishdan so’ng pauza (qorin muskullarini taranglashtirish uchun), keyin esa ovozli 
nafas chiqarish amalga oshiriladi. 
N.O. pauza N.CH. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin